Зиёдулла Давронов



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104
Зиёдулла Давронов

modellashtirish
uslubiga yaqin
turadi. Ular o‘rtasida o‘zaro mustahkam aloqa bor.
Modellashtirish deganda, ijod ob’yektining har xil shakllarini
moddiy va fikriy jihatdan yaratish usuli tushuniladi.
Ilmiy ijodda
ko‘proq ushbu usuldan ham foydalaniladi. Modellashtirish usulida
predmetning o‘rniga boshqa, ya’ni o‘sha predmetning modeli yaratiladi va
o‘rganiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning
turli modellaridan foydalaniladi. Modellar yordamida butunlay yangicha
model paydo bo‘lishi mumkin. Bunga misol bozor munosabatlariga
o‘tishning “o‘zbek modeli” paydo bo‘lishidir. Aslida iqtisodiyotda
Shvetsiya, Xitoy, Yaponiya, Amerika, Tayvan, Janubiy Koreya, Turkiya
modellari mavjud.
Model so‘zi namuna, timsol ma’nolarini anglatadi.
Model- elementlar
tizimi bo‘lib, bu tizim tadqiq etiluvchi narsaning (asl nusxasining)
muayyan tomonlarini, aloqa va bog‘lanishlarini qaytadan yaratilishidir.
Gipsdan, kartondan, plastmassadan, taxtadan va boshqa materiallardan


100
yasaladigan, aynan insonlarning, muzeylarda, o‘quv yurtlarida va boshqa
joylardagi maketlari modellarning namunalaridir. Ushbu modellar turli
sohalarni o‘rganish uchun keng foydalaniladi. Hozirgi zamon fani narsa va
hodisalarning xususiyat va xossalarini qaytadan yaratish uchun ko‘proq
belgi modellarga, ya’ni matematik yoki mantiq belgilarining maxsus
tuzilmalariga e’tiborni qaratmoqda. Masalan: agar biron-bir iqtisodiy
tashkilot-korxona, sanoat tarmog‘i uchun xarakterli bo‘lgan aloqalar,
jarayonlarni ifodalaydigan tenglamalar tizimi tuzilsa, xuddi ana shu narsa
ayni tuzilmaning belgi (matematik) modeli bo‘ladi. Modellashtirish uchun
muayyan o‘xshashlik (analogiya) tadqiq qilinuvchi ob’yekt bilan uning
modeli o‘rtasidagi muvofiqlik asos qilib olinadi. Bu holat modeldan haqiqiy
izlanayotgan ob’yektga o‘tishga, unda model yordamida olingan
natijalardan foydalanishga yordam beradi. Modelning asl nusxasi bilan
yaratilgan nusxasi o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Bu tafovut izlanuvchi
tomonidan aniqlanishi talab etiladi. Ushbu uslub tadqiqotchining mehnatini
yengillashtiradi. Ma’lumki, shunday narsa va hodisalar borki, ularning
kattaligi, uzoqligi yoki kichik bo‘lganligi sababli unga bevosita yondashib
bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan modellashtirish usuliga murojaat qilinadi.
Modellashtirish ob’yekt haqida hissiy tasavvurni paydo qiladi. Bu ayniqsa,
mavhum narsa yoki hodisani tadqiq qilishda yanada muhimdir. Masalan: N.
Borning atom modeli atomning ko‘pgina xususiyatlarini, jumladan
beqarorligini yoki uzoqlasha olishini bilishga yordam beradi.
Modellashtirish usuli narsa va hodisalarning tarixiy, ya’ni bilib olingan
tomonlarini izohlabgina qolmaydi va faqat shuning uchungina yaratilmaydi.
Modellashtirish narsa va hodisalarning ma’lum bo‘lmagan tomonlarini
anglashga, bilishga ham chorlaydi. Bilish imkoni bo‘lmagan jarayonlarning
ham xususiyatlarini ochishga yordam beradi. Modellashtirishda hozirgi
zamon texnikaviy yutuqlari qo‘l kelmoqda. Ayniqsa, bunga elektron
hisoblash, kompyuterlashtirish sohalari misol bo‘la oldi.
Ilmiy ijodda

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin