Rasm-4.2. To‘ldiruvchilar qo‘llanilgan holdagi beton mustahkamligini
uning qorishmasini tashkil etuvchilari mustahkamligiga bog‘liqligi:
1- yuqorimustaxkamlikda (granit); 2- o‘rtacha mustahkamlikda; 3- past
mustahkamlikda (keramzitli chaqiq tosh;R
b
–betonnning mustahkamligi; R
r
-
qorishmaning mustahkamligi.
Engil to‘ldiruvchining mustahkamligini avval aytilgan tajribadagi kabi
150 mm li po‘lat silindrda bosim berish yo‘li bilan aniqlanadi. Biroq, qattik
jinslardan olingan chaqiq toshdan farqli ravishda engil beton uchun balandligi
100 mm bo‘lgan bir qism materialni siqish jarayonida porshenning 20 mm ga
cho‘kishi orqali nisbiy mustahkamlik aniqlanadi. Keramzitning nisbiy
163
mustahkamligi 3 – 5, agroporitniki esa 20 – 30 marta tabiiy material
mustahkamligidan kam.
To‘ldiruvchining mustahkamligi donalar yirikligiga ham bog‘liq. Tog‘
jinslarini nurashi yoki maydalash jarayonida buzilish material strukturasining
zaif joylarida yuzaga keladi va o‘lchamlarning kichiklashishi bilan donalardagi
zaif joylar kamayadi, ayni paytda mustahkamlik orta boradi. Tabiiy qumlar
odatda siqilish va cho‘zilishga qorishma yoki betondagi sement toshiga nisbatan
yuqoriroq mustahkamlikka ega bo‘ladilar. SHu sababli oddiy qumlarga maxsus
talablar qo‘yilmaydi. Engil qumning mustahkamligi esa engil yirik to‘ldiruvchi
kabi beton markasiga va to‘ldiruvchining ko‘rinishiga mos holda tayinlanadi.
SHag‘al va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi uning tuzilishiga
bog‘liq. Sovuqqa chidamlilikni davriy o‘zgaruvchan muzlatish va suvda eritish
yo‘li bilan yoki natriy sulfat eritmada sinash bilan aniqlanadi (tezlashtirilgan
usul). SHag‘al va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi ularning tashqi
atmosfera sharoitlaridan himoyalanmagan konstruksiyalarda qo‘llash uchun
me’yorlashtiriladi. Bu hollarda yirik to‘ldiruvchining sovuqqa chidamliligi
betonni loyihada talab etilgan sovuqqa chidamlilik markasini ta’minlashi kerak.
CHaqiq toshning sovuqqa chidamliligi S
ov
15 dan S
ov
300 gacha o‘zgaradi
va jinsning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. To‘ldiruvchining g‘ovakliligi va
suvshimuvchanligi ortishi bilan uning sovuqqa chidamlilik xususiyati kamayadi.
Betonning mustahkamligi va tejamliligiga to‘ldiruvchining tozaligi katta
ta’sir ko‘rsatadi. CHangsimon va xususan loysimon aralashmalar donalar
yuzasida sement toshi bilan bog‘lanishiga mone’lik qiluvchi qobiq hosil qiladi.
Natijada betonning mustahkamligi sezilarli darajada pasayib ketadi (ba’zan 30-
40 % ga). SHu sababli to‘ldiruvchilar xususidagi me’yoriy xujjatlarda ularda
ifloslantiruvchi qo‘shimchalarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy
miqdorlari ko‘rsatilgan. Otqindi tog‘ jinslaridan olingan chaqiq toshdagi
aralashmalar suv bilan tozalash usulida aniqlanadi va M300 markali beton
uchun bu miqdar 1%ni, yanada pastroq markali (mustahkamligi past) betonlar
uchun esa 2% miqdorida bo‘lishiga ruxsat etiladi. CHo‘kindi jinslardan olingan
chaqiq toshlarda aralashmalarning umumiy miqdori 2 va 3% oshmasligi kerak.
SHag‘alda ifloslantiruvchi aralashmalarning miqdori 1% dan ko‘p bo‘lmasligi,
tabiiy qumda esa 3 % dan oshmasligi kerak. Qumda shuningdek organik zararli
moddalarning miqdori ham chegaralanadi va ular maxsus sinovlar o‘tkazish
bilan nazorat qilinadi (kolorimetrik tekshiruv).
164
Iflos va sifatsiz to‘ldiruvchining betonga ta’sirini sement sarfini oshirish
bilan nazorat qilish mumkin emas.
Beton uchun to‘ldiruvchini tanlashda odatda uning beton qorishmasi
xususiyatlariga va betonga umumiy ta’sirini inobatga olishga to‘g‘ri keladi.
Betonda shag‘al yoki chaqiq toshni maksimal imkoniyat darajasidagi yiriklikda
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, bu holda to‘ldiruvchi eng kam solishtirma
yuzaga ega bo‘lgani uchun konstruksiyani betonlash shartlari bajariladi. Talab
darajasidagi beton qorishmasini quyish va zichlashtirish maqsadida
konstruksiyaning minimal o‘lchamlaridan shag‘al yoki chaqiq tosh ¼
barobardan yirik bo‘lishi mumkin emas va bu o‘z navbatida temir -beton
konstruksiyasida armatura sterjenlari orasidagi minimal o‘lchamlardan
kichikroq bo‘lishi talab etiladi. Plitalar, pollar va yopmalarni betonlashda
shag‘al yoki chaqiq toshning maksimal yirikligi plita qalinligiga nisbatan ½
nisbatida bo‘lishi kerak.
Yirik to‘ldiruvchining bo‘shligini kamaytirish maqsadida, agarda
chegaraviy mumkin bo‘lgan yiriklik imkoniyati mavjud hollarda bir necha
fraksiyalardan iborat qorishmalardan foydalaniladi va bo‘shliqlikning minimal
darajada bo‘lishi uchun ular orasidagi o‘zaro ma’qul nisbat tanlanadi.
YUqori mustahkamlikdagi betonlar uchun mustahkam chaqiq toshdan
foydalaniladi. Bunday chaqiq tosh sement toshi bilan ishonchli bog‘lanadi.
SHag‘al silliq yuzaga ega va shuning uchun u yanada harakatchanroq beton
qorishmasini beradi. Biroq, u sement toshi bilan sust bog‘lanadi. SHuning
uchun shag‘alni past markali betonlarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari shag‘al
loysimon va boshqa aralashmalar bilan ifloslangan bo‘ladi va natijada uni
yuvish talab etiladi.
Beton uchun yirik donali qumdan foydalanish yaxshi natija beradi. Biroq,
qum tarkibida yirik zarralarning uchrashi bo‘shliqlikni oshishiga sabab bo‘lishi
mumkin (40 % gacha) va bu bo‘shliqlarni sement hamiri bilan to‘ldirishga
to‘g‘ri keladi. Buning natijasida sement sarfi va betonning tannarxi ko‘payib
ketadi. SHuning uchun eng yaxshi natijalarni tarkibida o‘zaro optimal
nisbatdagi yirik, o‘rtacha va mayda zarralari bo‘lgan qum beradi va bunday
nisbatdagi qum minimal bo‘shliqni ta’minlaydi. Sifati yuqori bo‘lgan qumda
bo‘shlilik 38% dan oshmasligi kerak. Optimal donadorlik tarkibda bu
ko‘rsatkich 30 % gacha kamayadi.
165
Agar beton yoki qorishmada qum donalari orasidagi bo‘shliqlarni faqat
sement hamiri bilan to‘ldirilsa, kam harakatlanuvchan, quyilishi og‘ir
kechadigan bikir qorishma yuzaga keladi.
Qum donalarini bir biridan ajratish va ularni sement qobig‘i bilan o‘rab
olish zarur va bu qobiq qorishma yoqi beton qorishmasining harakatchanligini
ta’minlaydi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa donalar solishtirma yuzasi kamayib,
qobiq hosil qilish uchun ketadigan sement sarfi iqtisod qilinadi. Biroq, yuqorida
ta’kidlanganidek faqat yirik donalardan iborat bo‘lgan qum katta miqdordagi
bo‘shliqlarga ega bo‘lib uni qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Beton tayyorlash uchun tarkibida mayda va o‘rtacha yiriklikdagi zarralari
bo‘lgan yirik qum tanlanishi tavsiya etiladi. Bunday aralash holdagi donalarda
bo‘shliqlar kamayib, donalar yuzasi katta bo‘lmaydi. Bunday ijobiy qum tarkibi
O‘zRST tavsiyasiga mos tushadi.
Notekis yuzaga ega bo‘lgan qumdan foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘lib, bunday qum sement toshi bilan yaxshi bog‘lanadi va betonning
mustahkamligini oshishiga olib keladi. Qumni yuvish jarayoni murakkab va
qimmat bo‘lganligi sababli olinayotgan qum imkon darajasida toza bo‘lishi
tavsiya etiladi. Odatda daryo qumi afzal deb bilinadi.
Qumning zichligi uning xaqiqiy zichligiga, bo‘shliqligiga va namligiga
bog‘liq bo‘lib, quruq va sochiluvchan holatda aniqlanadi. Suvga to‘yingan
holda muzlash ehtimoli bo‘lgan konstruksiyalardagi betonlar yoki M200 va
undan ortiq markadagi betonlar uchun tayinlangan qum 1550 kg/m
3
zichlikka
ega bo‘lishi kerak. Boshqa hollarda - 1400 kg/m
3
dan kam bo‘lmasligi talab
etiladi. Siltash jarayonida qum zichlashib uning zichligi 1600-1700 kg/m
3
ga
etishi mumkin. Eng katta hajmni 5-7 % namlanganlik holatidagi qum egallaydi;
namlikning ortishi yoki kamayishi bilan qumning hajmi kamayadi (rasm-6.3).
Bu xususiyatni qumni qabul qilish va miqdorlash jarayonida (hajm bo‘yicha),
shuningdek beton tayyorlashda inobatga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: |