Burg‘ilash usullari ma’ruza rejasi


Burg‘ulash stanoklarining asosiy ko‘rsatgichlari



Yüklə 58,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü58,22 Kb.
#203856
1   2   3
5-mavzu — копия (3)

Burg‘ulash stanoklarining asosiy ko‘rsatgichlari
– burg‘ulanayotgan 
skvajinaning diametri, chuqurligi va qiyalik burchagi hisoblanadi.
Burg‘ulash stanoklari turini standart skvajina diametrlari belgilab beradi. 
Konchilik ishlab chiqarishida standart 100, 125, 160, 200, 250, 320 va 400 mm 
diametrli skvajinalardan foydalaniladi. Ushbu diametrdagi skvajinalarni 
burg‘ilash uchun GOST bo‘yicha quyidagi stanoklar ishlab chiqarilgan. 
SBSH – sharoshkali dolotali aylantirib burg‘ilovchi stanok. 
Maydalangan kon jinslari havo yordamida chiqaziladi. SBSH stanoklarining 
beshta modeli ishlab chiqarilgan bo‘lib nominal diametri 160 mm dan 400 mm 
gacha skvajinalarni burg‘ilashga mo‘ljallangan. Ishlatilish ko‘lami – kon 
jinsinnig qattiqligi f = 6-18. 
Hozirgi vaqtda aylantirish bilan burg‘ilovchi stanoklarning SBSH-200, 
SBSH-250, SBSH-320 va SBSH-400 (Rossiya) kabi turlari keng ko‘lamda 
ishlatilmoqda. SBSH-200 stanogining 4 ta modeli 215 va 244 mm diametrdagi 
skvajinalarni burg‘ilash uchun ishlatilmoqda. Bu stanoklar 2SBSH-200-32, 
2SBSH-200-40; 4SBSH-200-40 va 3SBSH-200-50 (oxirgi sonlar stanokning 
burg‘ilash chuqurligi (metrda) ni ifodalaydi). SBSH-250 stanogining ikkita turi 
mavjud: SBSH-250 MNA-32 va SBSH-250-55, Burg‘ilaydigan skvajinalari 
diametri 244 va 269 mm. Diametri 320 mm va chuqurligi 36 m gacha bo‘lgan 
veritkal skvajinalarni burg‘ilash uchun SBSH-320 stanoklari xizmat qiladi. 
Ko‘pchilik stanoklar burg‘ilash stavini skvajina zaboyiga 300 kN, 2SBSH-200-
32 stanogi – 250 kN gacha, SBSH-250-55 stanogi – 350 gacha va SBSH-320 
stanogi – 600 kN gacha kuch bilan uzatishni ta’minlaydi. 


Barcha stanoklarda skvajinani tozalash uchun vintli kompressorlar bilan 
ta’minlangan va gusenitsali yurish organiga ega. Stanoklarning massasi 50 t 
dan 110 t gachani tashkil etadi. 
SHaroshkali burg‘ilash stanoklarining prinsipial tuzilishini SBSH-
250MNA-32 (13-rasm) misolida ko‘rib chiqamiz. 
Stanok mashina bo‘limi 5, gusenitsali yurish organi 8, kabel barabani 7, 
machta 3 va uni qotirish uchun tayanchlar 2 dan tashkil topgan.ishchi 
organining barcha uzellari machtaga joylashtirilgan. Ulardan asosiylari: 
aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm, shtangalar kassetasi va shtangalarni 
qotiruvchi-echuvchi mexanizm. 
Stanokni ko‘chirishda machtani tushirish uchun ikkita gidrodomkrat 4, 
stanokni ishlatishda machtani ko‘tarish uchun uchta 6 gidrodomkrat xizmat 
qiladi. Stanokning chap tomonida mashinist kabinasi 1 joylashtirilgan. Mashina 
bo‘limida moy stansiyasi, skvajinalarga suv beruvchi nasos va siqilgan havo 
beruvchi vintli kompressor joylashgan. 
Stanokning afzalliklari: stanokning tristorli yuritmali aylantirgichi, 
kompressor unumdorligini avtomatik moslashtirish tizimi, burg‘ilash 
shtangalarini echish va qotirish mexanizmlari yordamida burg‘ilash stavini 
ishlatishni qo‘l mehnatisiz mashinist kabinasida bajarish imkonini beradi. 
Quyidagi 
etakchi 
xorijiy 
firmalarda 
sharoshkali 
burg‘ilash 
stanoklarining 80 ga yaqin modellari ishlab chiqariladi: «Djoy», «Marion», 
«Byusayrus Iri», «Ingersol Rend» (AQSH), «Sandvik» (Finlandiya), «Atlas 
kopko» (SHvetsiya) va boshqalar. 
SBU stanoklari pnevmozarbbergich bilan jihozlangan bo‘lib zarbli-
aylanma usulda burg‘ilaydi. Bu stanoklarda maydalangan kon jinslari 
skvajinadan havo yordamida chiqariladi. Ushbu stanoklarning to‘rtta turi 
mavjud bo‘lib 100 mm dan 200 mm gacha diametrli skvajinalarni qattiqligi f = 
8-20 bo‘lgan kon jinslaridan burg‘ilaydi. 
Zarbli-aylantirish bilan burg‘ilovchi SBU-100-35 stanogi. SBU-100-35 
stanogining (1-rasm) uchta modeli quyidagi indekslar bilan ishlab chiqarilgan: 

Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin