172
SO‘Z BOSHI
O‘zbekistonda kabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida"gi
qonun va kadrlar
tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayonining uzluksiz bo‘lishi, uni jahon
andozalari talabiga to‘liq mos kelishini ta’minlash, zamon talabiga javob
beradigan
yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosiy maqsad
qilib ko‘yilgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal qadamlar bilan rivojlanishi har bir
sohaning,
tarmoqning yuksalishini, texnik-iqtisodiy samarador-ligini oshishini
taqazo qiladi.
Qurilishda mablag‘ni iqtisod qilish eng dolzarb muammolardan
hisoblanib, xalq xo‘jaligi tarmog‘ining yalpi material ishlab chiqarish mahsuloti
hajmining uchdan bir qismini tashkil etadi.
Hozirgi davrda qurilish materiallarini ishlab
chiqarishning takomillashib
borishi, taraqqiy etishi va iqtisodiy samarasining oshib borishi ma’lum darajada
xomashyo mablag‘laridan unumli foydalanish, tabiiy resurslarni oqilona
qo‘llash va har xil tarmoqdagi ishlab chiqarish chiqindilaridan to‘liq
foydalanish bilan bog‘liqdir.
To‘ldirgichlar – bu ma’lum
zarrachalar tarkibiga ega, tabiiy va sun’iy
qurilish material bo‘lib, beton va temir-beton konstruksiyalar narxining 30-50%
ni tashkil qiladi. G‘ovakli to‘ldirgichlarni o‘rganish, ularni to‘g‘ri tanlash,
me’yoriy ishlab chiqarish va qurilishda qo‘llash xalq xo‘jaligida katta
ahamiyatga ega. G‘ovak to‘ldirgichlar betonning sakson foizgacha xajmini
tashkil qiladi, sement va boshqa bog‘lovchilarni
sarflanishini keskin
kamaytiradi, ular beton tarkibidagi yuqori baxoli qurilish ashyosi xisoblanadi.
G‘ovak to‘ldirgichlar betonlarda qattiq struktura hosil qiladi, u esa
cho‘kish deformatsiyalarini qabul qilib, cho‘kishni kamaytiradi.
Uslubiy qo‘llanmada keltirilgan tajriba ishlarida to‘ldirgichlarning
(keramzit, agloporit va boshqa sun’iy g‘ovak to‘ldiruvgichlar)
asosiy
xususiyatlari tajriba yo‘li bilan aniqlanadi.
To‘ldirgichlarning qo‘llanish soxasi har xil, biroq beton va temir-beton
konstruksiyalari uchun ishlab chiqilgan g‘ovak to‘ldirgichlarni
Davlat
andozalari talablari bo‘yicha sinash zarur.
Dostları ilə paylaş: