Зиёдулла Давронов


aloqa va munosabatlar, xususiyatlarni aniqlash yo‘li bilan bilim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104
Зиёдулла Давронов

aloqa va munosabatlar, xususiyatlarni aniqlash yo‘li bilan bilim
beradigan jarayonlardir.
Analizda butun tizim moddiy yoki fikran
qismlarga ajratiladi.
Analiz butunni bilishning asosiy va zaruriy
bosqichidir.
Analiz va sintezlash jarayoni insonlarning nazariy, amaliy
faoliyatlaridan kelib chiqqan va takomillasha borgan. Insonlar o‘z tafakkuri
orqali turli sohalarni analiz va sintez qilib keyinchalik kundalik ehtiyojidan
olingan natijalarni hayotga tatbiq etganlar. Avval butunni qismlarga ajratib,
so‘ng bu qismlarni bir-biriga qo‘shib butunni yaratganlar.
Qismlar avval
alohida – alohida bo‘laklarga bo‘linib o‘rganiladi va xulosalar
chiqariladi.
Bu xulosalar butun uchun sintezdir. Ilmiy ijodda analizning o‘zi
yakka holda natija bermaydi. Shu sababli sintezga murojaat qilinadi. O‘z
navbatida sintez ham shunday tavsifga egadir. Murakkab tizimli ob’yekt o‘z
bo‘laklari yig‘indisidan iborat bo‘lmaganda uni tafakkurda o‘zaro
aloqadorlikni to‘laligicha qaytadan hosil qilish uchun sintezdan
foydalaniladi. Demak, sintez va analiz uslublari biri ikkinchisini taqozo
etadi. Aynan sintez yo‘li bilan inson o‘z tafakkuri orqali ko‘plab aniqliklar
va munosabatlarni aniqlaydi, yaxlitlikni keltirib chiqaradi. Sintez butunlikni
ta’minlaydi. Analiz va sintez ijodning atigi bir-birini to‘ldiruvchi, bir-biri
ketidan boruvchi tor jarayoni emas. Analiz va sintez ijodning har bir
bosqichida ob’yekt aloqadorligini ham ifodalaydi. Analiz sintezsiz


96
samarasizdir. Binobarin, analiz qilinganda ijodkor narsaning bo‘laklariga
to‘la tushunib yetadi. Shunday bo‘lsa-da, sintezga murojaat qiladi. Sintez
ob’yektning birikuvini qay holatda borishini tushunishga yordam beradi.
Demak, analizsiz sintez, sintezsiz analiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda
ijod jarayoni ham to‘liq bo‘lmaydi. Analizning asosiy vazifasi murakkab
tizimli butunni, unsurlarini, sifatini o‘rganishdan iborat. Chunki butunning
mohiyati bo‘laklar orqali ochib beriladi. Narsalarni, ob’yektlarni tavsif qilish
analizga bog‘liq. Masalan: iqtisodiy sohalarni analiz qilish ishlab chiqarish
jarayonining taraqqiy etishiga imkon yaratadi yoki aksincha, ishlab chiqarish
usulini bilish uchun avvalo ishlab chiqarish kuchlarini, ishlab chiqarish
munosabatlarini, taklif va talablarni yakka-yakka analiz qilish lozim. Bu
holatlar tafakkur orqali amalga oshadi. Zero, tafakkur ijod jarayonining
o‘zagidir. Analiz va sintez qotib qolgan jarayonlar emas. Ular ta’sirida ham
yangi fikrlar ijod namunalari kelib chiqadi. Masalan: fan taraqqiyotini analiz
qilish natijasida yangi fanlar paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Ular esa falsafiy
sintez qilinadi. Murakkab tizimlarni birdaniga bilib bo‘lmaydi. Ularni tashkil
qilgan birlashmalar alohida-alohida o‘rganilib, so‘ng butunligicha ham
o‘rganiladi.
Ilmiy ijod

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin