5-MA’RUZA
OCHIQ KON ISHLARIDA ISHLATILUVCHI BURG‘ULASH
STANOKLARI. SINFLANISHI, ISHLATILISH KO‘LAMI.
BURG‘ILASH USULLARI
Ma’ruza rejasi:
1.
Skvajinalar o‘tishda burg‘ulash va kon jinslarini bo‘laklash usullari.
2.
Ochik konlarda portlatish skvajinalarini xosil kiluvchi burgilash
stanoklarining sinflari va turlari;
3.
SBSH turkumidagi burgilash stanoklarining konstruktiv tuzilishi va
ishlash prinsipi;
4.
SBUturkumidagi burgilash stanoklarining konstruktiv tuzilishi va
ishlash prinsipi;
5.
SBR turkumidagi burgilash stanoklarining konstruktiv tuzilishi va
ishlash prinsipi;
Tayanch so‘z va iboralar:
Stanok, burg‘ilash stanogi, sharoshkali
burg‘ilash, aylantiruvchi burg‘ilash, zarbli burg‘ilash, zarbli-aylantiruvchi
burg‘ilash, shnekli burg‘ilash, sharoshkali dolota, skvajina, skvajina diametri.
SHpurlar (diametri 75 mm gacha va chuqurligi 5 m gacha
bo‘lganssilindrik kon laximi) va skvajinalar (chuqurligi 5 m dan oshiq va
diametri katta yoki har qanday diametrli) hosil qiluvchi kon mashinasiga
burg‘ulash mashinasi deyiladi.
Burg‘ulash mashinalari – bu umumiy tushuncha bo‘lib, bular qo‘l va
kolonkali parmalar, burg‘ulash qurilmalari, ochiq konlarda va er ostida
ishlatiluvchi burg‘ulash stanoklaridir.
Skvajinalar o‘tishda burg‘ulash va kon jinslarini bo‘laklash
usullari.
Buzishning mexanik uslubiga aylanma, zarbli-burama, zarbli-
aylanma va aylanma-zarbli burg‘ulashlar kiradi.
Kon jinslarini fizik uslub bilan burg‘ulashga gaz, suyuqlik, elektr toki,
issiqlik yoki boshqa energiya turlari bilan ta’sir qilib burg‘ulashlar kiradi.
Burg‘ulashning bu turiga yana olov (termik), portlash, ulьtratovush, gidravlik
va elektrogidravlik burg‘ulashlar ham kiradi.
Konjinslarini aralash uslub bilan burg‘ulashda konjinsiga mexanik va
fizik uslub bilan bir vaqtda ta’sir ko‘rsatiladi. Bu uslubga termomexanik uslub
bilan burg‘ulash misol bo‘la oladi.
Aylanma burg‘ulash - burg‘ulash instrumentida aylanuvchi moment M
kr
va instrumentning o‘qi yo‘nalishidagi bosim kuchi R
os
borligi bilan
xarakterlanadi (1-rasm, a). Burg‘ulash instrumentining o‘qi burg‘ulanilayotgan
skvajina yoki shpurning o‘qiga mos bo‘lib ikki kuch ta’sirida instrument shpur
yoki skvajinaning zaboyi tomon yo‘naltiriladi. Konjinsining buzilishi qirqish,
ezish va yanchish hisobiga amalga oshiriladi.
Burg‘ulash mahsulotlarini shpur yoki zaboydan burama shtanga yoki
shnek, yuqori bosimli havo va suyuqlik yordamida olib chiqib tashlanadi.
Burg‘ulash instrumentining konstruksiyasiga qarab bu usul bilan har xil
qattiqlikdagi konjinslarini burg‘ulash mumkin.
Masalan, rezetslar bilan jihozlangan instrument yordamida yumshoq va
o‘rtacha qattiqlikdagi (
f
4), olmosli instrumentlar bilan qattiq va juda qattiq
(
f
10) konjinslarini burg‘ulash mumkin.
Aylanma burg‘ulash shpur yoki skvajinalar burg‘ulaydigan parmalarda
amalga oshiriladi.
1-rasm. Turli burg‘ulash usullarida instrumentga ta’sir etuvchi kuchlar.
Zarbli — burama burg‘ulash, burg‘ulash instrumentida zarb impulьsi
R
ud
, uncha katta bo‘lmagan buruvchi momenti M
kr
va o‘q yo‘nalishi bo‘ylab
kichik siquvchi kuch ta’sirida amalga oshiriladi (1-rasm, v).
Zzarb impulьsi instrumentni buzilayotgan konjinsiga botirish uchun,
buruvchi momenti instrumentni har bir zarbdan so‘ng ma’lum, burchakka
burishga, o‘q yo‘nalishi bo‘yicha ta’sir etuvchi kichik siquvchi kuch esa
instrumentni buziladigan konjinsi yuzasiga tegib turishini, ya’ni har bir zarbdan
oldin siqib ushlab turishga xizmat qiladi.
Zarbli—burama burg‘ulash usuli odatda qattiq konjinslarini (
f
= 6
20)
burg‘ulash ishlarida qo‘llaniladi.
Zarbli—burama usulida ishlaydigan mashinalar perforator deb atalib,
ular yordamida chukurligi 5—12 m va undan ko‘p, diametri 20—150 mm
bo‘lgan shpur, hamda, skvajinalar burg‘ulanadi.
Ochiq konlarda ishlatiladigan zarbli-kanatli burg‘ulash mashinalarida
diametri 300 mm gacha va chuqurligi 40 m va undan ko‘p bo‘lgan skvajinalar
burg‘ulanadi.
Zarbli—aylanma burg‘ulash, zarbli—burama burg‘ulash kabi kuchlar
bilan xarakterlanib, undan zarb R
ud
uzluksiz aylanib turuchi burg‘ulash
instrumentiga berilib turish bilan farq qiladi. Bunday usulda burg‘ilashda R
os
kichik o‘q yo‘nalishidagi bosim kuchi ham beriladi (1-rasm, d). Bu burg‘ulash
rejimi og‘ir burg‘ulash mashinalarida va burg‘ulash agregatlarida diametri 150
mm, chuqurligi 100 m gacha bo‘lgan skvajinalarni qattiq konjinslarida (
f
= 6
20) burg‘ulashda ishlatiladi.
Aylanma—zarbli burg‘ulash, burg‘ulash mashinalarini instrumentiga
uni o‘qi bo‘ylab nisbatan katta kuch R
os
, zarb impulьsi R
ud
va aylanish momenti
M
kr
ga ega ekanligi bilan xarakterlanadi (1-rasm,g).
Bu usulda konjinsi instrumentga ta’sir qiluvchi zarb kuchi, aylanish
momenti va o‘q yo‘nalishi bo‘yicha ta’sir qilayotgan kuch hisobiga buziladi.
Aylanib — urib burg‘ulash uslubi qattiq konjinslari (
f
= 5
14) da yaxshi
natija berib og‘ir burg‘ulash mashinalari yordamida diametri 100 mm gacha
bo‘lgan shpur hamda skvajina burg‘ulashda ko‘llaniladi.
Olovli (ognevoy) — termik burg‘ulash hamma fizik burg‘ulash uslublar
ichida eng ko‘p qo‘llanilib diametri 300 mm gacha chuqurligi 30 m gacha
bo‘lgan skvajinalar burg‘ulashda qo‘llaniladi.
Bu uslubda konjinsini buzilish jarayoni skvajina zaboyida yuqori
temperatura (2000—2500°C) ta’sirida potensiallar farqi hosil bo‘lishi hisobiga
sodir bo‘ladi.
YUqori temperatura ishchi organ yo‘naltirgichidan 2000 m/s tezlikda
otilib chiquvchi gaz oqimi hisobiga amalga oshiriladi. YUqori temperatura va
tezlikda otilib chiquvchi gaz oqimi konjinsini yuzida yorilish, sinish va
chaqnashlash hosil bo‘lib zaboyda buzilish hosil bo‘ladi. Bu mayda konjinslar
fraksiyasi skvajinadan par-gaz aralashmasi hisobiga olib chiqiladi.
Ushbu uslub kremniy asosli yoki past issiqlik o‘tkazuchanlik
koeffitsienti bo‘lgan, erishdan oldin chaqnab ketuvchi konjinslarini
burg‘ulashda ishlatiladi.
Ulьtratovush uslubi bilan burg‘ulash konjinsiga yuqorichastotali
ulьtratovush tebranishi bilan suyuqlikni kavitatsiya effektini konjinsiga
birgalikda ta’siri hisobiga amalga oshiriladi.
Gidravlik uslub bilan burg‘ulash juda ingichka (diametri 0,8—1 mm)
suv oqimini zaboyga katta bosim (2000 kg/m2 gacha) va tovushdan tez tezlik
bilan yo‘naltirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu usulni yumshoq (
f
3
4)
konjinslarida ko‘llash mumkin.
Elektrogidravlik uslub bilan burg‘ulash skvajina zaboyiga to‘ldirilgan
suvda elektr zanjiri kontaktlariga yuqori kuchlanish yuborib elektrodlar
oralig‘ida qisqa tutashish hosil qilib, shu oraliqda katta bosimli (6000
15000
kgk/sm2) gaz kanali hosil qilish, shu bosim hisobiga konjinsini buzishdan
iboratdir.
Ulьtratovush, elektrogidravlik, gidravlik usullari bilan burg‘ulash
hozirgi vaqtda nazariy, eksperimental tadqiqot stadiyasida bo‘lib, sanoatda
hozircha qo‘llanilmaydi.
Portlatib burg‘ulash suyuq yoki qattiq portlovchi modda patronlari
yordamida amalga oshiriladi. Bu usulda skvajinani yuvib chiqaruvchi
suyuqlikka truba orqali suyuqlik yoki qattiq portlovchi modda patronlari
ma’lum chastota orqali yuborilib turiladi. Bu patronlar zaboy devorlariga tegib
urilishi hisobiga portlaydi va konjipsini buzilishga olib keladi.
YOki maxsus trubalar orqali skvajina zaboyiga portlovchi moddaning
suyuq komponentlari tushiriladi, undan keyin shu komponentlarga ularni
portlatuvchi kaliy va natriy tushirib komponent portlatiladi. Bu uslub hozir
sinash stadiyasida.
Termomexanik uslubi bilan burg‘ulash, aralash burg‘ulash uslubi bo‘lib,
bunda, skvajina zaboy yuzasida unga yuqori temperaturali gaz oqimi yuborilib
oldindan kuchlanish hosil qilinadi, shuni hisobiga unga mexanik uslub bilan
ta’sir etilsa konjinsi oson buzilib samarali burg‘ulash jarayoni sodir bo‘ladi.
Hozir burg‘ulash jarayonida sinashdan o‘tayotgan bu uslub
unumdorlikni faqat mexanik (sharoshka) uslubi bilan burg‘ulashga nisbatan
30—50 % oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |