ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga
doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Хo’jalik aloqalari
buxgalteriya hisobida
korxona mablag’larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks ettirilayotgan
paytdan qamrab olinadi. Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish
maqsadlari uchun qilingan iste’moldan
tashqari, korxonada noishlab chiqarish
iste’mollari ham sodir bo’ladi.
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag’laridan foydalanish
kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog’liqni saqlash va boshqa shu
kabi mablag’lari kiradi. Bu mablag’larning holati
va ulardan foydalanish ham
buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag’larining aylanish davri shundan iboratki,
ular - ishlab
chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi.
Demak, mablag’larning aylanish davri faqat uning har xil bosqichlari ketma – ket,
uzluksiz kelib tursagina sodir bo’lishi mumkin.
Mablag’larning aylanish davrini to’g’ri tashkil qilish,
ularni har bir bosqichi
bo’lgan muddatlarda bo’lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan
jarayonlar
odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo’ladi. Shuning uchun ham,
korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab chiqarish va moddiy
mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu mablag’larning miqdori korxona
faoliyatining hajmiga to’g’ri kelishi va har bir bosqichda ishni ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo’jalik
operatsiyalaridan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarishda
mehnat buyumlarini mahsulot
tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi hisoblash,
mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya
ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda amalga oshiradi. Har
bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag’larining harakati,
ularning
shakllarini o’zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda korxona pul
mablag’lari o’rniga o’zlariga kerak bo’lgan mehnat
buyumlarini oladi va ularni
sarflashda mehnat buyumlarni ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib,
tayyor
mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo’jalik operatsiyalari ishlab chiqarish
21
Dostları ilə paylaş: