NOTA BENE ! Yosh deganda, u yoki bu shaxsning alohida psixo-fiziologik holatini
tavsiflovchi, tibbiy-biologik, ijtimoiy psixologik va huquqiy o‘zgarishlar
bilan aloqador bo‘lgan, tug‘ilishdan to inson hayotining qandaydir
xronologik muddatigacha o‘tgan vaqtning kalendar davri tushuniladi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, yuridik adabiyotlarda yosh
subyektning yuridik belgisi sifatida insonning tug‘ilishidan to jinoyat sodir
etishigacha bo‘lgan vaqtning miqdori bilan aniqlanadi
1
.
Umumiy qoidalarga ko‘ra, sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik
shaxs 16 yoshga to‘lganda vujudga keladi. Voyaga yetmagan shaxs
ijtimoiy ongining yetarli darajasi o‘z xulqini jamiyatda o‘rnatilgan
qoidalarga moslashtirishni talab qilish imkonini beradi, shuning uchun
voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka
tortilishlari mumkin. Faqat JK 17-moddasi 2, 3 va 4-qismlarida
ko‘rsatilgan maxsus jinoyat tarkiblari uchungina javobgarlik 13, 14 yoki
18 yoshdan vujudga keladi.
Yosh chegarasini belgilashga bunday xususiy yondashuv shu bilan
izohlanadiki, umumiy jinoyat yoshidan farqli ravishda ba’zi og‘ir va o‘ta
og‘ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik vaqtliroq vujudga keladi.
Xususan,
JK 17-moddasi 2-qismiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi
holatlarda qasddan odam o‘ldirish (JK 97-moddasi 2-qismi) jinoyati uchun
1
См. подробнее: Коченов М.М. Теоретические основы судебно-психологической экспертизы. Автореф. дис.
…докт психол. наук. – М.: 1991. – С. 34; Боровых Л.В. Проблема возраста в механизме уголовно-правового
регулирования. Автореф. дис. …канд. юрид. наук. – СПб.: 1993. – С.8; Щукина Г.И. Возрастные особенности
школьника. – Л.: 1995. – С. 3; Михеев Р.И. Проблемы вменяемости, вины и уголовной ответственности (Теория
и практика). Автореф. дис. …докт юрид. наук. – М.: 1995. – С. 17.
236