I. Булим. Бухгалтерия хисоби


Buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha me’yoriy huquqiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha me’yoriy huquqiy 
asoslar
O‘zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 
qonun ishlab chiqildi va qonun talablari doirasida buxgalteriya hisobi 
sohasidagi me’yoriy hujjatlar xalqaro andozalarda ko‘rsatilgan talablarga 
muvofiqlashtiriladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” 
Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy 
Andozalari, hamda buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya 
hisobotlarini tuzish chog‘ida foydalaniladigan uslubiy ko‘rsatmalar va 
boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va bosqichma bosqich tadbiq 
etildi. Natijada buxgalteriya hisobining tashkil etishning huquqiy 
me’yorlari asosi yaratildi. 
1.
Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish bo’yicha Qoidalar 
2.
O’zbekiston respublikasida mulkchilik to’g’risida Qonuni 
3.
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni 
tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risida 
Nizom 
4.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat 
qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni 
5.
Muhrlar va shtamplarni tayyorlash, saqlash va ulardan foydalanish 
tartibi to’g’risida Nizom 
6.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi 
Nizom
7.
O’zbekiston respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida 
Nizom
8.
1 yanvarь holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni 
o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom 


244 
9.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlanganmol-mulk kamomadi va 
ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi 
to’g’risidagi Nizom 
10.
Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida 
Nizom 
11.
Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi 
Nizom 
12.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida 
O’zbekiston Respublikasining Qonuni 
13.
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga 
oshirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy Banki Boshqaruvining Qarori. 
Buxgalteriya hisobidagi huquqiy boshqarish huquq me’yorlarini, 
huquqiy munosabatlarni, huquqiy javobgarlik va boshqa tarkibiy 
elementlarni o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda 
huquqiy subyektlar (korxonalar) bu elementlarga o‘z munosabatlarini 
bildiradilar. Agar ularning munosabati ijobiy bo‘lsa huquqiy hujjatlarda 
belgilangan to‘g‘ri xatti – harakatlar, agar ularning munosabati salbiy 
bo‘lsa noto‘g‘ri xatti - harakatlari yuzaga keladi. Ya’ni buxgalteriya 
hisobi va hisobotida huquqbuzarliklarni bo‘lishiga yo‘l ochadi.
O‘zbekiston Respublikasida “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 
qonun buxgalteriya hisobini tashkil qilish uchun asosiy huquqiy baza 
bo‘lib xizmat qiladi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislarini, 
shuningdek, korxona rahbarlariniing buxgalteriya hisobini tashkil 
etishdagi asosiy vazifalari, maqsadlari, huquqlari va burchlari ko‘rsatib 
berilgan. 
Bu qonun, korxona rahbarlari, buxgalterlari va boshqa mansabdor 
shaxslari uchun buxgalteriya hisobini tashkil qilishni va hisobotlar 
tuzishni asosiy tamoyillarini belgilab berdi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning xalqaro amaliyoti, 
buxgalteriya hisobini me’yorlar yordamida boshqarishning quyidagi 
tizimlarini nazarda tutadi: 
Birinchi daraja–davlat miqyosidagi qonun hujjatlari; 
Ikkinchi daraja-auchyotni tashkil qilishning asosiy qoidalari; 
Mazkur darajada buxgalteriya hisobi tushunchalari va qoidalari shunday 
belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq shaxslar 
tomonidan bir xilda talqin etilsin. 


245 
Uchinchi daraja turli idoralar tomonidan tarmoqlar xususiyatidan 
kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha ishlab 
chiqilgan xilma - xil uslubiy ko‘rsatmalar hamda tavsiyalar. 
To‘rtinchi daraja korxona xususiyatidan kelib chiqib hisob 
siyosatini belgilash va hujjatlar oborotini yuritish uchun korxonada 
chiqarilgan ish hujjatlari. 
Buxgalteriya hisobini boshqarish ana shu to‘rt darajali tizim 
doirasida bo‘lishi kerak. Respublikamizda qabul qilingan “Buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risida” gi qonunni birinchi darajaga kiritish mumkin. Ikkinchi 
darajaga buxgalteriya hisobining tasdiqlangan va harakatdagi milliy 
andozalari kiradi. Uchinchi darajaga respublika Moliya vazirligi 
tasdiqlangan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Nizom, “Mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” Nizom hamda 
buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish 
chog‘ida foydalaniladigan uslubiy ko‘rsatmalar va boshqa hujjatlarni 
kiritish mumkin. To‘rtinchi darajaga hisobot yilining boshida har bir 
korxona 
o‘zi 
uchun tuzadigan va uning rahbari tomonidan 
tasdiqlanadigan hisob siyosati kiradi. Shunday qilib, respublikada faoliyat 
ko‘rsatayotgan xo‘jalik subyektlarida qo’llanilayotgan buxgalteriya 
hisobi bosqichma-bosqich buxgalteriya hisobining halqaro tizimiga 
yaqinlashtirilmoqda. 
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik subyektlari bilan birgalikda katta 
rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi ishlab 
chiqarish jarayonlarining murakkablashishiga va ularni boshqarish uchun 
kerak bo‘lgan iqtisodiy axborotlarni tezlikda olish zaruriyatini 
tug‘ilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida, buxgalteriya hisobini, uning 
ilg‘or usullarini va zamonaviy hisoblash texnikasini qo‘llash yo‘li bilan 
takomillashtirishni taqozo qiladi.
Buxgalteriya hisobini takomillashtirish birinchi navbatda uning 
tezkorlik(operativnost) darajasini oshirishga qaratilishi lozim.Hozirgi 
kunda buxgalteriya hisobining tezkorlik darajasi unchalik yuqori emas. 
Korxona 
moliya-xo‘jalik 
faoliyatlari 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar 
buxgalteriya hisobot davri tamom bo‘lgandan keyingina olinadi. Ularni 
tegishli idoralarga tezlikda yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun bunday 
ma’lumotlardan faqat keyingi davrlar foydalanish mumkin. Shuning 
uchun ham buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining tezkorligini ta’minlash 
hozirgi davr menejmentining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 


246 
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi keyingi yillarda tegishli 
idoralar bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobida ilg‘or usullarni qo‘llash, 
xalqaro andozalar zaminida milliy andozalarni ishlab chiqish va joriy 
qilish, persanal kompyuter texnikasini qo‘llash asosida buxgalteriya 
uchyotini takomillashtirish masalalarida bir qancha ishlarni amalga 
oshiradi.
Hozirgi kunda moliyaviy buxgalteriya uchyotini tashkillash 
bo‘yicha 24 ta milliy andoza ishlab chiqilgan. Ular quyidagilar: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin