5.
Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish, saqlash, hisobdan
chiqarish
Rasmiy davlat hujjatlari, davlat gerbli guvohnomalari, shaxsini
tasdiqlovchi hujjatlar, harbiy hisobga olish hujjatlari, ma’lumot
to’g’risidagi hujjatlar, huquq beruvchi yoki majburiyatlardan ozod
qiluvchi hujjatlar va belgilangan tartibda numerator bilan, bosmaxona
usulida raqamlangan birlamchi buxgalteriya hujjatlari shaklidagi blanklar
qat’iy hisobdagi blanklar deyiladi.
Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish, saqlash, hisobdan
chiqarish va yo’q qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan
“Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni
tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risidagi
nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi
31
.
Qat’iy hisobdagi blanklarni olish, saqlash, berish va ishlatish
yuklatilgan korxonaning mas’ul shaxslari korxona rahbarining buyrug’i
bilan tayinlanadi hamda Mehnat kodeksining 203-moddasida belgilangan
hollarda va tartibda yakka tartibdagi to’liq moddiy javobgarlik
to’g’risidagi yozma shartnoma tuzadilar. Agar mas’ul shaxs vaqtincha
yo’q bo’lsa yoki boshqa ishga o’tib ketayotgan bo’lsa, qat’iy hisobdagi
blanklar mas’ul shaxs va ushbu vazifani bajarish yuklatilayotgan shaxs
tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan
rasmiylashtiriladi..
Qat’iy hisobdagi blanklarni yetkazib beruvchidan qabul qilish
korxonaning mas’ul shaxsi tomonidan blankalar miqdorining ilova
hujjatlarda ko’rsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshirib va shu to’g’rida
dalolatnoma tuzib qabo’l qilib olinadi.
Matbaa korxonasidan sotib olingan (buyurtma qilingan) qat’iy
hisobdagi blanklarda kamomad yoki nuqsonlar, himoya setkasining,
bosma matnning yo’qligi yoki zararlanganligi, takrorlangan raqamlar
yoki boshqa seriya yoki raqamga ega bo’lgan blanklarning mavjudligi,
31
O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 2000 yil, 7-son, 42-modda (mazkur NizomgaO’zR
VM 28.08.2002 y. 305-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan).
170
xiralashgan harfli, noto’g’ri kesilgan va noto’g’ri formatli blanklarning
mavjudligi, blanklarda seriya va raqamlarning yo’qligi yoki matbaa
korxonasi paketlaridagi nakleykalarning boshqa nomuvofiqliklari holati
aniqlanganda, uch nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning
birinchi nusxasi ilova nuqsonli blanklar bilan birga matbaa korxonasiga
jo’natiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nuqsonli blanklar kseronusxasi
bilan birga korxonada qoladi. SHikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda bildiriladi.
Qat’iy hisobdagi blanklar seyflarda, yonmaydigan javonlarda yoki
korxonaning maxsus jihozlangan xonalarida saqlanadi. Qat’iy hisobdagi
blanklarni ko’p miqdorda qabul qiluvchi korxonalarda ularni buzilish
yoki o’g’irlanishini istisno etuvchi maxsus jihozlangan omborxonalarda
saqlanadi. Korxonada mavjud qat’iy hisobdagi blanklarning butligini
ta’minlash maqsadida ish paytidan tashqari vaqtda korxonaning qat’iy
hisobdagi blanklarini saqlash joylari, seyf, yonmaydigan javon va maxsus
jihozlangan xonalar, omborxonalar muhrlanadi yoki plombalanadi.
Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blanklarning hisobini ularning nomi,
seriyasi va raqami bo’yicha raqamlangan va tikilgan “Qat’iy hisobdagi
blanklarni hisobga olish jurnali”da yuritadi. Jurnalning so’nggi varag’ida
korxona rahbari yoki u qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan
shaxslar imzosi bilan “Mazkur jurnalda... sahifa raqamlangan” deb
yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi.
“Qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish juranali” aniq, tushunarli
va qisqartirishlarsiz to’ldiriladi. Jurnalda o’chirishga yo’l qo’yilmaydi.
Yo’l qo’yilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
Qat’iy hisobdagi blanklarni topshirish, saqlash, ishlatish bilan bog’liq
mas’ul shaxslarga blanklarning butligini ta’minlovchi sharoitlar
yaratilgan bo’lishi lozim.
Qat’iy hisobdagi blanklar 1090 – “Boshqa materiallar”ni hisobga
olish schyotida ularning nomi, miqdori bo’yicha korxona “Hisob
siyosati”da nazarda tutilgan baho bo’yicha hisobga olinadi (oborot
aktivlarni ikki xil baholashdan - haqiqiy tannarxi (sotib olish narxi yoki
ishlab chiqarish narxi) yoki bozor narxi (sof sotish qiymati) - eng pasti
bo’yicha)
32
.
Hisob beruvchi shaxslarga qat’iy hisobdagi blanklarni berish
korxona rahbari yoki u tayinlagan shaxslarning topshirig’i asosida amalga
32
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risidagi Nizom
(mazkur Nizomga O’zR VM 28.08.2002 y. 305-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan).
171
oshiriladi. Hisob beruvchi shaxslar qat’iy hisobdagi blanklarni qabul
qilish va ishlatish bo’yicha hisobot berib turadi va ular tomonidan qabul
qilingan har bir qat’iy hisobdagi blankning ishlatilishi uchun javobgardir.
Hisob beruvchi shaxslarga berilgan qat’iy hisobdagi blankalar
ularning har bir nomlanish turi uchun alohida ikki nusxada yuritiladigan
“Qat’iy hisobdagi blankalarni olish - nazorat qilish varag’i”da nazorat
qilinadi. Bunda olish-nazorat qilish varaqlari ikki nusxada to’ldiriladi va
ulardan bittasi qat’iy hisobdagi blanklarni hisobga olish jurnalida imzo
chekilgan holda hisob beruvchi shaxsga, ikkinchisi mas’ul shaxs
tomonidan buxgalteriyaga topshiriladi. Olish-nazorat qilish varag’ining
yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tayinlagan shaxslar imzosi,
korxona muhri qo’yiladi.
Hisob beruvchi shaxs olish-nazorat qilish varag’ini qat’iy hisobdagi
blanklarni to’g’ri ishlatish bo’yicha nazoratni amalga oshiradigan shaxsga
taqdim etadi. Avval berilgan qat’iy hisobdagi blanklarning ishlatilganligi
va blanklarning keyingi turkumini berish lozimligi to’g’risidagi
ma’lumotlar to’g’ri to’ldirilganligini tekshirib, nazorat qiluvchi shaxs
varaqning tegishli satrida imzo chekadi.
Qat’iy
hisobdagi
blanklarning
inventarlanishi
O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-
19-2075-son bilan tasdiqlangan “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish”
19-son O’zbekiston Respublikasi Buxgaltariya hisobi milliy standartida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi
33
.
Qat’iy hisobdagi blanklarda o’chirish va tuzatishlar aniqlangan
hollarda hamda qat’iy hisobdagi blanklarni to’ldirish va ishlatish bo’yicha
belgilangan tartibning boshqa buzilishlari holatida mas’ul shaxsga
nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko’riladi.
33
Qat’iy hisobdagi blanklarning yo’qotilishi va kamomadini hisobga olish Adliya vazirligida 23.07.2001 y., 1054-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan
va Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001 yil 20 iyundagi 56, 2001-38, 4/1-son
qarori bilan tasdiqlangan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish
tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
172
173
Qat’iy hisobdagi blanklar 1090 – “Boshqa materiallar”ni hisobga
olish schyotidan xarajatlarni hisobga olish schyotiga ularni hisob
beruvchi shaxslarga berishga qarab hisobdan chiqarib boriladi va 006 -
"Qat’iy hisobda turuvchi blanklar" balansdan tashqari hisobvarag’iga
kirim qilinadi.
Qat’iy hisobdagi blanklar 006 - "Qat’iy hisobda turuvchi blanklar"
nomli balansdan tashqari schyotidan, hisob beruvchi shaxslarning
ishlatilgan qat’iy hisobdagi blanklar uchun hisobot berishiga qarab
hisobdan chiqarib boriladi.
Qat’iy hisobdagi blanklarning balansdan tashqari hisobi ularning
qiymati, miqdori va nominal bo’yicha ularning umumiy hisob summasi
bo’yicha yuritiladi. Qat’iy hisobdagi blanklarning qiymati mavjud
bo’lmaganda, ular haqiqiy sotib olish qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Nuqsonli, to’ldirish paytida shikast yetkazilgan, eskirgan,
zararlangan hamda almashtirilgan qat’iy hisobdagi blanklar korxona
buxgalteriyasiga topshiriladi va shu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
Nuqsonli, to’ldirish paytida shikast yetkazilgan, eskirgan,
zararlangan hamda almashtirilgan qat’iy hisobdagi blanklarni yo’q qilish
zarurat tug’ilganda, buning uchun maxsus tayinlangan komissiya
tomonidan, yo’q qilish to’g’risidagi dalolatnoma tuzilgan holda, lekin bir
yilda ko’pi bilan bir marotaba amalga oshiriladi.
Kassa hisoboti (qaydnoma, reestr)ga ilova qilinadigan, buzilgan yoki
noto’g’ri to’ldirilgan blanklar yo’q qilinmaydi, balki ustiga chizib
qo’yiladi va ular yozilgan kunning o’zida kassa hisoboti (qaydnoma,
reestr)ga ilova qilinadi.
Qat’iy hisobdagi blanklarni belgilangan muddat mobaynida saqlash
bo’yicha javobgarlik korxona rahbariga yoki u qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda tayinlagan shaxslarga yuklanadi.
Dostları ilə paylaş: |