106
Iqtisodiy prognoz
– bu hozirgi zamondan prognoz sarhadiga tomon inersiya
bo‘yicha harakatlanishda iqtisodiy rivojlanishni ko‘rib chiqish natijasida
olingan prognoz ob’yektining kelajakning ma’lum davridagi holati
manzarasidir. Kelajakning ma’lum belgilangan
davrida muayyan iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy va boshqa maqsadlarga erishish imkonini beradigan
iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini prognoz qilish normativ prognoz qilish,
deb ataladi. Bu holda zamonda mo‘ljal olish «kelajakdan hozirgi zamonga»
sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni prognoz qilish metodologiyasi tadqiq
qilishning quyidagi asosiy bosqichlarini o‘z ichiga oladi: prognoz qilishdan
oldin mo‘ljal olish (prognoz ob’yektini, predmetini, tadqiqot maqsadlari,
vazifalari, ishchi
gipotezalari, metodlari, tuzilishi va tashkilotini aniqlash);
prognoz muddati (ma’lumotlar to‘plash, ob’yektning iqtisodiy rivojlanishiga
ularning ta’sirini o‘rganish, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash);
ob’yektning xususiyati va tuzilishini aks ettiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar
va o‘lchamlar tizimini o‘z ichiga oluvchi boshlang‘ich model; tadqiqotchilik
prognozi (istiqbollar va muammolarni aniqlash uchun prognoz fonidagi
omillarni e’tiborga olgan holda boshlang‘ich modelni kelajakka proeksiya
qilish); normativ prognoz, ya’ni boshlang‘ich modelni kelajakka proeksiya
qilish; prognostik modellarning haqqoniylik darajasini
baholash va ularga
aniqlik kiritish; ekspertlarni so‘rovdan o‘tkazish; prognostik modellar
asosida qabul qilinadigan qarorlarni maqbullashtirish uchun tavsiyalar ishlab
chiqish.
Iqtisod sohasida prognoz va ilmiy bashorat qilishning vazifasi
o‘rganilayotgan ob’yektning iqtisodiy rivojlanishi sabablari, qonunlari va
harakatlantiruvchi
kuchlarini ochib berish, ular asosida kelajak haqida
axborot olishdan iborat. Iqtisodiy rivojlanishni prognoz qilish natijalaridan
ijtimoiy jarayonlarni maqbul boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda
foydalanish mumkin.
Ilmiy bilish va ijod nafaqat kelajakni bashorat va prognoz qilish, balki
uni ongli ravishda shakllantirish imkonini ham beradi. Fanning evristik
ma’nosini «Bashorat
qilish uchun bilish, bilish uchun bashorat qilish», deb
107
ta’riflash mumkin. Ilmiy ijod tarixi ko‘p jihatdan ilmiy bashorat tarixidir.
Uning kuchi va qamrovi fanning ijodiy, bilish salohiyatining yetuklik
darajasini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov ishlab chiqqan «Bozorga
o‘tishning o‘zbek modeli» demokratiya, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va
fuqarolik jamiyati qurish sharoitlarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini teran ijodiy-ilmiy bashorat qilishning yorqin namunasidir. Bu
model iqtisod, sotsiologiya, politologiya,
ijtimoiy prognoz sohasidagi
jahonga mashhur mutaxassislarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Mazkur model iqtisodiy rivojlanish sohasida iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatini
har tomonlama analizdan o‘tkazish va bu faoliyatning barcha omillarini
e’tiborga olish vazifasini hal qiladi. Bunday analiz jamiyat taraqqiyotining
ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy omillarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni
e’tiborga olgan holda iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tushuntirish,
bashorat qilish va boshqarish uchun zarurdir. «O‘zbek modeli» ilmiy ishlab
chiqilgan va hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan ijodiy bashorat
namunasi sifatida bozor, fuqarolik jamiyati
va har tomonlama rivojlangan
demokratiya sari O‘zbekistonning harakatini ijtimoiy boshqarishning ilmiy
va metodologik negizini tashkil etadi.
«Mohiyatni tushunib etmasdan, yumuq ko‘z va shoshma-shosharlik
bilan maqsad sari erkin suzishga chiqish mumkin emasligini biz hammamiz
yaxshi tushunishimiz kerak,- deb qayd etadi I.A.Karimov. – Buning uchun
avvalambor aniq yo‘nalishni
belgilash, mustahkam kemani tanlash, ishonchli
jamoani to‘plash, uni og‘ir sharoitlarda suzishga o‘rgatish va faqat shundan
keyin yo‘lga chiqish kerak. Bu esa juda og‘ir va murakkab vazifadir.
Bularning barchasini e’tiborga olib, biz mustaqillikni qo‘lga kiritgan
paytimizdan boshlab iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning nazariy va
amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanayapmiz».
1
1
Saifnazarov I., Nikitchenko G., Qosimov B. Ilmiy ijod metodologiyasi. Т.: Yangi asr avlodi. 2004 y. 66-70 betlar