Birinchi printsip:
»Harakatlar strategiyasi» biz
tanlab olgan va Birinchi
Prezidentimiz asos solgan hamda butun dunyo tan olgan taraqqiyotning «o`zbek modeli»ning
mantiqiy davomidir.
Shu ma`noda «Harakatlar strategiyasi» o`zining bosqichma-bosqichligi, izchilligi va
tadrijiyligini saqlab qoladi.
Ikkinchi printsip:
»Harakatlar strategiyasi»da beshta ustuvor yo`nalish, ya`ni Davlat va
jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari, Qonun ustuvorligini
ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo`nalishlari,
Iqtisodiyotni
rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning
ustuvor yo`nalishlari, Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash hamda
chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo`nalishlar uzviy
bog`liq ekanligi va bir-birini taqozo etishini aniq va ravshan anglash lozim.
Uchinchi printsip:
»Harakatlar strategiyasi» ma`no-mazmuni sodda va tushunarli, har bir
fuqaro uchun amaliy ish dasturiga aylanmog`i kerak.
«Harakatlar strategiyasi»da Prezident Parlament a`zolariga keng ko`lamli qonunchilik
dasturini taklif etmoqda. Yuqorida sanab o`tilgan beshta muhim ustuvor yo`nalishda qabul
qilinishi zarur bo`lgan qonun ijodkorligiga har tomonlama katta mas`uliyat bilan yondashishimiz
talab etiladi.
I. DAVLAT VA JAMIYaT QURILISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh Mamlakatni
modernizatsiyalash va demokratiya islohotlarni chuqurlashtirishda
Oliy majlis va siyosiy
partiyalarning roliki kuchaytirish Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish Jamoatchilik nazorati
institutini kuchaytirish
II. QONUN USTUVORLIGINI TA`MINLASh VA SUD- HUQUQ TIZIMINI YaNADA
ISLOH QILISh Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligiga erishish,
sudlarning mavqeini
oshirish Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilinishini kafolatlash Ma`muriy,
jinoiy, fuqarolik va xo`jalik ishlari qonunchiligini takomillashtirish Jinoyatchilikka qarshi kurash
va qonunbuzarlik profilaktikasi tizimini takomillashtirish Sud-huquq tizimida qonuniylikni
mustahkamlash Yuridik xizmat va yardam ko`rsatish tizimini takomillashtirish
III. IQTISODIYoTNI RIVOJLANTIRISh VA ERKINLAShTIRISh Makroiqtisodiy
barqarorlik va iqtisodiyotimizda yuqori o`sish sur`atlarini saqlab
qolish Iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini oshirish, uning etakchi sohalarini modernizatsiya va fayl diversifikatsiya
qilish Xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish Qishloq xo`jaligida tarkibiy
o`zgarishlarni amalga oshirish Turizm
sohasini rivojlantirish
IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISh Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi
va aholiga qulay uy-joy qurilishini rivojlantirish Ijtimoiy infrastruktura rivojlantirish Ijtimoiy
ta`minot va sog`liqni saqlash tizimlarini takomillashtirish Ta`lim va fan sohasini rivojlantirish
Yoshlarga doyar davlat siyosatini takomillashtirish
V.
XAVFSIZLIK, DINIY BAG`RIKeNGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNI
TA`MINLASh, PUXTA, O`ZARO MANFAATLI VA AMALIY TAShQI SIYoSAT YuRITISh
Xavfsizlik, liniy bag`rikinglik va millatlararo totuvlikni ta`minlash Puxta o`ylangan, o`zaro
manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish
Xulosa qilib aytganda, «Harakatlar strategiyasi» o`z mohiyatiga ko`ra
davlat va jamiyat
rivojining printsipial jihatdan yangi bosqichda mamlakatimizni rivojlantirish bo`yicha boshlangan
keng ko`lamli va tizimli islohotlarni yanada izchil davom ettirish, yurtimizda yuz berayotgan
o`zgarishlarga yangicha nigoh bilan qarash, erishilgan yutuqlarga xolisona baho berish va mavjud
muammolarni chuqur tahlil etish va ularning echimini topish imkonini beradi.