uzluksiz
tarkib
deyiladi. Agarda to‘ldiruvchida qandaydir bir oraliq o‘lchamlardagi donalar
mavjud bo‘lmasa bunday donador tarkib
uzlukli
tarkib deb ataladi.
To‘ldiruvchining optimal (eng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash
bo‘yicha juda ko‘p tavsiyalar mavjud. Ko‘pchilik tadqiqotchilar uzluksiz
donador tarkibni samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan
o‘rtacha o‘lchamlardagi fraksiyalarni olib tashlanganda g‘ovaklikning
kamayishi ta’minlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan
mayda donalarning harakatchanligi chegaralanadi va ma’lum darajadagi
harakatchan beton qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan
qalinroq qamrab olish zarurati tug‘iladi. Uzluksiz donador tarkibli
qorishmalarda esa bu qatlam yupkaroq bo‘lishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda
to‘ldiruvchidagi mayda fraksiyalarning hajmi, hamda to‘ldiruvchining nisbiy
yuzasi ortib boradi. Natijada donalarni qamrab olish uchun sement sarfi ortadi
va to‘ldiruvchining bo‘shliqlarini kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish
imkoniyati kamayadi. Bundan tashqari uzlukli donadorlik tarkibning
qatlamlanishga moilligi bo‘lib, bu betoning bir jinsliligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli
samarali elash egrilari taklif etilgan. Bir vaqtning o‘zida bo‘shliqlari minimal
darajadagi va eng kam donalar nisbiy yuzasiga ega bo‘lgan qorishmani olish
mumkin bo‘lmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali o‘tkazish
mumkinligi sababli), ideal egrini quyidagi shartdan olish mumkin. Buning
uchun qorishmadagi bo‘shliqlar miqdori va donalarning yuzalari yig‘indisi
155
ma’lum darajadagi harakatchanlikka ega bo‘lgan beton qorishmasini va
mustahkam betonni olish uchun minimal miqdordagi sementni talab etishi
kerak. Ideal egri bo‘yicha turli o‘lchamlardagi donalarni tanlash va
solishtirishda o‘sha sement sarfi bilan qatlamlanishga moilligi kamroq va
yanada harakatchanroq qorishmalar olinadi.
Bunday ideal egrilarga misol sifatida quyidagi Fuller va Bolomeylar
tomonidan taklif etilgan tenglamani keltirish mumkin:
ф
k
y
чег
ф
D
x
k
/
100
, (1.1)
bu erda:
k
f
– shakl koeffitsienti;
k
f
=
8-14;
x
– berilgan fraksiyadagi donalar
o‘lchami; D
cheg
– to‘ldiruvchining chegaraviy yirikligi.
Amaliyotda aniq ideal egri bo‘yicha to‘ldiruvchilar tarkibini tanlash
uchun shag‘al va qumni elash kabi qo‘shimcha jarayonlar talab etiladi. Alohida
fraksiyadagi materiallar(ashyolar)ning bir qismi ortib qolishi va boshqa
fraksiyalarni to‘ldirish uchun esa qo‘shimcha maydalash talab etiladi. SHuning
uchun amaliyotda bu usul keng tadbiq etilmagan.
Temir-beton zavodlari yoki qurilish ob’ektlarida to‘ldiruvchining
donadorlik tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shag‘aldan
foydalaniladi va bunda qum va alohida olingan shag‘al fraksiyalari orasidagi
nisbat imkoniyat darajasida ideal egriga yaqinlashishi lozim. Biroq, bu
nisbatning ideal egriga aniq mos tushishi talab etilmaydi. Katta bo‘lmagan
nomutanosibliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Donador tarkibni yomonlashuvini
qator texnologik usullar yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar
bilan betonning narxi tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi.
SHuning uchun standartlar va texnik ko‘rsatmalarda bir necha turli donadorlik
tarkiblar tavsiyasi ko‘rsatiladi va to‘ldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini
ahamiyatli darajada yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraksiyalar
nisbatida ma’lum darajadagi o‘zgarishlarga imkon beriladi. Masalan, qum
uchun donadorlik tarkib quyidagi chegaralarda bo‘lishi zarur:
Jadval-6.1
Elak teshigining o‘lchami,
mm
5
2,5
1,25
0,63
0,315
0,14
0,14dan
Elakdagi to‘liq qoldiq,
0
0-20
15-45 35-70 70-90
90-100
0-10
156
massa bo‘yicha %
hisobida
Qumning donadorlik tarkibini shartli ifodalash uchun
M
k
- yiriklik
modulidan foydalanadilar. Bu modul standart elaklarda qolgan qoldiqlarning
to‘liq yig‘indisini (% hisobida) 100 bo‘lingan holida ifodalaydi. Qumlarning
yiriklik moduli 2,1 dan 3,25 ga qadar o‘zgarishi mumkin. Biroq mos holdagi
texnik-iqtisodiy va texnologik asoslanganda yanada mayda va arzon mahalliy
qumlardan foydalanish mumkin (
M
k
=1,2-2,1). Yiriklik moduliga ko‘ra qumlarni
yirik, o‘rta, mayda va o‘ta mayda yoki mayin turlarga ajratiladi (mos ravishda
M
k
=2.5-3.5; 2-2.5; 1.5-2; 1-1.5, elakdagi to‘liq qoldiqda 0,63mm-50-75, 35-50,
20-35, 20%dan kam). Yiriklik moduli qumning beton xususiyatiga faqat
taqribiy baho bera oladi, chunki turli donador tarkibdagi qumlar bir xildagi
yiriklik moduliga ega bo‘lishi mumkin.
Zich tog‘ jinslaridan olingan shag‘al va chaqiq toshning donadorlik
tarkibi ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo‘lganligi uchun
eng kichik va eng yirik o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Jadval-6.2
Elak
teshiklarining
o‘lchamlari,
mm
D
kich
5 mm
D
kich
10 mm
0,5
Dkich
+
Dkat
D
kat
bir fraksiya
uchun
Fraksiyalar
aralashmasi
uchun
To‘liq
qoldiqlar, %
95-100
90-100
40-80
50-70
0-10
To‘ldiruvchini optimal donadorlik tarkibi aksariyat, nafaqat qum va
chaqiq toshning donadorlik tarkibiga, balki ularning o‘zaro to‘g‘ri nisbatini
tanlashga ham bog‘liq.
Bu nisbatning to‘g‘ri tanlanishiga faqat beton tarkibini hisobga olish
bilan erishish mumkin, xususan sement va suvning miqdorini to‘g‘ri tanlash
orqali erishiladi. O‘rta va past markali, sement sarfi 200-300 kg/m
3
bo‘lgan
betonlarda beton qorishmasining eng yaxshi harakatchanlik ko‘rsatkichini ideal
elash egrisiga yaqin bo‘lgan donadorlik tarkib ta’minlaydi. Sement sarfi ko‘p
157
10
20
30
0.2
0.4
0.6
0.8
1.0
0
0.2
0.4
0.6
0.8
1.0
Vn.й
Vn.min
Vn.min q
Vм
Vn.м
V й
bo‘lgan yuqori mustahkamlikdagi va bikir beton qorishmalarida qum hajmi yoki
to‘ldiruvchining mayda fraksiyalarini umumiy hajmga nisbatan to‘ldiruvchini
aniq xususiyatlari va beton tarkibidan kelib chiqqan holda kamaytirish
maqsadga muvofiq.
To‘ldiruvchining bo‘shligi bilan donadorlik tarkib bevosita bog‘liq
bo‘lib, uning zich joylashuvchanlik imkoniyatlari bilan aniqlanadi. SHuningdek,
to‘ldiruvchi
donalarining
shakli
bo‘shliqlilikka
ta’sir
ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchining bo‘shliqliligi – ahamiyatli jihat bo‘lib, u sement sarfi
(qanchalik bo‘shliqlar ko‘p bo‘lsa shunchalik sement sarfi ortadi) va beton
xususiyalariga ma’lum darajada ta’sir etadi. Nazariy nuqtai nazardan
to‘ldiruvchidagi bo‘shliqlar hajmi undagi donalarning yirikligiga emas, balki
donalarning shakliga, ularning joylashish zichligi va quyilishiga bog‘liq. Bu
fraksiyadagi to‘ldiruvchining bo‘shliqligi 0,3 dan 0,48 gacha o‘zgaradi.
Amalda nisbatan ko‘proq yoki kamroq zichlab quyish degan tushuncha
mavhumdir; quyishning qandaydir oraliq sistemasi ma’no kasb etadi va shunga
ko‘ra o‘rtacha bo‘shliq zichlashtirish darajasiga ko‘ra aniqlanadi. Donalarning
qirralari ko‘payishi bilan bo‘shliqlar hosil bo‘lish ehtimoli ortadi. Aksariyat,
uzunchoq ko‘rinishdagi (ignasimon, yapasqi) donalar qo‘llanilganda bo‘shliq
ortib ketadi. SHuning uchun bunday donalarning shag‘alda yoki chaqiq
toshdagi miqdori oddiy og‘ir betonlarda 35% dan, yo‘l qurilishi uchun
mo‘ljallangan shag‘alda esa 25%dan oshib ketmasligi zarur (yapasqi donalar
betonning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi).
Agarda ikki fraksiyadagi bir biridan o‘lchamlari bilan keskin farq
qiluvchi donalar olingan bo‘lsa, qorishma bushligining aralashtirilayotgandagi
xarakteri Rasm-6.1.dagidek ifodalanadi.
Belgilarni ta’riflab olamiz: V
bo‘sh
– bo‘shliq hajmi; V
d
– to‘ldiruvchi
donalarining absolyut hajmi; V=V
bo‘sh
+V
d
– qorishmaning umumiy hajmi;
B
nis
=V
bo‘sh
/V – nisbiy kattaliklardagi g‘ovaklilik; B
a
=V
bo‘sh
/V
d
– to‘ldiruvchi
donalarining absolyut hajmiga nisbatan bo‘shliqlik.
|