hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va
ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini
anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi.
Ko’pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga
aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli
sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o’tishi
davomida ular
tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni
vujudga keladi. Тaqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va
davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda
korxonaning foydasi
buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan
so’nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonalarning mablag’lari boshqa- boshqa
bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo’ladi. Bu - korxona ta’minoti va
tayyor buyumlarni sotish bosqichlaridir.
Тa’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o’ziga zarur bo’lgan
moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida
ishlab chiqarish jarayonida
yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo’ladi. Bu bosqichning
yakunida korxona zahiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi
quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlar, ya’ni
ishlab chiqarish vositalarini harid qilish va mahsulot sotishsiga qilingan xarajatlar;
ta’minot jarayonida harid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo’ljallangan va sotish
jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun
korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k.
Sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof
daromadni taqsimlash imkonini beradi.
Тovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag’larining aylanish davri uning
boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik
aloqalarini yuzaga
keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan
ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bilan unga u
yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida, bank muassasalari bilan
20
Dostları ilə paylaş: