Operativ (теzkor)
hisob
- ayrim xo’jalik operatsiyalari va jarayonlarini bevosita
ular sodir bo’layotgan vaqtida boshqarish maqsadida joriy kuzatish va nazorat qilish
tizimi bo’lib hisoblanadi. Bu hisobning korxona va uning tarkibiy bo’linmalariga
joriy rahbarlik qilish maqsadida ma’lumotlarni operativ
ravishda olish va ulardan
foydalanish uning farq qiladigan belgisi hisoblanadi.
Operativ hisob turli-tuman xo’jalik hodisalarni o’z ichiga olib, asosan ishlab
chiqarish - texnika xususiyatidagi ko’rsatkichlar bilan ta’minlaydi. U mahsulot ishlab
chiqarish bo’yicha topshiriqlarning bajarilishi, xarajatlar
normativlaridan kundalik
chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va asbob-uskunalarning yuklanganlik
darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi - mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan
tuzilgan kontraktlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Operativ
hisobda o’lchovlarning hamma turlari - moddiy, mehnat va qiymat o’lchovlaridan
foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni aks
ettirganligi va undan umumlashtirilgan ko’rsatkichlar
talab qilinmaganligi sababli,
unda moddiy, mehnat o’lchov birliklaridan foydalaniladi.
Nazoratning operativligini ta’minlash uchun xo’jalik operatsiyalarining borishi
haqidagi axborotni tezroq olish kerak bo’ladi. Shuning uchun operativ hisobning
ma’lumotlari iloji boricha osonroq yo’l bilan qayd qilinishi mumkin. Ularni bevosita
kuzatish yo’li bilan yetkazishadi, telefon, faks, modem orqali,
kompyuter aloqasi
yordamida va boshqa yo’llar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni
olish uchun mexanika va avtomatik o’lchov, tartibga soluvchi asboblar,
moslamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni bunday tashkil qilish
xo’jalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga oshirilishi vaqtida bevosita
boshqarish imkonini beradi.
Operativ hisobning ma’lumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi, chunki
ularning asosiy vazifasi - kuzatilayotgan ob’yektlarda sodir bo’layotgan
o’zgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning
uchun amaliyotda operativ
hisobdan faqat
taxminiy axborotni olish bilan kifoyalanadilar. Lekin bu axborot yetarli darajada
to’g’ri bo’lishi kerak, zeroki, unga qarab sodir bo’lgan o’zgarishlarning hajmi va
tavsifi haqida ishonchli xulosa qilib, xatosiz bo’lgan boshqaruv qarorlarni qabul qilish
9
mumkin bo’lsin.
Operativ hisob korxonaning har xil bo’linmalari - bo’limlari, sexlari, omborlari
va hokazolar tomonidan yuritiladi.
Operativ axborot yordamida - menejerlar ishlab chiqarish, foyda bo’yicha
topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani ta’minlash va mahsulot sotishsi bo’yicha
topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy qiymatliklar
zahirasining darajasi hamda
boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati va borishi
haqidagi ma’lumotlarni olishda foydalanishadi.
Operativ hisob korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlanganligi, uning harakati,
xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan nazorat qilish uchun zarurdir.
Sexlar, omborlar va boshqa bo’linmalar xodimlari undan ma’lum xo’jalik qismidagi
topshiriqlarning bajarilishini borishi haqidagi ma’lumotlar olishadi.
Operativ hisobdan ishlab chiqarish bo’linmalarida sodir bo’layotgan
operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda keng
foydalaniladi. Bu yerda u maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar yordamida
amalga oshiriladi.
Operativ hisobning ba’zi ma’lumotlaridan faqat korxonaning tarkibiy
qismidagina foydalanilmay, ulardan boshqaruvchi tizimlarda ham foydalaniladi.
Bunday ma’lumotlar
umumlashtirilib, ichki operativ hisobot tarkibiga kiritilishi
mumkin. Operativ hisobotning ko’rsatkichlari ayrim tarmoqlar va butun xalq xo’jaligi
miqyosida tegishli jarayonlarni borishi ustidan kuzatish va axborotni umumlashtirish
uchun xizmat qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot iishab chiqarish, xom
ashyo bilan ta’minlanganlik, ishga kelish, ekish va hosil yig’ishning borishi haqida va
boshqa ma’lumotlar olinadi. Operativ hisobning ma’lumotlari ulardan keyinchalik
foydalanishda buxgalteriya yoki statistik hisobda qayta ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: