Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisobi. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:
♦O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari
darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar
bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar.
♦Mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlar.
♦Chet el valyutasi bilan muomalalar bo’yicha salbiy kurs tafovutlaridan zararlar.
♦Sarflangan (qimmatli qogozlarga, sho’’ba korxonalarga va hokazolarga) mablag’larni
qayta baholashdan kurilgan zararlar.
♦O’z qimmatli qogozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar.
♦ Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobda aks ettirish uchun quyidagi
hisobvaraqlar ochilgan:
9610—"Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar";
9620—"Kurs farqlaridan zararlar";
9630—"Qimmatli qogozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar";
9690—"Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar".
Ushbu hisobvaraqlar tranzit bo’lib, aktiv hisobvaraq xarakteriga ega. Ularning debet
oborotlari sodir bo’lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oboroti esa ularning hisobdan
chiqarilishini ko’rsatadi.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar hisobi "Aso-siy xo’jalik faoliyatidan olinadigan
daromadlar" nomli 2-son BHMA, "Lizing hisobi" nomli 6-son BHMA, "Moliyaviy
investitsiyalar hisobi" nomli 12-son BHMAlar bilan tartibga solinadi.
9600—"Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar" hisobvarag’i bo’yncha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi №
Xo’jalik muomalalarining mazmuni Hisobvaraqlar
korrespondentsiyasi
debet
kredit
1. Kredit va qarzlar bo’yicha foizlarning hisoblanishi
9610
6920
2. Moliyaviy lizing shartnomasi asosida olingan asosiy vositalar
bo’yicha foizlarning hisoblanishi
9620
6920
3. Hisobot davri oxirida