101
jarayonlarning hammasi tushuniladi. Tizimlar
: oddiy, murakkab turlarga
bo‘linadi. Masalan: oddiy tizimga misol qilib
oshxonadagi idish-tovoqlar
yig‘indisini olish mumkin. Murakkab tizimga esa, o‘simliklar, hayvonot
olami tizimlarini olish mumkin. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish tizimi ,
ishlab
chiqarish munosabatlari tizimlari murakkab xarakterdadir. Ilmiy ijodda
narsa va hodisalarga tizimli yondashish talab etiladi. Tizimli yondashish
natijasida olingan natijalar haqiqatdan uzoqlashmaydi.
Shu sababli tizimli
yondashuv oldida turli vazifalar turadi. Bular quyidagilar:
- ilmiy ijodda narsa va hodisalarni faqat yaxlitlikda emas, umumiylikda
murakkab
tizim sifatida tahlil qilish;
- tizim va tizimlarning mohiyatini ilm jihatdan tutgan o‘rnini aniqlash;
- tizim va tizimlar haqida xolisona bilimga ega bo‘lish;
- olib borilayotgan tadqiqot tizimi boshqa tadqiqotlar tizimidan farq
qilishi va boshqalar.
XX asrda paydo bo‘lgan fanlar barcha sohalarda tizimli yondashuvni
talab etmoqda. Sababi tabiat va jamiyatdagi barcha narsa
va hodisalar yakka
holda emas, balki o‘zaro bog‘langan va aloqadadir.
Tayanch tushuncha va iboralar
:
Tajriba, nazariya, tavsif, tushunish, tushuntirish, induksiya,
deduksiya,
analiz, sintez, abstraksiya, analogiya,
modellashtirish, tizim.
Mavzuga oid savollar:
1. Metodologik bilim pog‘onalari nima?
2. Ijodni ifoda etish usullarini ayting.