125
3 4 - 3 5 - m av z u l a r :
XORAZMSHOHLAR DAVLATI
VA UNING YUKSALISHI
Xorazm vohasida hukmronlik qilgan
mahalliy sulolalar qadimdan xorazm-
shohlar umumiy nomi bilan yuritib kelingan. Masalan, af
-
rig‘iylar, ma’muniylar, oltintoshiylar boshqaruv kursisida
xorazmshohlar unvoni bilan o‘tirganlar. Ammo Xorazm
doirasidan tashqariga chiqib,
bosh qaruvning
saltanat darajasiga erishgan sulola bu —
anush teginiylar
hisoblanadi.
Anushtegin saljuqiy Sulton Malik-
shohning ko‘zga ko‘ringan va ishonch-
li mansabdorlaridan sanalgan. Tax-
minan, 1077-yili u Xorazm hokimligi
vazifasiga tayinlanadi. 1097-yili esa,
mazkur lavozim o‘g‘li Qutbiddin Mu-
hammadga tegadi. U saljuqiylar dar-
gohiga qaram bo‘lib, har yili o‘zi yoki
o‘g‘li Otsiz
orqali viloyatdan undiri-
ladigan soliqni poytaxt Marvga olib
borib turardi. Otsiz esa otasidan
keyin Sulton Sanjar hukmi bilan Xo-
razm hokimligiga tayinlanadi. Bu
Marvdagi
Sulton Sanjar
maqbarasi
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Arab xalifaligi tomonidan o‘lkamizning istilo etilishi
undagi hukmdorlar va
qabilalar uchun qanday oqibatlarga olib kedi?
2. Ma’muniylarning mamlakatda tartib va osoyishtalik o‘rnatib, savdo-iqtisodiy
munosabatlarni rivojlantirishiga turtki bo‘lgan omillarni ayting.
Ma’lumot uchun
126
vaqtda o‘ttizga ham kirmagan Otsiz avvaliga otasi kabi
saljuqiylar xonadoniga sidqidildan xizmat qiladi. Ammo
u o‘z mavqeyi mustahkamlanib va, aksincha,
raqobat-
chilari zaiflasha borayotganini sezgach, saljuqiylarga
qaramlikdan bosh torta boshlaydi. Bunga javoban Sul-
ton Sanjar unga qarshi bir necha marta qo‘shin yubo-
radi. Mag‘lubiyatga uchragan Otsiz qochishga majbur
bo‘ladi.
Gurganch Xorazm
saltanatining
birinchi
va asosiy
poytaxti bo‘lgan
«O‘zaro sulh shartnomasiga ko‘ra, xorazmshoh Ot-
siz Sulton Sanjarga tobelik bildirib, o‘rta asrlar odatiga
ko‘ra, uning oyog‘i ostidagi yerni o‘pib, ta’zim еtishi shart
edi. Lekin xorazmshoh bu kabi tobelik urfini bajarmadi.
Sulton Sanjar huzuriga mulozimatga (xizmatga)
keldi
va otidan tushmagan holda sultonga salom berdi. Bu
ham yеtmagandek, xorazmshoh sulton bilan uchrashuv
joyini birinchi bo‘lib tark еtdi. Sulton Sanjar Otsizning
bu «beodobligidan» jahli chiqsa ham, yaqinda o‘zi unga
shafqat-muruvvat qilgani uchun ahdini o‘zgartirdi. Sul-
ton
bunga norozilik bildirmay, Marvga qaytib ketdi».
Tarixchi
Otamalik Juvayniy
Xorazmdagi
Qizilqal’a
127
Xorazmni qo‘lga kiritganidan keyin
Sulton Sanjar uni Otsizning jiyani Sulay
-
monshoh boshqaruviga bergan. Biroq Sulaymonshoh
u yerda o‘z hokimiyatini mustahkamlay olmagan. U
Marvga qaytib ketishi bilanoq Xorazmga kelgan Otsiz
mahalliy aholining qo‘llab-quvvatlashi orqali o‘z hoki
-
miyatini tiklagan. Otsiz Buxoroni egallaydi. U Bag‘dod
xalifasidan «Xorazm viloyati va u tomonidan Xorazm
-
ga qo‘shib olingan hamda olinadigan g‘arbiy, sharqiy
chegaralardagi viloyatlarning hukmdori», deb tan olin
-
gan yorliq oladi. Otsiz Marv, Nishopurni ham o‘zining
tasarrufiga o‘tkazadi.
Otsiz o‘zining ismi bitilgan oltin tangalarni zarb qi
-
lishni boshlab yuboradi.
1. Gurganj hozirgi qaysi hu-
dudga to‘g‘ri keladi?
2. Anushteginiylar davlati
hududini xaritadan ko‘rsa-
ting.
Ularning aynan min-
taqada bu tarzda yoyilishiga
qanday omillar turtki bo‘ldi?
Dostları ilə paylaş: