31
Rentabellik
fermer
xo’jaligining moliyaviy faoliyatining asosiy iqtisodiy
ko’rsatkichlaridan biridir. Rentabellik ishlab chiqarishdagi barcha o’zgarishlarni (texnika bilan
qancha qurollanganligi, tarmoqlarning ixtisoslashtirilganligi,
dehqonchilik ekinlarining
hosildorligi, chorva mollirining mahsuldorligi, ularning tannarxi, asasiy va muomila fondlaridan
foydalanish va boshqa sifat ko’rsatkichlarni ) aks ettiradi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarining rentabellik darajasini tahlil qilish, ishlab chiqarishning Qishloq
xo’jaligi korxonasining moliyaviy faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan biridir
moliyaviy natijalari yaxshilashda muhim axamiyatga ega. Chunki rentabellik qishloq xo’jaligi
korxonalarining moliyaviy faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan biridir. Bu
ko’rsatkich qishloq xo’jaligi korxonalari iqtisodini tahlil qilish, xarid narxlarini takomillashtirish,
daromad solig’ini, va boshqa extiyojlarni hisoblab chiqish zarur.
Qishloq xo’jaligi korxonalarining rentabellik darajasi ularning iqtisodiy jixatdan mustahkam
ekanligini ko’rsatadi. Xo’jalik rentabelli bo’lsa mahsulot sotishdan kelgan pul hisobiga xarajatlar
qoplanadi hamda foyda oladi. Binabarin har bir ishlab chiqarishda rentabellik aniq hisoblanishi
va har tomonlama tahlil qilinishi zarur. Qishloq xo’jaligi korxonalarini
rentabelligini aniqlash
yalpi va sof daromad kabi darajalar bilan bog’langan. Yalpi daromad –bu olingan yalpi mahsulot
qiymatidan ishlab chiqarish xarajatlari chiqarilgandan so’ng qolgan qismidir.
Yalpi daromadning o’sishi qishloq xo’jaligi korxonalari iqtisodini mustahkamlashning eng
muhim omillaridan biridir. Yalpi daromad bilan bir qatorda sof daromadni xam tahlil qilish
kerak.
Sof daromad (foyda) ni hisoblash qishloq xo’jaligi korxonalari da ishlab chiqarishning umumiy
tarmoqlar bo’yicha rentabelligi ixtisoslashtirish, kapital mablag’lar samarodorligi, kengaytirilgan
takror ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash kabi boshqa ko’pgina
muhim masalalarni hal
qilish uchun g’oyat zarurdir. Shuningdek tarmoqlar va ayrim mahsulotlar bo’yicha sof
daromadni aniqlash qishloq xo’jaligi korxonalarida tejash rejimini amalga oshirishga yordam
beradi hamda hamda jamg’armalarni ko’paytirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
suratlarini tezlashtirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: