– o‘ta xavfli retsidivist erkaklar ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi
jazoni maxsus tartibli koloniyalarda, ayollar esa qattiq tartibli
koloniyalarda o‘tashadi;
– o‘ta xavfli retsidivistlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi
muddatining bir qismini turma qamog‘ida saqlash tarzida o‘tash
tayinlanishi mumkin;
– ularga nisbatan jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etishni
qo‘llashning bir qancha cheklashlari belgilanishi mumkin;
– ularga nisbatan shartli ravishda jazo tayinlash, jazo muddatidan
ilgari shartli ozod etish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mumkin
emas;
– o‘ta xavfli retsidivistlarga nisbatan sudlanganlikni olib tashlashning
alohida tartibi belgilanadi. Mazkur turdagi retsidiv JK 79-moddasi 2-
qismiga asosan, sudlanganlikni olib tashlanishi yo‘li bilan bekor qilinishi
mumkin.
Qonunda belgilangan tartibda oddiy, xavfli va o‘ta xavfli turlarga
bo‘linishdan tashqari, jinoyat-huquqiy doktrinada sudlanganlik miqdori,
sodir qilingan jinoyatlar xarakteri, ularning ijtimoiy xavflilik darajasiga
ko‘ra, oddiy va murakkab, umumiy va maxsus, penitentsiar va o‘ta xavfli
retsidiv jinoyatlar turlari ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: