Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

(JK 34-moddasi 4-qismi)
. Bu qoida shundan 
dalolat beradiki, sudlar ijtimoiy xavflilik haqiqiy tabiati va darajasini 
aniqlashda ustunlikka ega bo‘ladi va sudyalar har bir muayyan vaziyatda 
ish holatlari va o‘ta xavfli retsidivist maqomini aniqlash uchun muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladigan aybdor shaxsi haqidagi aniq ma’lumotlardan 
kelib chiqishlari lozim. 
JK 34-moddasi 4-qismi
shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish 
to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar 
sudlarining hukmlari bo‘yicha sudlanganligi ham hisobga olinishi 
mumkinligini ham qayd etadi. Bu shundan dalolat beradiki, shaxsni o‘ta 
xavfli retsidivist deb topishda aybdor shaxsining tabiati haqidagi 
ma’lumotlar katta ahamiyatga egadir, chunki boshqa davlat sudining 
ayblov hukmi ham aybdor xulqining muayyan ijtimoiy qoralanishi, hukm 
qilinishini ifodalaydi. Lekin, boshqa davlatda sodir etilgan jinoyat og‘ir 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 
этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сонли қарори,
27-
банд // Тўплам, 2008 й., 3-сон. – 16-б. 
371 


yoki o‘ta og‘ir bo‘lishi bilan birga, aybdor besh yildan kam bo‘lmagan 
muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo‘lishi kerak. 
Bundan tashqari, sudlar shaxsning boshqa davlat hududida sodir etgan 
jinoiy jazoga sazovor qilmishi va shu bilan bog‘liq uni aybdor deb topish 
milliy jinoyat qonunchiligiga muvofiq kelishi lozimligini ham nazarda 
tutishlari kerak. 
Qonun ilgari qasddan jinoyat sodir etgan muayyan shaxslarga nisbatan 
cheklashlarni mustahkamlaydi. Masalan, «shaxsni o‘ta xavfli retsidivist 
deb topish haqidagi masalani hal etishda shuni nazarda tutish lozimki, JK 
34-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshgacha sodir 
qilingan jinoyat uchun sudlanganlik shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb 
topishda hisobga olinmaydi. Shundan kelib chiqib, agar shaxs muqaddam 
bir necha jinoyat uchun sudlangan bo‘lib, ulardan ayrimlarini voyaga 
yetmagan yoshda sodir etgan bo‘lsa, faqat voyaga yetgan davrda sodir 
etilgan jinoyatlar uchun sudlanganlik e’tiborga olinishi lozim»
1

Bunda shuni inobatga olish zarurki, «yangidan bir necha jinoyat sodir 
etgan shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masalani hal 
qilishda sud, jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha tayinlangan uzil-
kesil jazo muddatidan emas, balki sodir etilishi shaxsni o‘ta xavfli 
retsidivist deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat uchun 
tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddatidan kelib 
chiqishi lozim»
2

JPK 466-moddasi 3-bandiga muvofiq, shaxs o‘ta xavfli retsidivist deb 
topilganligi haqida hukmning kirish qismida ko‘rsatib o‘tilishi shart. Shu 
yerda qonunda belgilangan tartibda o‘chmagan yoki olib tashlanmagan 
avvalgi sudlanganliklar ham qayd etilishi lozim. «JKning 77-moddasiga 
muvofiq, sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning 
olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor 
bo‘ladi. Shuning uchun u hukmning kirish va tavsif qismlarida 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан 
жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тўғрисида»ги 1-сонли қарори, 9-банд, 3-хатбоши // Тўплам, 2-жилд. – 
228-
б. 
2
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 
этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сонли қарори,
25-
банд // Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. – 16-б. 
372 


ko‘rsatilmaydi»
1
. Shu asnoda, Oliy sud Plenumi tushuntiradiki, olib 
tashlangan yoki o‘chgan sudlanganlik hukmning tavsif qismida faqatgina u 
ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxsga koloniya turini 
tayinlash uchun ahamiyatga ega bo‘lgandagina ko‘rsatilishi mumkin. 
Hukmning tavsif qismida aybdorni o‘ta xavfli retsidivist deb topish 
to‘g‘risida asoslantirilgan xulosalar bo‘lishi kerak. Ayblov hukmining 
qaror qismida boshqa masalalardan tashqari yana sudlanuvchining o‘ta 
xavfli retsidivist deb topilganligi (basharti sud shunday qaror qabul qilgan 
bo‘lsa) to‘g‘risidagi qaror yoritilishi lozim. 
Yuqorida, voyaga yetmagan yoshda olingan, o‘chgan yoki olib 
tashlangan sudlanganlik yuzasidan cheklovlar, retsidiv jinoyatning eng 
xavfli turida tan olinganligi bois, ular nafaqat o‘ta xavfli retsidiv jinoyat, 
balki retsidiv jinoyatlarning boshqa turlariga ham tegishli bo‘lishi darkor. 
Sudning shaxsni o‘ta xavfli retsidivist deb topish vakolatini ko‘zda 
tutib, 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin