43
unumdorligi oshirildi, korxona o’z aktivlaridan samarali foydalanib ularning rentabelligi darajasi
yanada oshirildi. Bu esa o’z navbatida mahsulot ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga kiruvchi doimiy
ya’ni o’zgarmas xarajatlar xajmi kamaytirilishi natijasida umumiy mahsulot tannarxi kamaytirilishiga
erishildi.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishda korxona moliyaviy holatining
yuqoriligi juda ahamiyatga ega. Korxonalarning mahsulot ishlab chiqarishida kerakli bo’lgan
zamonaviy texnologiyaning sotib olinishi mahsulot
sifatini hamda hajmini oshirib, juda ko’p ijobiy
natijalarni keltirib chiqaradi. Bulardan eng asosiysi mehnat unumdorligi. Chunki bugungi kunda mahsulot
ishlab chiqarishda eng katta xarajatlardan biri mehnatga haq to’lash xarajatlaridir. Ayrim korxonalarda,
masalan kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi va uni tuzatuvchi korxonalarda eng katta xarajat
mehnatga haq to’lash xarajatlari hisoblanadi. Bunday sharoitda korxonada
ishchi xodimlardan samarli
foydalanib, ular ishlab chiqarishini ko’paytirish hamda mahsulot sifatini oshirish juda katta ahamiyat kasb
etadi. Buning natijasida korxona mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yanada tushadi.
Korxonada uzoq muddatli aktivlariga amortizatsiya hisoblash uchun ham ahamiyatlidir. Bugungi
kunda bozor iqtisodiyotining tez o’zgaruvchan bir sharoitida amortizatsiya hisoblashning tezlashtirilgan
usulining o’ziga xos ijobiy tomonlari mavjud. Mahsulot ishlab chiqarishda tezlashtirilgan amortizatsiya
usulini qo’llash, bir tomondan vaqtinchalik mahsulot ishlab chiqarish tannarxini oshirsada,
lekin
amortizatsiya hisobi natijasida korxonaga ko’p pul mablag’lari kelib tushadi. Bu esa yuqorida aytib
o’tganimizdek ko’p ijobiy natijalarga olib boradi. Boshqa tomondan esa boshlang’ich yillarda
tezlashtirilgan usulda kup miqdordan amartizatsiya hisoblash natijasida mahsulot tannarxi oshishi, keyingi
yillarda kam amartizatsiya hisoblaydi va mahsulot tannarxi kamayadi.
Mehnat unumdorligi oshirilishi natijasida mahsulot tannarxi tarkibiga kiruvchi ijtimoiy sugg’urta
fondiga ajratmadan xam samarali foydalangan bo’ladi. Bu ajratma xam korxona uchun asosiy
xarajatlardan biri bo’lib, mehnatga xak to’lash xarajatlariga to’g’ri proportsional hisoblanadi. Agarda
korxona mehnatga xak, to’lash xarajatlarining samaradorligiga erishilsa, uz navbatida mazkur xarajatning
xam samaradorligigaerishgan bo’ladi.
Demak korxonalar xar qanday vaziyatda, jumladan jaxon moliyaviy inkirozi sharoitida mahsulot
sifati
hamda xajmini oshirishi, turli davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlardan okilona foydalanishi,
ishchi va xodimlaridan yanada samarali foydalanishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish tannarxini
kamaytirishi mumkin ekan. Bu esa korxonaning moliyaviy barkdrorligini yanada oshiradi.
Dostları ilə paylaş: