Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

Adam 
Smith; 1723-1790
) markaziy rolni o‗ynaydi. U soliqning iqtisodiy 
tabiatini chuqurroq o‗rgangan va tamoyillarini ishlab chiqqan. Bunda 
Adam Smit soliqning almashinuv nazariyasiga asoslanadi va soliqni 
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun davlatga to‘lanadigan adolatli haq deb 
e’tirof etadi
. Soliqlarning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini keng e‘tirof 
etmagan holda, A.Smit ―har bir mamlakatning boyligi va unga bog‗liq 
bo‗lgan qudrati har doim mamlakat yillik mahsuloti qiymatiga mos 
kelmog‗i lozim, qaysiki barcha soliqlar oxir-oqibatda uning (mahsulot) 
hisobidan to‗lanadi. Shuning uchun har bir mamlakat siyosiy 
iqtisodiyotining eng muhim vazifasi uning boyligi va qudratini 
oshirishdan iborat
256
‖– degan xulosaga keladi. 
A.Smitning soliqlar xususida bildirgan fikrlaridan davlatning 
iqtisodiyotga aralashmasligi va byudjet daromadlarini shakllantirish 
maqsadida iqtisodiyotga soliqlar vositasida ta‘sir etishi kerakligini 
(bunda ham faqat fiskal jihatdan) yoqlab chiqqanligini anglash mumkin. 
U soliqlar ―aholining kapitali hisobidan davlat daromadlarini 
ko‗paytiradi‖ deb tushuntiradi va soliqlarni to‗lash manbai sifatida uchta 
asosiy xususiy daromad turini, ya‘ni renta, foyda va ish haqini keltiradi. 
A.Smit ―har qanday soliq oxir-oqibatda ushbu uch turdagi daromadning 
birontasidan yoki barchasidan bir xilda to‗lanishi kerak
257
‖ degan fikrga 
keladi. 
256
Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. Издательство социально-
экономической литературы. Москва, 1962. – С. 274 (Воспроизведено по изданию в издательстве 
―Директ медиа Паблишинг‖. Москва, 2008)
257
Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. Издательство социально-
экономической литературы. Москва, 1962. – С. 588 (Воспроизведено по изданию в издательстве 
―Директ медиа Паблишинг‖. Москва, 2008)


248 
Soliqqa tortishning nazariy asoslari shakllanishida Adam Smitning 
―Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‗g‗risida tadqiqot‖ (
An 
Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations, 1776
) asari 
g‗oyat muhim rol o‗ynagan. Adam Smit keyinchalik soliq 
munosabatlarini 
to‗g‗ri 
tashkil 
qilish 
va 
soliqqa 
tortishni 
takomillashtirishga xizmat qilgan quyidagi to‗rtta fundamental prinsipni 
ilgari surgan
258

1.
Adolat (tenglik) prinsipi – har bir shaxs davlat panohida topgan 
daromadlariga va o‗z to‗lov qobiliyatiga mutanosib soliq to‗lashi kerak. 
2.
Aniqlik prinsipi – to‗lanadigan soliqlar turi, muddati, to‗lash 
uslubi soliq to‗lovchi uchun aniq belgilangan bo‗lishi lozim. 
3.
Qulaylik prinsipi – har bir soliq uni to‗lovchilardan qulay vaqtda 
va usulda undirilishi shart. 
4.
Tejamlilik (arzonlilik) prinsipi – soliqlar shunday o‗rnatilishi 
kerakki, uni undirish davlatga imkon qadar arzon tushishi kerak. 
Klassik iqtisodchilardan bo‗lgan David Rikardo Adam Smitning 
soliqqa doir qarashlarni bir muncha 
to‗ldirgan holda soliqqa tortishning yangi 
ta‘limotlarini ilgari surdi. 
David Rikardo (
David Ricardo; 1772-
1823
) klassik maktab vakili va A.Smit 
izdoshi hisoblanadi. Uning fikricha, ―Har 
bir insonga xos bo‗lgani kabi o‗z ijtimoiy 
mavqeini saqlab qolish va boyligini 
erishilgan eng yuqori darajada ushlab turish 
istagi aksariyat soliqlarning, ular kapital 
yoki daromaddan olinishidan qat‘i nazar, daromaddan to‗lanishiga olib 
keladi. Soliqqa tortishning oshishi yoki hukumat xarajatlarining 
ko‗payishi bilan, agar xalq bunga mos ravishda o‗z kapital va 
daromadlarini oshirmasa, xalq foydalanadigan qulayliklar soni 
258
Smith A. An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. The Electronic Edition 
(2000) The Library of Economics and Liberty. URL: https://www.econlib.org/library/Smith/smWN.html 


249 
kamayishi kerak. Bunda, hukumatning vazifasi jamg‗arishga bo‗lgan 
moyillikni rag‗batlantirishdan iborat bo‗lishi va u kapitalga tushadigan 
soliqlarni joriy etmasligi kerak. Agar bunday qilinmas ekan, soliqlar 
mehnatni saqlab turish uchun mo‗ljallangan fondga ta‘sir etadi va bu 
bilan mamlakatning kelajakdagi ishlab chiqarishini kamaytiradi‖
259
.
David Rikardoning qarashlari asosan Adam Smitning
260
qarashlari 
bilan mos kelsa-da, soliqlarning jamiyatdagi rolini u nisbatan kengroq 
baholaydi. Rikardo soliqlarning zarurligini e‘tirof etib, uni davlat 
xarajatlarini qoplash bilan bog‗laydi hamda soliqlarning undirilish 
manbasini ishlab chiqarish faoliyati, ya‘ni korxonalar faoliyati bilan 
baholaydi: ―...noishlab chiqarishdagi ishchilarni saqlab turishga 
yo‗naltiriladigan davlat xarajatlarini qoplash uchun solinadigan soliqlar 
mamlakatning ishlab chiqarish faoliyatidan undiriladi
261
‖. 
Soliqlarning jamiyat hayotidagi roliga olim katta baho berar ekan, 
soliq yuki darajasining oshishi oqibatida qanday noxushliklar kelib 
chiqishini quyidagicha izohlaydi: – ―Katta qarzdorlikka yuz tutgan 
mamlakat noqulay holatga tushib qoladi. Bu holatda har bir soliq 
to‗lovchi o‗zidagi yukni (soliqni) boshqaga o‗tkazishdan manfaatdordir. 
Bunday yukdan qutilish imkonini beradigan boshqa mamlakatga o‗z 
kapitali bilan ko‗chib ketish taskini oxir-oqibatda kishini yutib chiqadi, 
shu taskin bilan u o‗z vatanini va eski aloqalarni tark etadi‖
262

Soliqlar, – deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib 
tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil 
etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi 
hisobidan to‗lanadi. Har qanday soliq, u yer solig‗i, ―desyatina‖ yoki 
olingan mahsulotdan soliq bo‗ladimi, ishlab chiqarish xarajatlarining 
oshishiga sabab bo‗ladi va yakunda xom ashyo, materiallar narxini 
259
Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Сочинения, том I. 
Государственное издательство политической литературы. М.: - 1955.- С. 131. 
260
Smit, А. ―Economic Theory in Retrospect‖, London: The Wealth of Nations, 1776. 627 р.
261
Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Сочинения, том I. 
Государственное издательство политической литературы. М.: - 1955.- С. 203. 
262
Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Сочинения, том I. 
Государственное издательство политической литературы. М.: - 1955.- С. 205. 


250 
oshiradi. Xom ashyolarga, materiallarga soliq esa yer egasi yoki fermer 
tomonidan to‗lanmasdan, balki iste‘molchi tomonidan to‗lab beriladi. 
Davlatning almashinuv bitimlariga asoslangan barcha nazariyalarda 
soliq to‗lash va davlat tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlar (olinadigan 
naf) o‗rtasida hech bir muayyan bog‗lanish mavjud emas. Chunki, 
bunday bitim tuzilishida hech qanday ixtiyoriylik yo‗q, balki u majburiy 
xarakterga ega. Shuningdek, shaxs tomonidan to‗lanadigan soliq 
miqdori va unga davlat tomonidan ko‗rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar 
o‗rtasida har doim tengsizlik qaror topadi. Bunga sabab, soliq to‗lovchi 
o‗zi ―iste‘mol‖ qilayotgan xavfsizlikning riskini baholay olmaydi
tinchlikni hech qanday ne‘mat bilan almashtirib bo‗lmaydi. Shuningdek, 
davlat ko‗rsatayotgan ta‘lim yoki tibbiy xizmatlar chegara bilmaydi, 
o‗lim to‗shagida yotgan kishining boyliklari ko‗ziga ko‗rinmaydi, 
sog‗ligini tiklash uchun bor-budini berishga tayyor bo‗ladi. Aynan 
davlat fuqaroning bevaqt o‗lim to‗shagiga mixlanib qolmasligi uchun 
profilaktika (emlash, epidemiyaning oldini olish va h.k.) tadbirlarini 
amalga oshiradi. 
Shu o‗rinda O‗zbekistonlik taniqli olim prof. Q.A.Yax‘yoyevning 
fikrlarini keltirib o‗tishni joiz: ―Bozor iqtisodiyoti ekvivalentli 
iqtisodiyot. Bu yerda hamma narsa sotiladi: mahsulot, ish, xizmat, 
ularning qiymati va obyektiv zarurligi bozorda oldi-sotdi munosabatlari 
orqali namoyon bo‗ladi. Bozor munosabatlarida davlat ham uning 
boshqaruvchisi, ham asosiy ishtirokchisi (subyekti) bo‗ladi. Bu yerda 
davlat ishtiroki uning jamiyat uchun o‗ta zarur bo‗lgan mamlakat 
xavfsizligini ta‘minlash, tartib-intizom o‗rnatish, ta‘lim-tarbiyaviy 
tadbirlar, aholi sog‗ligini ta‘minlash, mamlakatni boshqarish, dunyo 
hamdo‗stligi mamlakatlari bilan har xil aloqalarni o‗rnatish, bozor 
iqtisodiyoti infratuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirish kabi chora-
tadbirlarni amalga oshirishda o‗z ifodasini topadi. Yuqoridagi tadbirlarni 
amalga oshirish xarajatlari bozor sharoitida erkin sotilishi lozim edi. 
Ammo, uni bozor ―ko‗tarmaydi‖. Sababi ikkita. Birinchidan, bu 


251 
xizmatlar murakkab bo‗lganligidan ularni birorta yuridik shaxs, hattoki 
eng yirigi ham bajara olmaydi. Ikkinchidan, davlat xizmatlari xarajati 
alohida soliq to‗lovchilar uchun juda qimmatga tushishi mumkin. 
Shuning uchun, davlatning bunday xizmatlari ―ijtimoiy tovarlar‖, 
to‗g‗rirog‗i ijtimoiy xizmatlar deb ataladi. Shu xizmatlar haqini olish 
davlat uchun obyektiv zarur, chunki u xizmatlarga mablag‗ sarflanadi. 
Bu xizmatlarni erkin sotish yo‗qligidan, davlat ular haqini majburiy 
undirishni talab qilib Oliy Majlisga murojaat qiladi‖
263


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin