va ularni hisobga olishni takomillashtirish masalalari
Respublika aholisining aksariyat qishloq xo’jaligi mahsulotlarga bo’lgan ehtiyoji ham
to’liq qondirilmayapti. Ularning ayrimlarini chetdan olib kelib, sotish orqali ham bu muammo
to’liq yechilganicha yo’q. Bu asosan don, qand, shakar mahsulotlariga, katoshka va chorvachilik
mahsulotlariga, ayniqsa, go’sht va sut mahsulotlariga tegishli. Shuning uchun barcha turdagi
korxonalarda qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish eng dolzarb muammodir. U
siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu muhim muammoni hal etishning asosan
ikki yo’li mavjud:
35
Ekstensiv yo’l. Ya’ni, ekin maydonlarini, chorva hayvonlari bosh sonini ko’paytirish
hisobiga yalpi mahsulot hajmini ko’paytirish. Bu usulni adabiyotlarda, Amerika usuli, deb ham
atashadi. Lekin uning rivojlantirilishi ayrim ishlab chiqarish resurslari, jumladan, yer va suv
resurslari tabiatan cheklanganligi sababli to’liq ta’minlanmaydi.
Bu usulda qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmini ko’paytirish uchun moddiy mablag’ hamda
mehnat sarflari asosan yangi yerlarni o’zlashtirib, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi muomalasiga
kiritishga hamda chorva hayvonlari bosh sonini ko’paytirishga qaratiladi. Natijada o’simlikchilik
va chorvachilik mahsulotlarining miqdori ko’paytiriladi. Shu bilan birga bu jarayonda yangi
texnikalarni, ilg’or texnologiyalarni, zooveterinariya ishlarini ham amalga oshirish talab qilinadi.
Demak, bu usul yordamida yalpi mahsulot hajmi ko’payishi, sifati yaxshilanishi ta’minlanadi.
Intensiv yo’l. Ya’ni, foydalanilayotgan yerlarning unumdorligini oshirish, fan-texnika,
samarali texnologiyalarni joriy etish natijasida mavjud resurslardan oqilona foydalanish, ularning
unumdorligini yuksaltirish, chorvachilikda zotexnologiya, veterinariya ishlarini rivojlantirish
asosida hayvonlarning mahsuldorligini oshirish. Bu usulni adabiyotlarda, Prussiya yo’li, deb ham
ataladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining hajmini ko’paytirish, sifatini yaxshilash asosan
moddiy, mablag’ va mehnat sarflarini, fan yutuqlarini, yangi texnikalarni hamda ilg’or
texnologiyalarni, hayvonlarning nasl va zotlarini, o’simlik navlarini yaxshilashga qaratish orqali,
binobarin, qo’shimcha investitsiyalarni amalga oshirish hisobiga ta’minlanadi.
Respublikada ekstensiv yo’l bilan qishloq xo’jalik mahsulotlarini ko’paytirish
sug’oriladigan hududlarda ancha cheklangan. Lekin intensiv usuldan foydalanish imkoniyati
mavjud. Buning uchun, avvalo, butun aholida vatanparvarlik ruhi rivojlanishiga erishish, o’z
hayotimizning yuksalishini o’zimiz ta’minlashimiz kerak, degan tushuncha barchada mustahkam
shakllanishi kerak. Vatanparvarlik, albatta, iqtisodiy tadbirkorlik bilan mustahkam, real
bog’lanishi, chunonchi, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi lozim. Ularni
asosan ishlab topish zarur, yetishmagan qismini esa davlat va mahalliy byudjetlardan, qarzlar va
boshqa manbalar hisobiga qoplash mumkin. Bu mablag’larni qishloq xo’jalik mahsulotlarini
ko’paytirish, ularning sifatini ta’minlovchi quyidagi tadbirlarga sarflash maqsadga muvofiqdir:
yangi yerlarni kompleks o’zlashtirishga;
zotli, sermahsul chorva hayvonlarini yaratish, sotib olishga;
yangi bog’lar, tokzorlar, ko’p yillik daraxtzorlarni barpo etishga;
yangi irrigatsiya-melioratsiya tizimini barpo etish, mavjudlarining ishga yaroqliligini
ta’minlash maqsadida ta’mirlashga;
sermahsul o’simlik navlarini, chorva zotlarini yaratish maqsadida fan-texnikani
rivojlantirishga;
yangi texnikalarni, ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqarishga izchil joriy etishga;
ishlab
chiqarishni
kompleks
mexanizatsiyalashtirish,
kimyolashtirishni
hamda
elektrlashtirishni ta’minlashga;
mavjud asosiy vositalarning ishga yaroqliligini ta’minlashga;
o’simlikchilikning, chorvachilikning ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talabini imkoniyat
darajasida ta’minlashga;
ishchi-xizmatchilarning bilimini, malakasini yuksaltirish va moddiy hamda ma’naviy
rag’batlantirishni real, ta’sirchan usullar orqali rivojlantirishga;
ishlab chiqarishni liberallashtirish, erkinlashtirishga, islohotlarni chuqurlashtirishga;
ishlab chiqarish, davr xarajatlarini, moliyaviy xarajatlarni imkoniyat doirasida kamaytirishga;
soliqlar tizmini takomillashtirishga;
ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarining baholarini erkinlashtirish va boshqalarga.
36
Ta’kidlangan tadbirlar o’z vaqtida, sifatli amalga oshirilishi natijasida o’simlikchilik,
chorvachilik mahsulotlari miqdorining ko’payishi va qiymatining oshishi ta’minlanadi. Qishloq
xo’jalik mahsulotlari hajmining o’sishi ular ichki va tashqi talabni qondirish maqsadida ko’proq
sotilishini ta’minlaydi. Natijada o’simchilik, chorvachilik mahsulotlarining tovarlilik darajasi
oshiriladi.
Hozirgi davrda qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotishda erkin, raqobatli bozor talab
darajasida shakllanmagan. Shu sababli, jamoa, shirkat hamda fermer xo’jaliklari sotgan
mahsulotlarining haqini vaqtida ola olmayaptilar, oqibatda debitorlik qarzlari ortib bormoqda.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor talablariga javob beradigan darajaga
olib chiqish lozim. Buning uchun avvalo, qishloq xo’jalik korxonalarining o’zida marketing
masalalari bilan muntazam shug’ullanadigan guruhlar yoki bo’limlarni tashkil etish, ularni erkin
bozor ma’lumotlari bilan muntazam ta’minlash zarur.
Shuningdek, qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olish bilan shug’ullanuvchi barcha
tashkilotlarning, korxonalarning faoliyatini rivojlantirish, ularning bo’limlarini ishlab
chiqarishga yaqinlashtirish kerak. Shundagina ortiqcha xarajatlarga, nobudgarchilikka yo’l
qo’yilmaydi: qishloq xo’jalik korxonalari tez ayniydigan mahsulotlarni 70-100 km. masofadagi
zavodlarga tashib, vaqtdan yutkazmaydi, ortiqcha xarajatlar qilmaydi va mahsulot sifati
yomonlashmaydi, mahsulotlarning ko’proq, tezroq, arzonroq sotilishi ta’minlanadi.
Bundan tashqari korxonalarning o’zlari ham yetishtirgan mahsulotlarini sotish bilan
shug’ullanuvchi uyushmalar tashkil etishlari mumkin. Uyushmaga kiruvchilar uchun erkin, qulay
sharoitlar yaratilishi lozim. Bunday uyushmalar mahsulotlarni sotishda erkin raqobatli bozor
vujudga kelishida muhim o’rin tutadi.
Natijada qishloq xo’jalik korxonalari mahsulotlarining haqini kelishilgan muddatlarda
olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar, ularni xo’jaliklar ishlab chiqarishga sarflashi natijasida
yalpi va tovar mahsulotlarini ko’paytirishga erishadilar.
Intensivlashtirish o’z mohiyatiga ko’ra, qishloq xo’jaligida ma’lum chegaralarga ega.
Masalan, qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishlashda har bir texnologik jarayon uchun optimal
agrotexnika muddatlari mavjud. Yer haydash uchun yer haydovchi traktor, ekish uchun ma’lum
miqdordagi ekish agregati, hosilni o’rish uchun (donchilikda) kombaynlar bo’lishi kerak.
Har bir ekin turi uchun zarur mineral o’g’it miqdori belgilangan. Agarda me’yordan ortiq
mineral o’g’it solinadigan bo’lsa, ekining hosildorligiga salbiy ta’sir etib, uning kamayishiga
ham olib kelishi mumkin. Bu, o’z navbatida, intensivlashtirishning ma’lum darajada
cheklanganligidan dalolat beradi. Bu masalaning yechimi fan – texnika taraqqiyotidadir. Fan –
texnika taraqqiyoti deganda fanning, texnianng va texnnig barqaror rivojlanib borishi tushiniladi.
Boshqacha qilib aytganda, fan – texnika taraqqiyoti – mavjud bilimlar natijasida ularning
boyitilishi va boyitilgan bilim asosida yangi unimli texnikalar, progressiv texnologiyalarning
yaratilishidir. Oldingisiga qaraganda unimli texnika va texnalogiyalar yaratilishi natijasidagina
intensivlashtirish cheksiz rivojlantirilishi mumkin.
Fanning rivojlanishi natijasida o’simlik va chorva hayvonlarining yangidan – yangi
xususiyatlari ochilmoqda. Natijada, ushbu yangi xususiyatlar talabidan kelib chiqqan holda
texnologiyalar o’zgaradi va mahsulot ishlab chiqarish ko’payadi. Bu borada fan– texnika
taraqqiyotining ishlab chiqarishni intensivlashtirishga ta’siri cheklanmagan. Ishlab chiqarishga
qishloq xo’jaligi ekinlari yangi navlarining joriy etilishi bilan intensivlashtirish yanada
kuchayadi. Masalan, hozirda paxta va bug’doyning serhosil navlari yaratilmoqda. Bu, o’z
navbatida, qishloq xo’jaligini yangi bosqichga ko’taradi. Ishlab chiqarishni intensivlashtirish
ishlab chiqarish kontsentratsiyasinioshiradi, korxonalarda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishni
kuchaytiradi. Ixtisoslashuvning kuchayishi ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashish jarayonini
37
oshiradi, mahsulotlar birligi tannarxining nisbatan oshib ketmasligini ta’minlaydi. Bu esa, ishlab
chiqarishning iqtisodiy samarasi oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biridir.
Iqtisodiy fan intensivlashtirish ko’rsatkichlarini ikki bo’lib o’rganadi. Birinchi guruhga
intensivlashtirish
darajasini
ifodalovchi
ko’rsatgichlar kiritiladi. Bu ko’rsatgichlar
intensivlashtirishning bir tomonini ifoda etadi. Ya’ni, intensivlashtirish darajasi ma’lum ekin
turi, chorva hayvonlari uchun tanlangan texnalogiya bo’yicha mehnat va moddiy xarajatlar sarfi
oshirilishini ko’rsatadi. Bu ko’rsatgichlarda bir gektar ekin maydoniga, bir bosh chorva
hayvoniga sarflanayotgan (xarajatlaning) resurslarning miqdori ifoda etiladi. Bularga quydagilar
kiradi;
1.
Ekin maydoni birligiga to’g’ri keladigan asosiy aktivlar va aylanma mablag’larning
miqdori. Bu xo’jalikda mavjud asosiy aktivlar va aylanma mablag’larning o’rtacha yillik
qiymatini yer (ekin maydoni, haydalanadigan yerlar yoki qishloq xo’jaligi yerlari) maydoniga
bo’lish bilan aniqlanadi.
2.
Bir birlik yer maydoniga to’g’ri keladigan joriy xarajatlar miqdori.
3.
Bir birlik yer maydoniga to’g’ri keladigan jonli va buyumlashgan mehnatning umumiy
miqdori.
4.
Bir birlik yerga to’g’ri keladigan energetik quvvatlar miqdori.
5.
Har 100 gektar yerga to’g’ri keladigan chorva mollarining bosh soni.
Ana
shu
ko’rsatgichlar
tizimi
intensivlashtirishning
darajasini
ifoda
etadi.Intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi
ko’rsatgichlar uning iqtisodiy mohiyatini ochib beradi. Ishlab chiqarishni
intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi bir qancha ko’rsatgichlar yordamida aniqlanadi.
Ularga quydagilar kiradi.
1.
Hosildorlik, s/ga.
2.
Yer maydoni birligidan olinayotgan yalpi mahsulot.
3.
Bir birlik yer maydonidan olinadigan foyda miqdori.
4.
Mehnat unumdorligining oshishi.
5.
Mahsulot birligi tannarxining nisbatan pasayishi.
6.
Rentabellikning o’sishi.
7.
Fond qiymatining oshishi.
Ana shu ko’rsatkichlar tizimi yordamida intensivlashtirishining samaradorligi aniqlanadi.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishni doimiy rivojlantirish talab etiladi. Qishloq xo’jaligida
intensivlashtirish quydagi asosiy yo’nalishlarda olib boriladi: kimyolashtirish–qishloq
xo’jaligini intensivlashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Samarali mineral o’g’itlarni
ishlab chiqrish, urug’larga kimyoviy ishlov berish, turli kasalliklar va zararkunandalarga qarshi
kurashish va shu kabilar haqida gap borganda kimyolashtirishning juda katta ahamiyatga ega
ekanligini bilamiz. Kimyolashtirishsiz qishloq xo’jaligida sezilarli muvaffaqiyatga erishish
mumkin emas. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning boshqa bir yo’nalishi–ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlash tirishdir. Mehnat unimdorligini oshirish, ishlab
chiqarishning
samarali
faoliyat
ko’rsatishi ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish darajasiga bog’liq. Og’ir ish jarayonlarini mashinalar yordamida bajarish
nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki og’ir ishlardan kishilarni ozod qilish, ijtimoiy
masalani ham ma’lum darajada ijobiy hal etishga olib keladi.
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning boshqa bir yo’nalishi ishlab chiqarishni
elektrlashtirishdir. Elektr imkoniyatlaridan foydalanmasdan ishlab chiqarishning bugingi rivojini
ko’rish mumkin emas. Xulosa qilib aytganda, yetishtiriladigan mahsulot miqdori va sifatini
oshirishga, mehnat unimdorligi oshishiga ta’sir etuvchi barcha Fan, texnika va texnalogiya
38
yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish omillar e’tibordan qolmasligi va o’z o’rnida ishlatilishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: |