17
II bob
Fermer xo’jaliklarida moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni hisobga
olishnini amaliy jihatlari
2.1.Fermer xo’jaligida moliyaviy natijalarni hisobi va hisobotining hozirgi holati va
muammolari.
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi.
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani
ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan
tushgan sof tushumlardan shu so-tilgan mahsulot tannarxini
chegirib tashlash kerak, o’z
navbatida, mahsulot sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar,
xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan tushumdan qo’shilgan qiymat soligi, aktsiz soligi,
qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi.
Mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar eksport tariflarini ham chegirib tashlaydilar. Mahsulotni
sotishdan keladigan tushum esa O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi
to’g’risida"gi Qonuniga asosan aniqlanadi.
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan
tushgan sof tushum
bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo’lishi
mumkin. Ijobiy farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Mahsulot (ish, xshmat)larni sotishdan olingan sof tushumni hisobga olshp uchun quyidagi
hisobvaraqlar ochilgan:
9010—"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad";
9020—"Tovarlarni sotishdan olingan daromad";
9030—"Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar-dan olingan daromadlar";
9040—"Sotilgan tovarlarning qaytarilishi";
9050—"Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar".
Yuqoridagi hisobvaraqlarda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan sof tushumi sifatida
quyidagilar aks ettiriladi:
♦ sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlar korxonalarining ishlab chiqargan
tayyor mahsuloti va yarim tayyor mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar;
-sanoat tusidagi ish va xizmatlar;
-sanoat xarakteriga ega bo’lmagan ish va xizmatlar;
18
♦ sotib olingan buyumlar;
♦ qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geolog-razvedka, ilmiy-tadqiqot
ishlarini sotishdan
olingan daromadlar;
♦ savdo va ta’minot tashkilotlarining tovarlarni sotishdan olingan daromadlari;
♦transport korxonalarining yo’lovchi va yuklarni tashishi bo’yicha xizmatlari;
♦engil avtomobillarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib borish xizmatlari;
♦ aloqa korxonalarining xizmatlari va boshqalar.
9010—"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar",
9020—"Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar", 9030—"Bajarilgan ish va ko’rsatilgan
xizmatlardan olingan daromadlar" hisobvaraqlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyatidan
(mahsulot sotish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish) olingan daromadlar aks ettiriladi va 4010—
"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar", 4110—"Alohida balansga ajratilgan
bo’linmalardan olinadigan schyotlar" hamda pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobva-
raqlarning debeti bilan o’zaro korrespondentsiyada bo’ladi. Oldingi davrda olingan, ammo
hisobot yiliga tegishli bo’lgan daromadlar (bo’nak) summasiga pul mab-laglarini hisobga oluvchi
hisobvaraqlar
debetlanib, 6210—"Muddati uzaytirilgan daromad" yoki 6310—"Xaridor va
buyurtmachilardan olingan bo’naklar" hisobvaraqlari kreditlanadi.
9040—"Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" va 9050—"Xaridor va buyurtmachilarga
berilgan chsgirma-lar" hisobvaraqlari kontrpassiv hisobvaraq bo’lib, 9010, 9020, 9030-
hisobvaraqlar summasini korrektirovka qilib turadi. 9040-hisobvaraqning debet oboroti
mahsulot sotishdan tushgan tushum summasidan chiqarib tashlanadi.
Sotilgan mahsulotning qaytarib olinishiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9040—"Sotilgan mahsulotning qaytarilishi";
K-t Pul mablag’lari hisobvaraqlari.
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga qizil storno yozuvi orqali
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9110, 9120, 9130-hisobvaraqlar;
K-t 2810, 2910, 2920-hisobvaraqlar.
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo’yicha hisoblangan QQS summasiga
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410—"Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar";
K-t 5110—"Hisob-kitob schyoti".
Hisobot davri oxirida 9040-hisobvaraqning debet saldosi
yakuniy moliyaviy natijaga
o’tkaziladi:
D-t 9900—"Yakuniy moliyaviy natija";
K-t 9040—"Sotilgan tovarlarning qaytarilishi".
9050—"Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar" hisobvarag’ida tayyor mahsulot
va tovarlar qiymatidan xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar hisobga olinadi.
Xaridor va buyurtmachilarga chegirmalar berilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9050—"Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar";
K-t 4010, 4110—hisobvaraqlar.
Hisobot davri oxirida 9050—hisobvaraqning debet saldosi yakuniy moliyaviy natijaga
o’tkaziladi:
D-t 9900—"Yakuniy moliyaviy natija";
K-t 9050—"Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar".
Sotilgan
tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi
to’g’risidagi axborotlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
19
9110—"Sotilgan mahsulot tannarxi";
9120—"Sotilgan tovarlar tannarxi";
9130—"Sotilgan ish va xizmatlar tannarxi";
9140—"Davriy hisobda TMZlarni xarid qilish va sotish";
9150—"Davriy hisobda TMZlar bahosiga tuzatishlar".
Ushbu hisobvaraqlarning debeti ko’payishni, krediti kamayishni ko’rsatadi. 9110, 9120,
9130-hisobvaraqlar tranzit bo’lib, hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi
9110, 9120, 9130-hisobvaraqlarning debeti va 2010—"Asosiy ishlab chiqarish", 2810—
"Ombordagi tayyor mahsulot", 2910—"Ombordagi tovarlar" hisobvaraqlarining krediti bilan
o’zaro korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Oy
oxirida mahsulot, ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi
farqi tegishli hisobvaraqlarga o’tkaziladi. Bunda quyidagicha provodkalar beriladi:
D-t 2810, 2820—hisobvaraqlar — tayyor mahsulotga tegishli farq summasiga;
D-t 9110, 9130—hisobvaraqlar — sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarga tegishli farq
summasiga;
K-t 2010, 2310—hisobvaraqpar.
Agar ushbu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko’rsatsa,
yuqoridagi provodkalar
beriladi. Agarda tejalgan summani ko’rsatsa, ushbu provodkalar qizil storno yozuvi orqali reja
tannarx haqiqiy tannarxga yetkazib quyiladi.
Hisobot davri oxirida 9110, 9120, 9130-hisobvaraqlarning debet oborotlaridagi summalar
yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi:
D-t 9900—"Yakuniy moliyaviy natija";
K-t 9110, 9120, 9130-hisobvaraqlar.
Demak, 9900—"Yakuniy moliyaviy natija" hisobvarag’ining debetida sotilgan mahsulot, ish va
xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan
sof tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo’yicha 9900-hisobvaraqning debet va kredit
oborotlarining farqi orqali mahsulot, ish, xizmatlarni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)
aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: