Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 
Ichki klasslar 
Shu vaqtgacha ko’rilgan barcha klasslar yuqori darajadagi klasslar xisoblanadi. Java 
dasturlash tili klasslarni boshqa klass ichida yoki metod ichida e’lon qilish imkoniyatini beradi. 
Ushbu klasslar 
ichki klasslar
deb ataladi. 
Masalan: 
class Kompyuter{ 
class Xotira 



… 


Yuqoridagi misolda 
Xotira
klassi 
Kompyuter
klassini ichki klassi xisoblanadi. Ichki klass, 
boshqa klass a’zolari singari, u e’lon qilingan qamrov darajasida klass a’zolariga murojaat qilishi 
mumkin. O’z navbatida ichki klass u e’lon qilingan klass yoki metod a’zosi xisoblanadi. 
Masalan: 
class Kompyuter{ 
class Xotira{ 
… 

void amalBajarish(){ 
… 


Yuqo ridagi misolda 
Xotira
ichki klassi 
Kompyuter
klassi a’zosi bo’lgan 
amalBajarish()
metodini chaqirishi mumkin. Yoki 
amalBajarish()
metodi 
Xotira
klassi andozasi asosida obyekt 
yaratishi mumkin. 
Boshqa klasslar singari ichki klasslar yuqori darajali klasslar tomonidan murojaat qilinishi 
xam mumkin. Lekin ushbu murojaatni amalga oshirish uchun murojaat qiluvchi ichki klass 
joylashgan yuqori darajali klassga ega bo’lishi kerak. Masalan, 
Kompyuter
klassi tashqarisidan 
Xotira
klassi andozasi asosida obyekt yaratish uchun 
Kompyuter
obyektiga ega bolish kerak. 
Kompyuter k = new Kompyuter(); 
Kompyuter.Xotira x = k.new Xotira(); 
Yuqoridagi misolning birinchi qatorida Kompyuter qiymatini qabul qiluvchi 
k
o’zgaruvchisiga yangi Kompyuter obyekti yaratilib biriktirilgan. Ikkinchi qatorda Kompyuter 
klassining ichki klassi bo’lgan Xotira qiymatini qabulqiluvchi 
x
o’zgaruvchisiga yangi Xotira 
obyekti yaratilib biriktirilgan. 
Ichki klassni lokal a’zo sifatida metod ichida xam e’lon qilish mumkin. Masalan: 
class Kompyuter 

void amalBajarish() 

class Xotira() 

… 





Yuqoridagi misolda Xotira klassi amalBajarish() metodining lokal a’zosi sifatida metodning 
boshqa a’zolariga yoki Kompyuter klassining a’zolariga murojaat qilishi mumkin. Ammo, 
Kompyuter klassining a’zolari Xotira klassi metodning lokal a’zosi bo’lganligi sababli unga 
murojaat qila olmaydi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin