285
Lafferning fikricha, soliq stavkalarining ma‘lum miqdorgacha oshib
borishi byudjet daromadlarining ko‗payishiga xizmat qiladi, lekin soliq
stavkalari me‘yoridan oshib ketsa byudjet daromadlari aksincha
kamayib boshlaydi. Xuddi shuningdek soliq
stavkalarining oshirilishi
soliq solinadigan bazaning miqdoriga teskari mutanosibda bo‗lib,
xufyona iqtisodiyot ko‗lamini kengayishiga to‗g‗ri mutanosibdir.
Bu
qonuniyat Lafferning egri chizig‗i bilan ifoda etilgan.
11.3-rasm. Laffer egri chizig„i: soliqqa tortishning sog„lom va
ta‟qiqlangan hududi
324
Ushbu egri chiziq bo‗yicha soliq stavkasining eng optimal
darajasini, ya‘ni soliq stavkasining maksimal darajada soliq tushumiga
ega bo‗lish mumkin bo‗lgan chegarasini aniqlash masalasi har bir
mamlakatning rivojlanish darajasi, iqtisodiy
shart-sharoitlari va hatto
milliy xususiyatlaridan kelib chiqib turli xil bo‗lishi mumkin. Buni
aniqlash uchun, birinchi galda, amalda bo‗lgan soliqning haqiqiy yuki
(r
haq
) qaysi zonada joylashganini aniqlab olish zarur, agar haqiqiy soliq
yuki optimal soliq yukidan past bo‗lsa (r
1
haq
< r
max
), soliq stavkalarini
324
Niyazmetov I.M. Soliq yukini optimallashtirish: nazariya, uslubiyat va amaliyot. Monografiya. –
Toshkent: ―Moliya‖, 2016. – 192 b.
286
oshirish orqali soliq tushumlarini ko‗paytirish mumkin bo‗ladi, agar
haqiqiy soliq yuki optimal soliq yukidan yuqori bo‗lsa (r
max
< r
2
haq
), soliq
stavkalarini pasaytirish talab etiladi. Bu haqda ―egri
chiziq asosida
yotuvchi fundamental g‗oya..., -deydi Laffer, - shuni bildiradiki, soliq
stavkalari qanchalik yuqori bo‗lsa, shaxslarda bosh tortish uchun
shunchalik kuchli undaydigan sabablar bo‗ladi. Odamlar soliq to‗lash
uchun ishlamaydilar‖
325
.
Shu o‗rinda ta‘kidlash kerakki,
soliqlar - bu pul tushumlari, ya‘ni
soliq - bu pul, shuning uchun uni doim yashirishga moyillik mavjud
bo‗lgan va bo‗ladi. Chunki hech kim o‗zining pulini boshqaga bekordan-
bekorga berib qo‗yishni istamagani uchun, imkoni boricha soliqdan
qochishga, uni to‗lamaslikka harakat qiladi. Demak,
soliqqa tortish
tizimi shunday tashkil etilishi kerakki, undan noqonuniy qochish
imkoniyatlari minimallashtiriladi
326
.
Iqtisodiyot subyektlarining soliq stavkasi dinamikasiga ta‘siri bir
ondayoq sezilmaydi, balki ma‘lum bir vaqt o‗tganidan so‗ng seziladi.
Laffer egri chizig‗i davlat daromadlarining o‗sishi soliq stavkalarining
kamayishiga obyektiv bog‗liq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bu egri chiziqda yotuvchi fundamental g‗oya shundaki, soliq
stavkasining chegarasi qancha yuqori bo‗lsa, individlarni soliqni
to‗lashdan chetlashlari shuncha ko‗p bo‗ladi. Chunki odamlar soliq
to‗lash uchun ishlamaydilar. Sof foyda, ya‘ni daromadlardan soliqlarni
ayirib tashlagan summa individlarni ishlamayaptimi yoki yo‗qligini
ko‗rsatadi. Agar tadbirkor o‗zining ishlab chiqarish faoliyatidan
daromad olish kelajagiga ishonmasa, ya‘ni
uni daromadlari yuqori
progressiv stavkali soliqlar bilan olib qo‗yiladigan bo‗lsa, tadbirkor
bozorda normal faoliyat ko‗rsatmay qo‗yadi.
325
Кравченко И.А. Налоговые реформы 80-х гг. в США: социально-экономический аспект. – М.:
НИФИ, 1989. – С. 9.
326
Toshmatov Sh.А. Korxonalarni rivojlantirishda soliqlar roli. Monografiya. – Toshkent, Fan va
texnologiya.– 2008.– 47 b.
287
Daromadning ko‗p qismi soliqlar orqali tortib olib qo‗yiladigan
bo‗lsa, tadbirkorni ishlab chiqarishni kengaytirishga,
yangilashga va
yangi ishlab chiqarishga investitsiya qilishga qiziqishi yo‗qoladi.
Laffer konsepsiyasining qisqacha mohiyati shundaki, davlat
byudjetining daromadlari soliq stavkalari va soliq yuki darajasini
oshirish hisobiga emas, balki soliq solish
bazalarining kengayishi
hisobiga ko‗payadi
Dostları ilə paylaş: