Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

(JK 30-moddasi 2-qismi)

uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik 
qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar 
uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan 
bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar 
(JK 30-moddasi 3-qismi)

330 


Birinchi holatda oldindan til biriktirgan guruh tarkibida jinoyat sodir 
etgan ishtirokchilar harakatlari JK 28-moddasini qo‘llamasdan 
kvalifikatsiya qilinadi, chunki ularning barchasi birgalikdagi bajaruvchilar 
deb tan olinadilar. 
Oxirgi holatda qonun chiqaruvchi uyushgan guruh yoki jinoiy 
uyushma tashkilotchisi va rahbarlariga mazkur jinoiy tuzilmalar a’zolari 
yoki ularning manfaatlarida harakat qilgan boshqa shaxslar sodir etgan 
barcha jinoyatlar uchun javobgar ekanligini belgilaydi. Shu bilan birga, 
sodir qilingan jinoyatlar uyushgan guruh, jinoiy uyushma yoki uning 
strukturaviy bo‘g‘inlari tashkilotchilari va rahbarlari qasdi bilan qamrab 
olingan bo‘lishi, guruh ishtirokchilari esa mazkur jinoyatlarga tayyorgarlik 
ko‘rishda bevosita ishtirok etishgan bo‘lishi shart, ushbu jinoyatlar sodir 
etilishida keyingi ishtiroki yoxud ishtirok etmaganligi ahamiyati yo‘q. 
Agar uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaning bironta a’zosi tomonidan 
sodir qilingan qilmish ko‘rsatilgan jinoiy tuzilmalar tashkilotchisi (rahbari) 
qasdi bilan qamrab olinmagan va sababiy jihatdan bog‘lanmagan bo‘lsa, 
bajaruvchi eksessi holati yuzaga keladi. 
5-§. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlikning maxsus 
masalalari 
Jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikning maxsus masalalari 
ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilish uchun muhim ahamiyatga 
ega holatlar, xususan, bajaruvchining eksessi, ishtirokchilarning jinoyatdan 
ixtiyoriy qaytishi, maxsus subyekt va shunga o‘xshash holatlar bilan 
bog‘liq. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin