Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Mulohaza uchun


125
3 4 - 3 5 - m av z u l a r :
XORAZMSHOHLAR DAVLATI
VA UNING YUKSALISHI
Xorazm vohasida hukmronlik qilgan 
mahalliy sulolalar qadimdan xorazm-
shohlar umumiy nomi bilan yuritib kelingan. Masalan, af
-
rig‘iylar, ma’muniylar, oltintoshiylar boshqaruv kursisida 
xorazmshohlar unvoni bilan o‘tirganlar. Ammo Xorazm 
doirasidan tashqariga chiqib, bosh qaruvning 
saltanat darajasiga erishgan sulola bu — 
anush teginiylar
hisoblanadi.
Anushtegin saljuqiy Sulton Malik- 
shohning ko‘zga ko‘ringan va ishonch-
li mansabdorlaridan sanalgan. Tax-
minan, 1077-yili u Xorazm hokimligi 
vazifasiga tayinlanadi. 1097-yili esa, 
mazkur lavozim o‘g‘li Qutbiddin Mu-
hammadga tegadi. U saljuqiylar dar-
gohiga qaram bo‘lib, har yili o‘zi yoki 
o‘g‘li Otsiz orqali viloyatdan undiri-
ladigan soliqni poytaxt Marvga olib 
borib turardi. Otsiz esa otasidan 
keyin Sulton Sanjar hukmi bilan Xo-
razm hokimligiga tayinlanadi. Bu 
Marvdagi 
Sulton Sanjar 
maqbarasi
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Arab xalifaligi tomonidan o‘lkamizning istilo etilishi undagi hukmdorlar va 
qabilalar uchun qanday oqibatlarga olib kedi?
2. Ma’muniylarning mamlakatda tartib va osoyishtalik o‘rnatib, savdo-iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlantirishiga turtki bo‘lgan omillarni ayting.
Ma’lumot uchun


126
vaqtda o‘ttizga ham kirmagan Otsiz avvaliga otasi kabi 
saljuqiylar xonadoniga sidqidildan xizmat qiladi. Ammo 
u o‘z mavqeyi mustahkamlanib va, aksincha, raqobat-
chilari zaiflasha borayotganini sezgach, saljuqiylarga 
qaramlikdan bosh torta boshlaydi. Bunga javoban Sul-
ton Sanjar unga qarshi bir necha marta qo‘shin yubo-
radi. Mag‘lubiyatga uchragan Otsiz qochishga majbur 
bo‘ladi.
Gurganch Xorazm 
saltanatining 
birinchi va asosiy 
poytaxti bo‘lgan
«O‘zaro sulh shartnomasiga ko‘ra, xorazmshoh Ot-
siz Sulton Sanjarga tobelik bildirib, o‘rta asrlar odatiga 
ko‘ra, uning oyog‘i ostidagi yerni o‘pib, ta’zim еtishi shart 
edi. Lekin xorazmshoh bu kabi tobelik urfini bajarmadi. 
Sulton Sanjar huzuriga mulozimatga (xizmatga) keldi 
va otidan tushmagan holda sultonga salom berdi. Bu 
ham yеtmagandek, xorazmshoh sulton bilan uchrashuv 
joyini birinchi bo‘lib tark еtdi. Sulton Sanjar Otsizning 
bu «beodobligidan» jahli chiqsa ham, yaqinda o‘zi unga 
shafqat-muruvvat qilgani uchun ahdini o‘zgartirdi. Sul-
ton bunga norozilik bildirmay, Marvga qaytib ketdi».
Tarixchi
Otamalik Juvayniy
Xorazmdagi
Qizilqal’a


127
Xorazmni qo‘lga kiritganidan keyin 
Sulton Sanjar uni Otsizning jiyani Sulay
-
monshoh boshqaruviga bergan. Biroq Sulaymonshoh 
u yerda o‘z hokimiyatini mustahkamlay olmagan. U 
Marvga qaytib ketishi bilanoq Xorazmga kelgan Otsiz 
mahalliy aholining qo‘llab-quvvatlashi orqali o‘z hoki
-
miyatini tiklagan. Otsiz Buxoroni egallaydi. U Bag‘dod 
xalifasidan «Xorazm viloyati va u tomonidan Xorazm
-
ga qo‘shib olingan hamda olinadigan g‘arbiy, sharqiy 
chegaralardagi viloyatlarning hukmdori», deb tan olin
-
gan yorliq oladi. Otsiz Marv, Nishopurni ham o‘zining 
tasarrufiga o‘tkazadi.
Otsiz o‘zining ismi bitilgan oltin tangalarni zarb qi
-
lishni boshlab yuboradi.
1. Gurganj hozirgi qaysi hu-
dudga to‘g‘ri keladi?
2. Anushteginiylar davlati 
hududini xaritadan ko‘rsa-
ting. Ularning aynan min-
taqada bu tarzda yoyilishiga 
qanday omillar turtki bo‘ldi?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin