Ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix07.01.2024
ölçüsü0,53 Mb.
#204346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
masuliyati cheklangan jamiyatlarda hisoblashuv muomalalari hisobi

("Xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida "gi Qonun 16-modda
Tadbirkorlik faoliyatida imtiyoz deganda, davlat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishni 
rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash maksadida qonun hujjatlarida soliq bojxona to’lovlarini 
to’lashda, ular faoliyatini kreditlash, lizing xizmatlari ko’rsatish, suurtalash va boshqa yaratilgan 
imkoniyatlar tushuniladi. 
Tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan fermer xo’jaliklariga qonun hujjatlari bilan quyidagi 
imtiyozlar berilgai: 
Fermer xo’jaligi tegishli loyixada nazarda tutilgan yerni o’z hisobidan o’zlashtirayotgan 
davrda va yer o’zlashtirib bo’linganidan keyin besh yil davomida yerning mazkur o’zlashtirilgan 
qismi uchun yagona yer solig’i to’lashdan ozod kilinadi. 
("Fermer xo’jaligi to’g’risida "gi O’zbekiston 
Respublikasi Konuni 14-modda).
Fermer xo’jaligining mol-mulki konun hujjatlariga muvofik meros qilib qoldiriladi. Xo’jalikda 
faoliyatni davom etttirayotgan merosxurlar merosga bo’lgan huquq to’g’risidagi guvohnoma 
berilganligi uchun davlat boji to’lashdan ozod etiladilar. 
("Fermer xo’jaligi mo’g’rucuda "gi Qonun 
21-modda).
Fermer xo’jaligining foydasi soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan 
keyin fermer xo’jaligi boshlig’ining tasarrufiga o’tadi va unga soliq solinmaydi. 
"Fermer xo’jaligi
to’g’risida "gi Qonun 27-modda).
Kichik biznes korxonalari tomonidan uzlari tashkil etayotgan ishlab chiqarishlar uchun olib 
kiriladigan texnologik jihozlar boj undirishdan ozod qilinadi. 
("Boj tarifi to’g’risida "gi O’zbekistan 
Respublikasi Qonuni 33-modda).
Yangi tashkil etilgan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari davlat ro’yxatidan 
o’tgan paytdan boshlab ikki yil muddatga yagona yer solig’i to’lashdan ozod qilinadilar. 
(O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.10.1998 yildagi PF-2086-sonli farmoni).
2008 yil 1 iyuldan boshlab mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan soliqlar, yig’imlar, 
ajratmalar hamda boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha barcha hisob-kitoblar davlat soliq xizmati 
organlariga har oyda emas, balki har chorakda taqdim etiladi. Bunda mikrofirma va kichik 
korxonalar: 
- buxgalteriya balansidan iborat moliyaviy hisobot — 1-shaklini, moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobot — 2-shakl hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi 
ma’lumotnoma- 2-a shaklni — har yili; 


13 
- statistik hisobotni — hisobot turlariga qarab har chorakda yoki har yili taqdim etadilar. 
(Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.06.2008 yildagi "Tadbirkorlik sub’ektlari tomondan 
taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun 
javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida "gi PK,-100-son Qarori).
Tugatilayotgan shirkatlar negizida tashkil etilayotgan bog’dorchilik va uzumchilik fermer 
xo’jaliklari davlat ro’yxatidan o’tgan vaqtdan boshlab yagona yer solig’ini to’lashdan - 5 yil 
muddatga ozod etiladi. 
(O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 9 yanvardagi PF-3709-
sonli Farmoni).
O’zbekiston fermer xo’jaliklari uyushmasi a’zolariga mustaqil ravishda yoki ular tomonidan 
tashkil etiladigan tayyorlov kooperativlari orqali meva-sabzavot mahsulotlarini hamda ularni qayta 
ishlab olingan mahsulotlarni, valyuta tushumining bir qismini O’zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankiga sotmasdan, barter asosida eksport qilishga ruxsat berilgan. 
(O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 22 apreldagi 168-sonli Qarori).
- Moddiy 
ishlab 
chiqarish 
va 
xizmatlar 
ko’rsatish 
sohasining 
mikrofirmalari va kichik korxonalari, fermer xo’jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga 
ega bo’lgan dehqon xo’jaliklarining o’z ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, xom ashyo va 
moddiy resurslar importiga bojxona to’lovlarini to’lashi foiz undirilmagan holda 90 kun muddatga 
kechiktiriladi (bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig’imlar bundan mustasno); 
- fermer xo’jalik dari uchun markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi 
miqdorida imtiyozli foiz stavkasi bo’yicha 3 yilgacha bo’lgan muddatga uzaytirish huquqisiz — 
eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorigacha dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani 
shakllantirish uchun kreditlar beriladi, 
(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 
10 sentyabrdagi 366-sonli Qarori).
- Shartnoma majburiyatlari tayyorlov va xizmat ko’rsatish tashkilotlari tomonidan 
bajarilmaganligi bilan bog’lik da’volar bo’yicha qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari davlat 
boji to’lashdan ozod qilinadi. 
(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 4-
sentyabrdagi 383-sonli qarori).
-
byudjetdan tashqari jamgarmalarning kredit liniyalari hisobidan dehkon va fermer 
xo’jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo’jaligi texnikasini sotib 
olish, fermerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun 
mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi miqdorida 
imtiyozli kreditlar beriladi. 
(Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 21 fevralda 
ro’yxatga olingan 1548-sonli Nizom). 
Shuningdek, ishlab chiqarishga joriy etilgan yangi texnologik jihozlar besh yil muddatga 
mulk solig’idan ozod etiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin