Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Oddiy alohida jinoyatlar
uch turga bo‘linadi: bir oqibatni keltirib 
chiqaruvchi bir harakatli (harakatsizlikka ega) jinoyatlar; bir qilmishli va 
bir necha oqibatli jinoyatlar; ikki yoki undan ortiq qilmishli jinoyatlar; 
muqobil qilmishli jinoyatlar. 
Masalan, odam o‘ldirish oddiy alohida jinoyatga misol bo‘la oladi. 
Bunda bir qilmish bir oqibatni – jabrlanuvchining o‘limini keltirib 
chiqaradi. O‘g‘rilik ham shunday jinoyat hisoblanadi. Bunda bir qilmish – 
o‘zganing mulkini yashirincha talon-toroj qilish, bir oqibat – mulk egasiga 
mulkiy ziyon yetkazish mavjud. 
Oddiy alohida jinoyat oqibatlari tegishli tarkib doirasidan tashqarida 
bo‘lgan (formal tarkibli jinoyatlar) bir qilmishdan iborat bo‘lishi mumkin. 
O‘ldirish bilan qo‘rqitish yoki zo‘rlik ishlatish (JK 112-moddasi), yolg‘on 
guvohlik berish (JK 238-moddasi) shunga misol bo‘la oladi. 
Qonunda ko‘rsatilgan bir necha oqibatni keltirib chiqargan bir 
qilmishli jinoyatlarga misol JK 204-moddasining 1-qismi bo‘lishi mumkin, 
bunda bir harakat – alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tartibini 
buzish va ikki oqibat – katta zarar yoki boshqa og‘ir oqibatlar ko‘rsatilgan. 
Ikki harakatli oddiy alohida jinoyatlarga mansab soxtakorligi (JK 209-
moddasi 1-qismi) misol bo‘la oladi. Bu yerda hujjatlarga soxta 
ma’lumotlar kiritish va ularni taqdim etish ushbu qilmishni sodir etishning 
variantlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Muqobil qilmishli oddiy alohida jinoyatlarga, qisman, mansabdor 
shaxsning sud yoki sudyaning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarorini 
qasddan bajarmasligi yoxud ularning bajarilishiga to‘sqinlik qilishi kiradi. 
Ushbu holatda jinoiy javobgarlikka tortish uchun ko‘rsatilgan 
harakatlardan hech bo‘lmaganda bittasining sodir etilishi yetarlidir 
(masalan, faqat mazkur sud hujjatlarining bajarilishga to‘sqinlik qilish). 
348 



Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin