tashkilotchilik faoliyatida, dalolatchilik yoki yordamchilikda namoyon
bo‘lishi mumkin. Xususan, agar JK Maxsus qismining tegishli moddasida
maxsus ko‘rsatilgan jinoyat subyekti bo‘lmagan
shaxs bevosita ushbu
jinoyatni sodir etgan bo‘lsa, ya’ni amalda to‘liq yoki qisman uning
obyektiv tomonini bajargan bo‘lsa, bu shaxs mazkur jinoyat uchun JK 28-
moddasining tegishli qismiga havola qilingan holda
jinoiy javobgarlikka
tortilishi shart.
Shuni nazarda tutish kerakki, maxsus subyektli jinoyatda
ishtirokchilik vaziyatini shaxs jinoiy javobgarlik yoshiga
yetmagan yoki
aqli noraso bo‘lgan holatlardan ajrata bilish zarur. Ko‘rsatilgan ikki
holatda ishtirokchilik haqida emas, balki bilvosita (vositachi) bajaruvchilik
haqida gap ketadi.
Dostları ilə paylaş: