Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


-§. Ehtiyotsizlik va uning turlari



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

4-§. Ehtiyotsizlik va uning turlari 
Aybning ehtiyotsizlik shakli aybdorlikning uncha ijtimoiy xavfli 
bo‘lmagan ko‘rinishi hisoblanadi. Ehtiyotsizlik qasddan farqli ravishda 
aybdorning jinoiy oqibatlarga salbiy munosabati bilan bog‘langan bo‘lib, 
unga ko‘ra aybdor jinoiy oqibatlarning kelib chiqishini istamaydi va 
bunday oqibatlar kelib chiqishiga ko‘zi yetmaydi. 
NOTA BENE ! 
Agar jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda 
tutilgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi 
yeta turib, ehtiyotkorlik chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan 
holda bunday oqibatlar kelib chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan 
bo‘lsa 
(o‘z-o‘ziga ishonish)
yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi 
mumkinligiga ko‘zi yetmasa-da, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin 
bo‘lsa 
(beparvolik)
, bunday jinoyat 
ehtiyotsizlik orqasida
sodir etilgan 
jinoyat deb hisoblanadi. 
Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanganidek, ehtiyotsizlik 
orqasida sodir qilingan jinoyatlar uchun javobgarlik masalasi ijtimoiy 
xavfli oqibat yetkazilishi bilan yuzaga keladi. Qilmish (harakat yoki 
harakatsizlik)ning mavjud bo‘lmasligi, o‘z navbatida, javobgarlikni yuzaga 
keltirmaydi. Biroq jinoyat kodeksida istisnolar ham bor. Jumladan, 
hujjatlarni, predmetlarni va narsalarni, davlat siri yoki harbiy sir 
198 


hisoblangan hujjatlarni ehtiyotsizlik orqasida yo‘qotish jinoyat deb topiladi 
(JK 163-moddasi). 
Qonunchilik ehtiyotsizlikning o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik 
shakllarini belgilasa-da, har ikki holatda ham ularni kelib chiqadigan 
oqibat bilan bog‘laydi. Ular insonning salbiy jihatlari – e’tiborsizlik, 
befarqlik va ehtiyotsizlik kabi xislatlari bilan bog‘liq. Boshqacha qilib 
aytganda, u yoki bu holatda shaxs zarur darajada ehtiyotkorlik qilmaydi
shuning uchun o‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikni ehtiyotsizlik 
tushunchasi birlashtirib turadi. 
Ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatlarni birlashtirib turuvchi 
xususiyatlardan biri, bu – aybdorning qilmishga nisbatan ruhiy munosabati 
bo‘lib, shaxs o‘zining qilmishida (harakat yoki harakatsizlikda) ijtimoiy 
xavfli xususiyatlarni anglamaydi. Beparvolikda bunday xususiyat ijtimoiy 
xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmaganlik bilan, o‘z-o‘ziga ishonishda 
oqibat kelib chiqishiga asossiz umid qilish, jamiyatga zarar 
yetkazmasligiga ishonchda ifodalanadi. Ayni vaqtda, o‘z-o‘ziga ishonish 
va beparvolikda ham shaxs sodir etayotgan qilmishining ijtimoiy xavflilik 
xususiyatini anglashi lozim va anglashi mumkin bo‘lish majburiyati 
mavjud bo‘ladi. 
Odatda, ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan 
oqibatga qarab, ayrim holda esa, bu oqibatlarni vujudga keltirgan usul va 
vositasiga qarab tasniflanadi. 
Qonun ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatni qilmishni sodir 
etgan shaxsning o‘z qilmishi oqibatiga bo‘lgan munosabati sifatida 
baholaydi. Shunga muvofiq, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlar 
va ehtiyotsizlik ayb shaklini aks ettiruvchi jinoyatlar ko‘p hollarda moddiy 
tarkibga asoslangan bo‘ladi. Bu holatni rad etish asossiz javobgarlikning 
vujudga kelishiga, ayb uchun javobgarlik prinsipining buzilishiga olib 
keladi. 
Ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyatlarda jinoyatning 
tayyorgarlik, suiqasd bosqichlari va ishtirokchilik belgilari bo‘lmaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin