Murakkab alohida jinoyatlarning
turlari, yuqorida qayd etilganidek,
davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlardir.
Davomli, uzoqqa cho‘zilgan va tarkibli jinoyatlar qonun
chiqaruvchiga belgilarning har birini JKning muayyan moddasi yoki
modda qismida tasvirlangan tarkibga birlashtirishga imkon beradigan
obyektiv va subyekt belgilarning mustahkam yuridik umumiyligi bilan
tavsiflanadi
1
.
NOTA BENE !
Davomli jinoyat
deganda, yagona maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan
umumiy qasd doirasida birlashgan ikki va undan ortiq ijtimoiy xavfli
harakatlar tushuniladi.
Davomli jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha
jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligi bir butunni tashkil qilishda namoyon
bo‘ladigan barcha epizodlarning yagonaligidadir. Davomli jinoyatning
alohida aktlari, ular mustaqil jinoyat xarakteriga ega bo‘lmasa, mustaqil
kvalifikatsiya qilinmaydi; o‘zining yig‘indisida bir martalik jinoyat sifatida
qaraladi. Masalan, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (JK 103-
moddasi), o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki
boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish
(103
1
-modda), qiynash (JK 110-moddasi), bir-biriga tobe bo‘lmagan
harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga oid ustav
qoidalarini buzish (JK 285-moddasi) va hokazo.
Shunday qilib, davomli jinoyat «bir qator aynan o‘xshash xatti-
harakatlar bilan turli vaqtlarda sodir etilgan bo‘lsa-da, biroq yagona qasd
bilan qamrab olingan, obyekti va sodir etish usuli, oqibatlari bir xilligi
jihatidan o‘zaro o‘xshash» bo‘ladi
2
.
«Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa
jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning belgilari Jinoyat kodeksining davomli
1
Уголовное право России. Часть Общая: учеб. для вузов: учеб. для студентов вузов, обучающихся по
специальности «Юриспруденция» / Отв. ред. проф. Л.Л. Кругликов. 2-е изд., перераб. и доп. – С. 326.
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир
этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сонли қарори, 4-банд, 1-хатбоши
//
Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. – 13-б.
349
jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi dispozitsiyasi bilan
qamrab olinmasa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat
uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun
javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya
qilinadi»
1
.
Alohida e’tiborga talon-toroj va mansabdorlik jinoyatlaridagi davomli
jinoyatlarni takroran sodir etiladigan jinoyatlardan farqlash hollari
molikdir.
Davomli talon-toroj – bir qator o‘xshash harakatlardan iborat,
aybdorning yagona qasdi bilan qamrab olingan va yig‘indisi bitta
qilmishni tashkil etadigan o‘zganing mulkini noqonuniy o‘zlashtirish
umumiy maqsadiga ega.
Masalan, aybdor televizor o‘g‘irlash maqsadida har gal zavodning
kirish darvozasidan bittadan detal olib chiqib ketadi. Navbatdagi shunday
holda u ushlab olinganda qilmish talon-torojning takroriyligini
bildirmaydi, chunki ellik marta bo‘lsa-da, bittadan detal olib chiqib ketish
aybdorning yagona maqsadi – televizor o‘g‘irlash bilan qamrab olingan.
«Davomli talon-toroj sodir etilgan hollarda aybdorning harakatlari talon-
toroj qilingan umumiy summani hisobga olgan holda tavsiflanishi zarur.
Agar shaxsning harakatlari davomli jinoyat xususiyatiga ega
bo‘lmasdan bir necha mustaqil epizodlardan, misol uchun, o‘g‘rilik,
talonchilik, firibgarlik va boshqalardan iborat bo‘lsa, bu harakatlar talon-
toroj qilingan umumiy summadan kelib chiqqan holda tavsiflanishi
mumkin emas. Bunday hollarda jinoyatni o‘zganing mulkini talon-toroj
qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksi
moddasining dispozitsiyasiga muvofiq, jumladan, takroriylik belgisi bilan
tavsiflash lozim»
2
.
«Pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilishni
takroriylik belgisiga ko‘ra tavsiflash ushbu jinoyatning o‘zini ikki
marotabadan kam bo‘lmagan miqdorda sodir etilishini va ulardan hech biri
uchun shaxsning sudlanmaganligini hamda jinoiy javobgarlikka
tortishning muddati o‘tib ketmaganligini taqozo etadi.
1
Ўша жойда 78-79 б.
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги «Иқтисодиёт
соҳасидаги жиноий ишлар бўйича суд амалиётида юзага келган айрим масалалар тўғрисида»ги 11-сонли
қарори, 5-банд, 2 ва 3-хатбошилари // Тўплам, 1-жилд. – 116-б.
350
Mansabdor shaxsning bir vaqtning o‘zida bir necha shaxsdan poralarni
olishi, basharti pora beruvchilarning har biri uchun alohida qilmish sodir
etilsa, takroriy pora olish deb tavsiflanishi lozim»
1
.
Dostları ilə paylaş: |