Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/42
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#203218
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Java 2se dasturlash tili

 klassi 
Java dasturlash tilida barcha classlar 
Object
klassini avtomatik ravishda kengaytiradi. Klass 
Object
klassini kengaytirishi uchun ushbu klass nomidan keyin 
extends Object
ifodasini yozish 
shart emas. Java ushbu ifodani avtomatik ravishda qo’shib qo’yadi. 
Object klassi bir necha muxim metodlarga ega. Kengaytirish qoidasiga asosan barcha 
klasslar 
Object
klassi a’zolarini (jumladan metodlarini) meros qilib oladi. Quyida 
Object
klassini 
asosiy metodlarini ko’rib chiqamiz. 
equals()
metodi 
Object klassining 
equals()
metodi ikki obyektni tengligini tekshiradi. Metod quyidagi 
ko’rinishda e’lon qilingan: 
public boolean equals(Object obj) 

… 

equals()
metodi boshqa obyektni qabul qiladi va mantiqiy qiymatni (obyektlar teng 
bo’lganda 
true
, aks xolda 
false
qiymatini) qaytaradi. Object klassida e’lon qilinishi bo’yicha 
equals()
metodi tenglikga tekshirilayotgan obyektlar bir xil obyekt o’zgaruvchilari tomonidan 
murojaat qilinayotganligi tekshiriladi. Meros qilib olingan metodlarni qayta e’lon qilish 
imkoniyati mavjud bo’lganligi sababli, 
equals()
metodini xam qayta e’lon qilib olish mumkin. 
Masalan, agar ikkita kitob bir xil nom va varoqlar soniga ega bo’lsa ular bir xil xisoblansin. 
Ushbu me’zonga asosan tenglikni tekshiradigan 
equals()
metodini quyidagicha qayta e’lon 
qilish mumkin: 
public class Kitob 



int varoqlarSoni; 
String nomi; 
public boolean equals(Object obj) 

return nomi.equals(obj.name) && varoqlarSoni == obj.VaroqlarSoni; 


Yuqorida qayta e’lon qilingan 
equals()
metodi 
Kitob
obyektlarini tengligini tekshirish 
uchun qayta e’lon qilingan. 
hashCode()
metodi 
hashCode()
metodi joriy obyektni maxsus kodini qaytaradi. Ushbu maxsus kod obyekt 
mazmuni asosida xisoblanadi. 
Object
klassida e’lon qilinishi bo’yicha 
hachCode()
metodi xar bir 
obyekt namunasiga, ya’ni bitta klass andozasi asosida yaratilgan obyektga, qaytarilmas sonni 
maxsus kod sifatida belgilaydi. Maxsus kod obyektlarni to’plamlarda saqlash uchun ishlatiladi. 
toString()
metodi 
toString()
metodi obyektni matn qiymatini qaytaradi. Ushbu metod asosan obyekt va uning 
xolati xaqida ma’lumot berish uchun qo’llaniladi. Masalan: 
Scooter s = new Scooter(); 
System.out.println(s.toString()); 
Yuqoridagi dastur kodi quyidagi malumotni ekranga chiqarib beradi: 
Scooter@42e816 
Meros qilib olingan boshqa metodlar singari 
toString()
metodini qayta e’lon qilib olish 
mumkin. Masalan, toString() metodi quyidagicha qayta e’lon qilingan bo’lsin: 
public class Scooter 

public String toString() 

return “Scooter bu kichik mototsikl”; 


Bunda, 
Scooter s = new Scooter(); 
System.out.println(s.toString()); 


dastur kodi quyidagi ma’lumotni ekranga chiqarib beradi: 
Scooter bu kichik mototsikl

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin