JK 30-moddasi 1-qismiga
muvofiq, tashkilotchi,
dalolatchi va yordamchilar ham ushbu Kodeks Maxsus qismining
bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha
1
Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н.,
проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 441.
326
javobgarlikka tortiladilar. Bu o‘rinda birgalikda jinoyat sodir etgan
shaxslarning javobgarligi qilmishni sodir qilishdagi ishtirokining xarakteri
va darajasi bilan belgilanadi. Jinoyat sodir etilishida shaxs ishtirokining
darajasi va xarakteri esa, o‘z navbatida, tegishli shaxs ijtimoiy xavfliligi
darajasini belgilaydi.
Jinoyatdagi ishtirok xususiyati aybdorning ishtirokchilikda sodir
qilingan jinoyatdagi funksional rolini aniqlaydi. Xususan, agar ishtirokchi
jinoiy qilmishning obyektiv tomonini to‘liq yoki qisman bajarsa, u
bajaruvchi yoki muvofiq ravishda birgalikda bajaruvchi deb tan olinib,
uning harakatlari, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, faqat JK Maxsus qismi
tegishli moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Agar ishtirokchi
bajaruvchiga (bajaruvchilarga) ko‘mak bergan holda tashkilotchi,
dalolatchi yoki yordamchi rolini bajargan bo‘lsa, uning harakatlari,
bajaruvchi (bajaruvchilar) qilmishini qamrab oluvchi modda bilan
kvalifikatsiya qilinib, JK 28-moddasining tegishli qismiga ham havola
qilinadi
1
. Bunda ishtirokchi tomonidan tanlangan rol uning xatti-
harakatlarining ijtimoiy xavfliligi darajasini belgilaydi. Shu bilan birga,
funksional vazifaning bir xilligida har bir ishtirokchi harakatlarining
takroriyligi darajasi, irodaning jinoyatni tashkillashtirishga
yo‘naltirilganligi (qaratilganligi), bajaruvchini ijtimoiy xavfli qilmish sodir
etishga qiziqtirish yoki unga bunda yordam berish turlicha bo‘lishi
mumkin. Shunday qilib, ishtirokchilar harakatlarini kvalifikatsiya qilishda
hamda ularga jazo tayinlashda birgalikdagi jinoiy faoliyatga amalda
kiritgan ulushi inobatga olinishi zarur.
Umumiy qoidaga ko‘ra, jinoyatning barcha ishtirokchilari JK Maxsus
qismining bitta moddasi, bitta qismi (bandi) bo‘yicha javobgar bo‘lishadi.
Shu bilan birga, ishtirokchilar ayblanayotgan jinoyatlar JK moddasining
turli qismlarida (turli bandlarida), turli moddalarida, hattoki, turli boblari
va bo‘limlarida nazarda tutilishi mumkin. Bu ishtirokchilikda sodir etilgan
jinoyatni hamda ishtirokchining o‘zini tavsiflovchi turli xil obyektiv va
subyekt belgilarni hisobga olish bilan bog‘liqdir.
1
Такой подход к юридической оценке сложного вида соучастия обусловлен тем, что описание объективной
стороны конкретного состава преступления рассчитано именно на индивидуальные действия субъекта.
327
Jumladan, ijtimoiy xavfli qilmishni, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini
tavsiflovchi obyektiv belgilar boshqa ishtirokchilarning qasdi bilan qamrab
olingan bo‘lsa, javobgarlik ularning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Masalan, o‘zga shaxsning mulkini uy-joyiga kirib o‘g‘irlashga
qiziqtirishda dalolatchi hamda bajaruvchiga o‘g‘rilikning aynan shu yo‘l
bilan sodir etilishi ma’lum bo‘lsa, mazkur baholovchi belgi har ikkala
ishtirokchini ayblashga asos bo‘ladi. Obyektiv belgilar jinoyat qonuni
bilan qo‘riqlanadigan obyektning ma’lum bir individual belgilariga
taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, agar kichik yoshdagi voyaga
yetmagan shaxsning nomusiga tegishda jinoyat bajaruvchisi jabrlanuvchi
o‘n to‘rt yoshga yetmaganligini bilmaganida, biroq bu haqda jabrlanuvchi
o‘n olti yoshda deb bajaruvchiga xabar qilgan jinoyat tashkilotchisiga
ma’lum bo‘lganida, bajaruvchi o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning
nomusiga tegish jinoyati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Yoki, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hayotiga tajovuz
qilish jinoyati (JK 158-moddasi 1-qismi) faqat, jabrlanuvchi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti ekanligi ma’lum bo‘lgan sharoitda sodir qilinishi
mumkin. Agar ishtirokchilardan biri, boshqa shaxslar bilan birgalikda
harakat qilgan holda, ko‘rsatilgan vaziyatni anglamasa, uning harakatlari
boshqa ishtirokchilardan farqli, JK 158-moddasi 1-qismi bo‘yicha emas,
JK 97-moddasi bo‘yicha qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya
qilinishi shart.
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar tarkibi subyekt tomonining
aqliy (intellektual) elementi jinoyat ishtirokchilari o‘z qilmishlarining,
birgalikdagi harakatlarining ijtimoiy xavfliligini anglashi, irodaviy
elementi esa, jinoiy natijaga erishish niyati yoki birgalikdagi xatti-
harakatlarini birlashtirish orqali bu natijaga erishilishiga ongli yo‘l
qo‘yishda ifodalanadigan qasd bilan belgilanadi. Biroq, shuni yana bir bor
ta’kidlab o‘tamizki, sud-tergov amaliyotida moddiy mukofot evaziga
(yollanma tarzda) odam o‘ldirish holatidagi ishtirokchilarning harakatlarini
yuridik baholashda alohida yondashuv ishlab chiqilgan. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tushuntirishlariga muvofiq,
«Qotillik uchun haq va’da qilgan tashkilotchi (buyurtmachi)ning
328
harakatlari u qaysi sabablarga ko‘ra shunday qilganligidan kelib chiqib,
Jinoyat kodeksining 28, 97-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya
qilinmog‘i kerak»
1
. Masalan, agar qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir
etilganda yordamchi bajaruvchining jabrlanuvchi bilan yomon
munosabatda bo‘lganligi sababli «oddiy» qasddan odam o‘ldirish (JK 97-
moddasi 1-qismi) sodir etilgan bo‘lsa-yu, keyinchalik jabrlanuvchiga
nisbatan hech qanday nafrat bo‘lmaganligi va bajaruvchi tamagirlik
niyatida qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etganligi aniqlansa,
yordamchi bajaruvchi tomonidan sodir etilgan jinoyat kvalifikatsiya belgili
emas, balki oddiy qasddan odam o‘ldirish jinoyati uchun javobgarlikka
tortiladi.
Agar obyektiv yoxud subyekt belgilar qaysidir ishtirokchi shaxsi bilan
bog‘liq bo‘lsa, bu belgi haqida boshqa ishtirokchilar bilish-bilmasligidan
qat’i nazar, shu shaxsni ayblashga asos bo‘ladi. Masalan, o‘g‘rilikni
takroran sodir etishda takroriylik belgisi jinoyatni takroran sodir etgan
shaxsga tegishli bo‘ladi, ishtirokchilarning birida retsidiv bo‘lishi esa
aynan mana shu ishtirokchiga nisbatan retsidivning tan olinishini
anglatadi.
Ishtirokchilarning jazosini individuallashtirishda ham xuddi shu qoida
amal qiladi. Ishtirokchilardan birining shaxsiga mansub yengillashtiruvchi
va og‘irlashtiruvchi holatlar faqat shu ishtirokchiga jazo tayinlashda
hisobga olinadi.
Bajaruvchining qilmishi jinoyat barcha ishtirokchilarining harakatlari
natijasi bo‘lganligi sababli bu ishtirokchilar muayyan tarzda
bajaruvchining qilmishlari bilan bog‘langandir. Bu bog‘lanish tashkilotchi
yoki dalolatchi tomonidan ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibi obyektiv tomoni
ular jinoiy qasdga undagan shaxs tomonidan amalga oshirilishi bilan
to‘ldiriladi. Shu bilan birga tashkilotchisi, dalolatchisi bilan ular
tomonidan tashkil etilgan bajaruvchi faoliyati sababiy bog‘lanish jinoiy-
huquqiy ma’nodagi oqibat bo‘lib keluvchi bu faoliyatning natijasi yuzaga
kelishigacha davom etadi. Shu sababli, ishtirokchi harakatlaridagi
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2004 йил 24 сентябрдаги «Қасддан одам
ўлдиришга оид ишлар бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 14-банд, 2-хатбоши // Тўплам, 2-
жилд. – 197-б.
329
tugallangan jinoyat tarkibi bajaruvchi tomonidan muayyan jinoyat
tarkibining obyektiv tomoni barcha majburiy belgilarining amalga
oshirilishida bo‘ladi.
Moddiy tarkibli jinoyatlarda bajaruvchining xatti-harakatlari
(harakatsizligi) natijasida qonunda nazarda tutilgan oqibatlarning yuzaga
kelishi yetarli hisoblanadi. Formal tarkibli jinoyatlarda bajaruvchi qonun
bilan taqiqlangan qilmishni sodir etishi lozim. Faqat shu holdagina
tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchilarning harakatlari tugallangan deb
baholanishi kerak. Agar bajaruvchi u yoki bu sabablarga ko‘ra, o‘z
qilmishini oxiriga yetkazmagan bo‘lsa, javobgarlik jinoyatga suiqasd qilish
yoki jinoyat sodir etishga tayyorgarlik uchungina yuzaga keladi. Xuddi
shunday tarzda boshqa ishtirokchilarning harakatlarini ham kvalifikatsiya
qilish lozim: ular suiqasdni tashkillashtirganlari yoki jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rganlari uchun, suiqasdga yoki jinoyatga tayyorgarlikka
qiziqtirganlari uchun, va nihoyat, jinoyatga suiqasd yoki tayyorgarlikka
yordam berganliklari uchun javobgarlikka tortiladi.
Ishtirokchilar boshlab bergan sababiy qatorni davom ettiruvchi
bajaruvchi faoliyati ularning qasdi bilan qamrab olingan natijada ayblash
hajmini belgilab beradi. Bajaruvchi jinoyat rivojlanishining muayyan
bosqichida jinoyatga suiqasd qilish yoki tayyorgarlik ko‘rish bosqichida
to‘xtagan hollarda yuzaga kelmagan natijada ishtirokchilarni ayblash
mumkin emas. Ular bajaruvchi sodir etgan qilmish uchungina
javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining kvalifikatsiyasi, shuningdek,
ishtirokchilik shakliga bog‘liq bo‘ladi va maxsus belgilar bilan
ifodalanadi. Jumladan, JKda qayd etiladiki, oldindan til biriktirgan guruh,
jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari
tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha
jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar
Dostları ilə paylaş: |