I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 ISHLAB CHIQARISH XUSUSIYATIGA EGA BO‘LGAN



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/201
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#204181
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

1.2. ISHLAB CHIQARISH XUSUSIYATIGA EGA BO‘LGAN
MEHNATGA HAQ TO‘LASH XARAJATLARI 
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash 
xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi: 
1.2.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq 
to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif 
stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda 
bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan 
hisoblangan ish haqi, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektni 
mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi 
tusdagi to‘lovlar. (O‘zR Prezidentining 27.12.2005 y. PQ-244-son Qarori 
tahriridagi band) 
1.2.2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va 
okladlarga ustamalar. 
1.2.3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan 
kompensatsiya tusidagi to‘lovlar, shu jumladan: 
1.2.3.1. Texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, 
ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarda 
ishlanganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha 
haq; 
1.2.3.2. Ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib 
olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun 
ustamalar; 


308 
1.2.3.3. Hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati 
bo‘yicha og‘ir, zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida 
ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz 
ish staji uchun ustamalar; 
1.2.3.4. Aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar 
xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega 
bo‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi subyekt 
joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan 
paytgacha to‘lanadigan yo‘lda o‘tgan har bir sutka uchun to‘lanadigan 
ustamalar; 
1.2.3.5. 
Qurilishda, 
rekonstruksiya 
qilishda 
va 
mukammal 
ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar 
uchun ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama; 
1.2.3.6. Doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga 
ularning shaxtada (konda) ish joyiga jo‘nab ketishlaridan va orqaga 
qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq; 
1.2.3.7. Mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga 
solinishiga, shu jumladan, rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik 
uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to‘lovlar; 
1.2.3.8. Xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig‘ilish 
punktidan) ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan kunlar uchun 
vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning 
meteorologiya sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan 
yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida 
to‘lanadigan summalar (vaxta usulida ishni bajarishda). 
1.2.4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib 
hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda 
xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq 
ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish (ortiqcha ishlangan 
ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq to‘lash. 
1.2.5. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash: 
1.2.5.1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) 
va qo‘shimcha ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va 
qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli 
soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanaffuslar, 


309 
shuningdek, tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq 
to‘lash. 
1.2.5.2. Majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini 
qisman saqlab qolgan holda, haq to‘lash. 
1.2.5.3. Donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun 
va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari 
uchun haq to‘lash. 
1.2.5.4. Davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, 
favqulodda vaziyatlar bo‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi 
to‘lash. 
1.2.6. Xo‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar 
mehnatiga 
ular 
tomonidan 
fuqarolik-huquqiy 
tusdagi 
tuzilgan 
shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar 
bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo‘jalik yurituvchi 
subyektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu 
jumlaga kiradi. 
1.2.7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash fondiga kiritiladigan 
to‘lovlarning boshqa turlari. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin