283
Soliq stavkalari shkalalarini shakllanish darajasi bo‗yicha umumiy
qonun bor. Keng soliqqa tortiladigan bazaga nisbatan kamroq soliqqa
tortish stavkasini qo‗llash, yetarli darajada kam bo‗lgan
soliq bazasiga
nisbatan esa, buning teskarisi, alohida soliq turlarini yuqori stavkada
qo‗llash kerak. Ko‗rinib turibdiki, yuqori va past soliq stavkalari xo‗jalik
faoliyatiga va tadbirkorlarni ish faolligiga har hil ta‘sir ko‗rsatadi
319
.
A.Smitning fikricha, soliq yukini kamaytirilishi natijasida davlat
ko‗proq yutadi, ya‘ni soliqdan ozod bo‗lgan summadan ortiqcha
daromad olish mumkin va natijada olingan
daromad soliqqa tortish
uchun qo‗shimcha soliqqa tortish obyekti bo‗ladi. Shu bilan birga soliq
to‗lovchilar soliq summasini o‗z xohishlari va yengillik bilan byudjetga
o‗tkazib berishadi. Bu esa davlatni ortiqcha xarajatlardan, ya‘ni
soliqlarni undirish, soliq bo‗yicha jinoyatlarni topish va unga nisbatan
jazolarni qo‗llash xarajatlarini kamaytiradi. A.Smitning bu g‗oyalari
uning davomchilariga emas, balki keyingi iqtisodchi olimlar uchun
aksioma bo‗lib qoldi
320
.
A.Laffer progressiv soliq stavkasi
va byudjet daromadlarini
parabola ko‗rinishidagi egri chiziq bilan ifodaladi va u quyidagi fikrga
keldi: soliq stavkasini pastligi xususiy sektorning investitsiya faoliyatiga
ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ko‗plab iqtisodchilar soliq to‗lovchilarning
daromadini byudjetga olishning chegarasi borligi va soliq og‗irligini
ko‗paytirib yubormaslik haqida yozib o‗tganlar. Davlat milliy ishlab
chiqarishni o‗sishi yoki pasayishiga soliq stavkalarini o‗zgartirish va
byudjet xarajatlari orqali ta‘sir ko‗rsatadi.
A.Lafferning hisobiga ko‗ra soliqlarni kamaytirish natijasida
iqtisodiyotning o‗sishi va davlat daromadlarining o‗sishini isbotlab
bergan. Bu tarixda Laffer egri chizig‗i deb ataladi. Soliq stavkasi
ma‘lum darajaga yetishi soliq tushumlarini ko‗paytiradi,
uning yanada
oshirilishi aksincha soliq tushumlarini kamaytiradi
321
.
319
Алексеев В.В. Матвеев И.В. Эластичность кривой Лаффера и оптимизации налоговых
поступлений при оценке теневого сектора экономики // Налоговый вестник Чебоксарского
кооперативного института. – 2012. – № 01. – С. 223–229
320
Букач Б.А. Обоснование и анализ различных вариантов графической интерпретации кривой
Лаффера// Экономика и финансы. – 2012. – № 02. – С. 30 – 38.
321
Папава В.Г. Лафферов эффект с последствием // Мировая экономика и международные
экономические отношения. – 2011. – № 07. – С. 34 – 39.
284
Soliq stavkasining o‗sishi faqatgina ma‘lum darajaga yetgunicha
byudjetga tushadigan daromadlarni o‗sishiga olib keladi, keyin bu o‗sish
sekinlashadi va yana oshgan sari byudjet
daromadlari uning oshishiga
nisbatan tezroq kamayadi. Shunday qilib, soliq stavkasi ma‘lum darajaga
yetganidan
tadbirkorlik
tashabbusi
o‗ladi, ishlab chiqarishni
kengaytirishga
bo‗lgan rag‗bat kamayadi, soliqqa tortiladigan
daromadlar kamayadi, natijada soliq to‗lovchilarning bir qismi
iqtisodiyotni ―qonuniy‖ sektordan ―yashirin‖ sektoriga o‗tadi.
Laffer
nazariyasiga ko‗ra iqtisodiyotning rivojlanishi soliq yukini oshishiga
to‗g‗ri proporsionaldir, ya‘ni soliqlar oshishi bilan yashirin iqtisodiyot
ko‗payadi, natijada olingan daromadlarning ko‗p qismi deklaratsiyada
ko‗rsatilmaydi
322
.
Bunga
aksincha,
soliqlarni
kamaytirilishi
iqtisodiyotni
rivojlantirishga rag‗bat beradi. Bu esa davlat daromadlarini soliq
stavkasi va yukini ko‗payishi
hisobiga emas, balki soliqqa tortiladigan
bazani ko‗payishi hisobiga oshadi.
Dostları ilə paylaş: