93
Tushuntirish va tushunish ilmiy ijodning muhim tomonlarini tashkil qiladi.
Tushuntirishda ham turli bosqichlar mavjud:
1. Ob’yekt haqida boshlang‘ich bilimga ega bo‘lish;
2. Tushuntirish uchun zarur bo‘lgan shart –sharoitlar zarurligi;
3. Ob’yektni asoslash uchun moddiy va ma’naviy dalil va boshqalar.
Tushuntirish va tushunish dialektik munosabatda bo‘lib, ikkala holat
mavjud bo‘lmasa ijod to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin emas. Chunki bular
ijodning ikki tomonidir. Biror ob’yektni tushuntirish bir yoki bir necha marta
bo‘lishi mumkin. Bu sub’yektning holatiga, zehniga, qabul qilish hissiyotiga
ham bog‘liq. Shaxs tushunmagan jarayonni tushunish uchun turli
vositalardan foydalanishga harakat qiladi. Vositalar esa grafiklar,
videofilmlar, tajribalar, modellar, ko‘rgazmali qurollar bo‘lishi mumkin.
Tushuntirish va tushunishda takrorlash muhim ahamiyatga ega. Takrorlash
izlanuvchi shaxsning esda tutish qobiliyatini chiniqtiradi, olayotgan bilimini
mustahkamlaydi. Demak, tushuntirish va tushunish ijodiy faoliyatning
muhim tomonlaridir. Ayniqsa, bu jarayonlar iqtisodiy tadqiqotlarda muhim
ahamiyatga ega. Sababi iqtisodiy ob’yektni tushunish ko‘p omillarga bog‘liq.
Bu omillar insonning turli faoliyatlaridir. Iqtisodiyot sohasidan izlanish olib
borayotgan ijodkor ob’yektni tadqiq qilishda uni jamoa, jamiyat uchun zarur
yoki zarur emasligini tasdiqlaydigan yoki inkor etadigan dalillarga ega
bo‘lishi kerak. Bu dalillarni izlanuvchining o‘zi yaxshi tushunmasa uni
tushuntirish qiyin bo‘ladi. Iqtisodiy tadqiqotchining bilim darajasi
muammoni tushunishi bilan bog‘liq. Tadqiqot natijasida erishilgan yangilik
qonun va qarorlar qabul qilish uchun asosdir. Shu sababli ham iqtisodiy
sohada tushuntirish va tushunish muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: