Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
pastlik (g‘arazlilik, shuhratparastlik, bezorilik motivi,
millatlararo yoki irqiy adovat, diniy taassublar, boshqa jinoyatni yashirish
yoki sodir etishni osonlashtirish va h.k.) va
pastlik (tubanlik, razillik)
holatidan xoli bo‘lgan (qo‘rqoqlik, burch tushunchasini noto‘g‘ri
tushunish va h.k.) turlarga bo‘linadi
1
.
Pastlikka qonun chiqaruvchi jinoiy javobgarlikning belgilanishi va
kuchayishini bog‘laydigan motiv va maqsad kiradi. Masalan, bolani
almashtirib qo‘yish uchun javobgarlik faqatgina tamagirlik va boshqa past
niyatlarda sodir etilganida kelib chiqadi (JK 124-moddasi).
Past niyatdan xoli motiv va maqsad, aksincha, jinoiy javobgarlikning
og‘irlashishi bilan bog‘lanmagan.
Boshqa huquqshunoslar motivni jinoyatning og‘irligi bo‘yicha
quyidagicha klassifikatsiya qilishadi:
g‘ayriijtimoiy (siyosiy, agressiv-
zo‘ravonlik, g‘arazli, g‘arazli-majburlash va h.k.);
asotsial (egoistik,
anarxiya-individualistik va h.k.);
soxta ijtimoiy (alohida ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari bilan bog‘langan motivlar, jinoyat qonuni
normalariga zid keluvchi, alohida shaxslarning va butun jamiyatning
manfaatlariga zid keluvchi motivlar);
ijtimoiy zid (jinoyat ijtimoiy negativ
motividagi ijtimoiy ma’qullangan xatti-harakatlar motivlarining o‘sishi
natijasida yuzaga kelgan, jumladan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga
chiqish va kuchli ruhiy hayajonlanish natijasida jinoyat sodir etish)
2
.
1
См.: Российское уголовное право. Общая часть. – М.: «Спарк», 1997. – С. 157-158.
2
См.: Уголовное право России. Часть Общая: учеб. для вузов: учеб. для студентов вузов, обучающихся по
специальности «Юриспруденция» / Отв. ред. проф. Л.Л. Кругликов. 2-е изд., перераб. и доп. – С. 223-224.
219
Shuningdek, motiv va maqsadning uch hadli bo‘linishi ham mavjud:
1)