9
Wall Street Journal
(moliyaviy ma’lumotlar) va
Sport yangiliklari
(sport axborotlari) larni o’z ichiga oladi. Hozirgi
vaqtda Internetda chop etilgan manbalardan ma’lumotlarni olish uchun oson bo’lgan vositalarni taqdim etadi.
6
Ma’lumotlarni yig’ishning
ikkinchi usuli
ishlab chiqilgan eksperimentni
o’tkazishni
nazarda tutadi, bunda
tadqiqotchi olib boriladigan izlanishlarda birliklar (odamlar, obyektlar yoki buyumlar) ustidan qattiq nazorat o’rnatadi.
Masalan, tibbiy tadqiqotlar yurak xuruji oldini olish uchun aspirin salohiyatini o’rganildi deb ko’pincha keltirmoqdalar.
Ko’ngilli shifokorlar ikki guruhga bo’lingan edi:
davolash
guruhiga va
nazorat
guruhiga.
Davolash guruhida har bir
shifokor bir yil davomida bir kunda aspirinni, nazorat guruhida har bir shifokor aspiringa o’xshash bo’lgan
aspirin
platsebosini qabul qilgan. Tadqiqotchilar – tadqiqotdagi shifokorlar emas – kim aspirinni (tibbiyot) kim esa aspirin
platsebosini qabul qilganligini nazorat qilib borgan. To’g’ri ishlab chiqilgan eksperiment nazoratga olinmagan tadqiqotda
nisbatan ma’lumotlardan ko’proq axborotni olish uchun imkon beradi.
Nihoyat, ma’lumotlarni yig’ish uchun kuzatish tadqiqotlardan foydalanish mumkin.
Kuzatish tadqiqotlarda
,
tadqiqotchi o’z tabiiy muhitda eksperimental birliklarni kuzatadi va uni qiziqtirayotgan o’zgaruvchilarni yozadi.
Masalan, bolalar psixologi maktab hovlisida o’ynayotgan beshinchi sinf o’quvchilardan iborat tanlanmadagi tajovuzkor
xatti-harakati darajasini kuzatib va yozib borishi mumkin. Xuddi shunday, zoolog asirlikdan yangi tug’ilgan fillarning
og’irligini kuzatishi va o’lchashi mumkin. Ishlab chiqilgan eksperimentga nisbatan kuzatish
tadqiqotida tadqiqotchisi
eksperimental birliklarining har qanday jihatini nazorat qilish uchun hech qanday harakat qilmaydi.
Kuzatish tadqiqotning eng keng tarqalgan turi
so’rov
hisoblanib, unda tadqiqotchi odamlar guruhini tanlaydi, bir
yoki bir necha savollar beradi va javoblarni yozib oladi. Ehtimol, so’rovning eng mashhur turi siyosiy saylovlari
natijalarini bashorat qilishga mo’ljallangan bir qator tashkilotlaridan (masalan, Harris, Gallup, Roper va CNN) biri
tomonidan o’tkaziladigan siyosiy so’rov hisoblanadi. Yana bir tanish so’rovlardan katta tarmoqlarni televideniyada eng
mashhur dasturlari haqida ma’lumotlar bilan ta’minayotgan Nielsen tadqiqoti hisoblanadi. So’rovlar pochta,
telefon
so’rovlari yoki shaxsiy suhbatlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Biroq, shaxsiy suhbatlar pochta yoki telefon
so’rovlariga ko’ra ancha qimmatroq
tadqiqot hisoblansada, lekin murakkab axborot to’planishi uchun zarur bo’lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: