Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi


Moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#204346
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
masuliyati cheklangan jamiyatlarda hisoblashuv muomalalari hisobi

Moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi.
Korxona tomonidan olinadigan foydaning tarki-bini aniqlash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Chunki qaysi faoliyat turidan korxona foyda olayotganligi va qaysi faoliyat 
turidan zarar ko‘rayotganligini bilish korxonaning moliyaviy-iqgisodiy barqarorligiga ham 
o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. 
Foydaning quyidagi turlari bor: 
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda; 
Asosiy faoliyatidan olingan boshqa foyda (Operatsion foyda); 
Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda; 
Favqulodda olingan foyda; 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi 
ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi
♦ mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan 
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o‘rtasidagi tavofut sifatida aniqlanadi: 
YAF= S S T -IT
bunda, YAF - yalpi foyda; SST - sotishdan olingan sof tushum; IT - sotilgan 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; 
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan 
davr 
xarajatlari 
o‘rtasidagi 
tafovut 
va 
plyus 
asosiy 
faoliyatdan 
ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: 
AFF = YAF-DX+BD-BZ, bunda, AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DX -davr xarajatlari; BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ - asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar; 
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan 
foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida 
hisoblab chiqiladi: 
UF = AFF+MD-MX, 
bunda, UF - umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; MD - moliyaviy faoliyatdan 
olingan daromadlar; MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari; 
- soliq to‘lagungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda 
plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlarda ko‘rilgan foyda va minus favqulodda 
zarar sifatida aniqlanadi: 
STF = UF+FP-FZ, 


16 
bunda, STF - soliq to‘lagungacha olingan foyda; FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; 
- yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida 
qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar 
olingan foydani ifodalaydi: 
S F = S TF -DS -BS , 
bo‘nda, SF - sof foyda; DS - daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; BS - boshqa soliqdar 
va to‘lovlar. 
Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamgarishga yo‘naltirilishi, joriy 
davr foydasining soliqpar to‘lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga hamda 
kapital egalari o‘rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi. 
Foyda quyidagicha taqsimlanadi: 
-soliq qonunchiligiga muvofiq davlat byudjetiga soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarga; 
-ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga; 
-aksiya va kapital egalariga dividendlar to‘lashga. 
Korxona o‘zining hisob foydasidan, avvalo, davlat oldida hisob beradi va o‘zining 
ixtiyorida hamda tasarrufida bo‘lgan foyda summasini aniqlaydi. Foydadan olingan soliqlar 
qat’iy stavkalarda va foizlarda undiriladi. Hisob foydasining qolgan qismi korxona sof foydasi 
sifatida uning erkin belgiloviga (aksionerlar umumiy yig‘ilishining qarori va ichki nizomiga) 
muvofiq taqsimlanadi. 
Sof foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga oid sarflar 
aksionerlarning umumiy yig‘ilishida hisob berish hamda ularning roziligini olish asosida 
belgilanadi. 
Sof foydaning qolgan qismi chiqarilgan aksiyalarning turiga qarab va ularning imtiyozli 
shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli aksiya egala-riga oldindan kafolatlangan 
foizlarda to‘lovlar hisobga olinadi, so‘ngra oddiy aksiya egalariga dividend foizlari va 
summalari e’lon qilinadi. Foydaning taqsimlanmagan qismi korxona uchun taqsimlan-magan 
foyda sifatida, agar korxona nochor ahvolda bo‘lsa, qoplanmagan zarar sifatida keyingi 
hisobot yiliga o‘tkaziladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin