Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 17-moddasi 3-qismi
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxsni 
jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning aniq 
chegarasini o‘rnatgan. 
Shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladigan yosh haqidagi umumiy 
qoidalardan istisno, ya’ni 13 yoshdan 16 yoshgacha shaxslar jinoyat 
subyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat tarkibi shunday zaruratdan kelib 
chiqqanki, berilgan jinoyat tarkiblari ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan 
jinoyatlarni tavsiflaydi. Ular og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutadigan, 
kvalifikatsiya qilinadigan yoki alohida kvalifikatsiya qilinadigan jinoyat 
tarkiblarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, 
JK 17-moddasi 2- va 3-
qismida
sanab o‘tilgan jinoyatlar ikki obyektga tajovuz qiluvchi murakkab 
tarkibli jinoyatlar hisoblanadi yoki tajovuzni amalga oshirish aybning 
murakkab shaklini tashkil etuvchi qandaydir ijtimoiy xavfli oqibatlar 
keltirib chiqaradi yoki bu obyektlarga tajovuz boshqa mustaqil jinoyatni 
sodir etish orqali amalga oshiriladi. Masalan, o‘smir 15 yoshida ommaviy 
tartibsizliklarda (JK 244-moddasi) ishtirok etsa, uni bu norma orqali 
javobgarlikka tortish mumkin emas, chunki bu jinoyat uchun javobgarlik 
16 yoshdan vujudga keladi. Shu bilan birgalikda, ommaviy tartibsizliklar 
Jinoyat kodeksining boshqa moddalarida ko‘rsatilgan shaxsga qarshi 
zo‘ravonlik harakatlari, bosqinchilik, o‘t qo‘yish, mulkka zarar yetkazish 
yoki yo‘q qilish hamda boshqa harakatlar bilan kuzatiladi hamda ular 
uchun javobgarlik 14 yoshdan belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, o‘smir 
qanday faktik harakatlar sodir etganidan qat’i nazar, uning harakatlari shu 
normalar orqali kvalifikatsiya qilinishi kerak. 
Ko‘rsatib o‘tilgan yoshning minimal chegarasi (13 va 14 yosh) qonun 
chiqaruvchi tomonidan, jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetguniga 
qadar, shaxs JK bilan taqiqlangan u yoki bu qilmishining ijtimoiy xavfli 
ekanligini anglashi, o‘z irodasini, o‘z jinoiy xatti-harakatlarini sodir 
etishning birinchi damlaridayoq nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishidan 
dalolat beruvchi shaxsning psixologik va ijtimoiy rivojlanish 
237 


xususiyatlarini, shuningdek, kriminologik mezonlarini
1
hisobga olgan 
holda o‘rnatiladi.
Ba’zi hollarda esa shaxs jinoiy javobgarlikka faqat voyaga 
yetganidagina tortiladi
2
. Jumladan, 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin