10. Raqobatdagi normalar deganda nima tushuniladi? Uning bir
qancha jinoyatlarni sodir etishdan qanday farqlari mavjud? U yoki bu
turdagi raqobatdagi normalar mavjudligida kvalifikatsiya qilish qoidalari
nimadan iborat?
11. Retsidiv jinoyat ostida nima tushuniladi, uning asosiy belgilari
nimada? Qilmishda jinoyatlar majmui va retsidiv birikishi mumkinmi?
12. Amaldagi JKda retsidivning qanday turlari ajratiladi? Jinoyat-
huquqiy doktrinada retsidivning qaysi turlari mavjud?
13. Retsidiv jinoyatni topishda qanday sudlanganlik turlari inobatga
olinmaydi?
14. Retsidivning takroriy jinoyat sodir etishdan farqi nimada?
15. Xavfli retsidiv oddiy retsidivdan qanday farqlanadi? Qay holatda
shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb tan olinadi?
16. Retsidiv jinoyat qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi?
Dostları ilə paylaş: