119
Mulohaza uchun
Mahmud G‘aznaviyning
roziligi va
bir necha shartlar bilan saljuqiy oilala
-
ri Xurosonga qadam bosadilar. Keyinchalik, 1040-yil
-
da saljuqiylar va g‘aznaviylar o‘rtasida Dandanaqon
-
da to‘qnashuv bo‘ladi. Bu to‘qnashuvda g‘aznaviylar
mag‘lubiyatga uchraydilar.
XI asrning 40-yillarida
saljuqiylar Xorazm, Eron,
Kavkazortiga harbiy yurishlar uyushtiradilar va bu hu
-
dudlarni o‘z ta’sir doiralariga o‘tkazadilar. Ular xalifa
-
lik poytaxti Bag‘dodni egallaydilar.
Saljuqiy hukmdor
Sulton Alp Arslon Kichik Osiyoda Vizantiya podshosi
Roman IV Diogenni yengadi. Bu o‘z o‘rnida
saljuqiy
-
larning Kichik Osiyo va Yaqin Sharqda mustahkam o‘r
-
nashib olishlari uchun katta zamin yaratadi.
Saljuqiy Sulton Malikshoh zamonida Samarqand,
Buxoro, Farg‘ona saljuqiylar qo‘l ostida birla shadi.
Sharqiy Turkistondagi qoraxoniylar ham saljuqiylar us
-
tunligini tan oladi. Sulton Malikshoh hukmronligi davrida
Saljuqiylar saltanati Sharqiy Turkistondan O‘rta dengiz
-
gacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olgan. Saljuqiylar dav
-
latining eng yuksalgan davrida Bag‘dod xalifasi Sulton
Tug‘rulbekga «Malik al-Mashriq», ya’ni «Sharq hukm
-
dori» hamda «Rukn ad-din» — «din suyanchig‘i» degan
nom bergan. Bu uning hokimiyati naqadar qudratli bo‘l
-
ganligini ko‘rsatadi.
Saljuqiylar saltanatining
zaiflashib parchalanishi
jarayoni esa, XI asrning ikkinchi yarmida boshlanadi.
Bunga sabab saltanatning haddan tashqari ulkan hu
-
dudda yoyilganligi edi. Oqibatda bu davrda saljuqiylar
xonadoni vakillari faoliyati bilan bog‘liq Suriya, Iroq,
Onado‘li (Kunya), Kirmon sultonliklari yuzaga keladi.
XII asr boshlaridayoq saltanat sharqiy va g‘arbiy qism
-
larga bo‘linib ketadi.
Dostları ilə paylaş: