Ko‘pgina psixologlarning fikricha, maqsad
har doim birinchi
navbatda, ongning harakati bo‘lgani holda, undovchi, motivlashgan kuch
orqali emotsional (hissiy) kechinmalarni – maqsadni amalga oshirish
istagini oladi. Mohiyatan, maqsad – bu istalgan natijani tasavvur qilingan
ko‘rinishdagi anglangan motivdir
1
.
NOTA BENE !
Jinoyat maqsadi
– bu aybdorning jinoyat sodir etish orqali o‘zi
xohlagan natijaga erishish haqidagi tasavvuridir.
Jinoyat motivi va u belgilaydigan maqsad ko‘proq bir-biriga to‘g‘ri
keladi. Talon-toroj qilishda g‘arazli motiv va g‘arazli
maqsad mavjud
bo‘ladi. Biroq motivga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa maqsadlarni ham
qo‘yish mumkin. Masalan, qasddan odam o‘ldirishda bosqinchilikni
yashirish maqsadida aybdor tomonidan g‘arazli motiv qo‘llanadi.
Motiv va maqsad doim konkret bo‘ladi
va qoida tariqasida JKning
Maxsus qismidagi moddalar dispozitsiyasida asosiy, kvalifikatsiya
qilingan yoki imtiyozga ega bo‘lgan jinoyat tarkibi belgisi sifatida
ta’riflanadi. Masalan, shaxsning diniy taassublar natijasida qasddan odam
o‘ldirishi (JK 97-moddasi 2-qismi «m» bandi) yoki kishi a’zolarini
kesib
olib boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan
foydalanish maqsadida qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi 2-qismi
«n» bandi) jinoyatlarini sodir etishi. Biroq JK Maxsus qismining ayrim
moddalarida berilgan motiv g‘arazli yoki past niyat singari umumlashgan
xususiyatga ega (JKning 124, 125, 131, 133-moddalari va boshqalar) yoki
boshqa shaxsiy manfaatdorlikni (JKning 209, 212, 2281-
moddalari va
boshqalar) bildiradi.
1
Так, Леонтьев А.Н. называл осознаваемый мотив «мотивом – целью» (См.: Леонтьев А.Н. Указ. соч. –
С.201; см. также: Давыдов В.В., Зинченко В.П., Талызин Н.Ф. Проблема деятельности в работах Леонтьева А.Н.
// Ж. Вопросы психологии. – 1982. – №4. – С. 61-66). Ивашкин В.С. пишет: «Мотив сознательно регулируемого
действия имеет форму цели, актуализирующей ассоциированную в ней установку в виде плана и образа
конечного результата» (Ивашкин В.С. Личность и деятельность. – М.: 1977. – С. 44). По мнению Зелинского
А.Ф. «Осознанный мотив преступления в виде представления о желаемом результате имеет форму цели»
(Зелинский А.Ф. Указ. соч. – С. 68).
218
Jinoyat motivi va maqsadiga ko‘rsatmalar JKning Umumiy qismida
ham mavjud. Masalan, qilmishning jinoiyligini
istisno qiladigan holat
sifatida, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilikni
qonunchilik ijtimoiy foydali maqsadga erishish belgilari – muayyan
maqsad deb ataydi (JK 41-moddasi). Bunday hollarda motiv va maqsadni
ko‘rsatish alohida jinoyat-huquqiy ahamiyat kasb etadi.
Yuridik adabiyotlarda motiv va maqsadlarni kvalifikatsiya qilishning
bir necha yo‘llari keltirib o‘tilgan. Jumladan, motiv va maqsadni ma’naviy
va huquqiy baholash asosidagi
kvalifikatsiyaga muvofiq, barcha motivlar
va maqsadlar
Dostları ilə paylaş: