Burg‘ilash usullari ma’ruza rejasi



Yüklə 58,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü58,22 Kb.
#203856
1   2   3
5-mavzu — копия (3)

G
— gusenitsali, 

— pnevmog‘ildirakli o‘ziyurar va
N
— salazkaga 
o‘rnatilgan o‘ziyurmaydigan. 
SBU-100-35 stanogi modellarining bir-birlaridan farqlari asosan 
transport bazalari va chang bostirish tizimidadir. SBU-100N-35 stanogida suv-
havo aralashmasi yordamida, SBU-100G-35 va SBU-100P-35 stanoklarida 
esa engli filьtr bilan quruq havo yordamida amalga oshiriladi. 
SBU-100-35 stanoklarining barcha modellarida ishchi organ 
konstruksiyasi unifikatsiyalashgan (bir xillashtirilgan) bo‘lib, aylantirgich, 
uzatishssilindri, yo‘naltiruvchi (machta) va burg‘ilash snaryadidan tashkil 
topgan. Stanok ishchi organi qiya burg‘ilash uchun ramaga sharnirli 
biriktirilgan. Stanokni siqilgan havo bilan ta’minlash uchun ko‘chma 
kompressor stansiyasi yoki kar’er siqilgan havo tizimidan foydalaniladi. 
Siqilgan havo kompressorga A2-20 turidani avtomaslenka orqali beriladi. 
Burg‘ilash shtangalari ramada joylashgan stellajga qo‘l kuchi yordamida 
taxlanadi. Stellajning sig‘imi 40 dona shtanga. 


Ko‘tarish va tushirish jarayonlari 160 mm diametrli turg‘un 
o‘rnatilganssilindr 1 ga ega bo‘lgan pnevmoporshenli uzatish mexanizmi 
yordamida bajariladi. (1-rasm). 
Porshen shtok 2 bilan birga 1050 mm yurish o‘lchamida pastga 6 kN 
va yuqoriga 9 kN kuch bilan suriladi. Aylantirgich porshen shtoki 2 bilan 
bog‘langan bo‘lib, truba shakldagi yo‘naltirgich bo‘ylab siljitiladi. 
Aylantirgich asinxron elektrodvigatel M1 va ikki pog‘onali planetar 
reduktor (2K-N sxemasi bo‘yicha) va shpindeldan tashkil topgan. 
Aylantirgich shpindeliga pnevmozarbbergich bilan birga shtanga ulanadi. 
1-rasm.
SBU stanogining kinematik sxemasi: 1-uzatish pnevmotsilindri, 2- 
porshen shtoki, 3-aylantirgich, 4-burg‘ilash snaryadi, 5-gusenitsali yurish 
uskunasi, 6-machtani ko‘taruvchi gidrotsilindr, 7-domkrat, 8-gusenitsa, 9-
maslostansiya, 10-bort reduktori, 11-ventilyator, 2-chang bostirish qurilmasi 
SBU-100G-35 stanogining baza modeli qattiqligi f=6-16 bo‘lgan kon 
jinslaridan diametri 100-125 mm va chuqurligi 35 m gacha bo‘lgan 
vertikal va qiya skvajinalarni burg‘ilaydi.stanokning f=12 qattiqlikdagi 
kon massividagi unumdorligi 36m/smena gacha ni tashkil etadi. 
Stanokda K-105K va K-125K koronkalari hamda P-105K va P-
125Kpnevmoudarniklari ishlatiladi. 
Stanokning yurish uskunalari ikkita gusenitsali telejkadan tashkil 
topgan. Har bir gusenitsa quvvati 5,5 kVt li elektr yuritma bilan 
ta’minlangan. Stanok tashqaridan pulьt yordamida boshqariladi. 
SBU-100P-35 stanogi SBU-100G-35 stanogining modifikatsiyasi 
hisoblanadi. Uning yurish qismi – payvand orqali qurilgan rama, ikkita bort va 
pnevmoshinali to‘rtta etaklovchi g‘ildirakdan tashkil topgan. Har bir bortning 
yuritmasi chervyakli reduktor va tishli uzatmalardan tashkil topgan. 


SBU-100N-35 – o‘ziharakatlanmaydigan stanok. Stanok machtasi qo‘l 
lebedkasi yordamida ko‘tariladi va metall palьets yordamida tutib turiladi. 
Stanokning 
burg‘ilash jarayonidagi muvozanatini ta’minlash uchun 
salazkalariga yuk taxlanadi. Stanok masofali pulьt yordamida boshqariladi. 
SBR – keskich koronkali aylantirib burg‘ilovchi stanok. Maydalangan 
kon jinslari shnek yordamida chiqaziladi. Ikkita modeli ishlab chiqazilgan 
bo‘lib 123 va 160 mm li skavajinalarni qattiqligi f ≤2-6 bo‘lgan kon jinslaridan 
o‘tadi. 
SBT – reaktiv gorelkali termik burg‘ilash stanoklari. Maydalangan kon jinslari 
par va gaz yordamida chiqaziladi. Bitta modeli ishlab chiqazilgan bo‘lib shartli 
180 va 250 mm li skavajinalarni qattiqligi f ≥14 bo‘lgan kon jinslaridan 16 m 
gacha chuqurlikkacha burg‘ilashga mo‘ljallangan 

Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin