Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Umar Xayyom


124
1. Qaysi saljuqiy sulton Samarqand, Buxoro, Farg‘onani o‘z tasarrufiga olgan?
2. Quyidagi jadval asosida mavzuda o‘rganganlaringizni tahlil asosida daftaringiz-
ga yozing:
Davlat tuzumi
Ijtimoiy tuzum
Boshqaruv usullari
Avvalgi davlatlardan 
farqli jihatlari
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
Saljuqiylar davrida dehqonchilik rivojlanib borib, sun’iy sug‘orish 
tizimlari mukammallashgan. Xorazm qovunlari, Jurjon (Gurgon) xur
-
molari, shakarqamishi, limonlari, Niso uzumlari, behisi, baqlajo
-
ni, Marv bug‘doyi nafaqat mintaqada, balki undan tashqari
-
da ham shuhrat qozongan. Dehqonchilik sohasining rivoji, 
albatta, hunarmandchilik taraqqiyotiga ham yo‘l ochgan.
To‘qimachilik (ip gazlama, ipak, zig‘irpoya tolasi-
dan tayyorlangan matolar ishlab chiqarish), kulolchilik
gilamchilik, zargarlik, shishasozlik, temirchilik, ko‘nchi-
lik kabilar taraqqiy etib borgan. Mamlakatning O‘rta va 
Yaqin Sharq, Sharqiy Yevropa, Hindiston, Xitoy kabi 
mamlakat va o‘lkalar bilan savdo aloqalari gurkirab rivoj-
langan. Sulton Malikshoh sharq va g‘arb yo‘nalishlararo sav-
dosini yanada jonlantirish niyatida Xuroson va Iroq savdogarlarini 
ba’zi bir savdo to‘lovlaridan ozod etgan.
Savdo-sotiqda g‘arbiy o‘lkalardan Kaspiy dengizi orqali Turkistonga neft mahsu-
lotlari keltirilgan. Sirdaryo quyi oqimi, o‘ng qirg‘og‘i yerlaridan chiqadigan mushk, oltin, 
kumush yombilar nafaqat tashqi bozorda, balki mintaqaning o‘zida, asosan, Saljuqiy-
lar davlatida ham qadrlangan. Umuman olganda, mintaqa bozorlarida qimmatbaho 
mo‘yna, qorako‘l terisi, tuzlangan baliq, morj qoziq tishidan tortib quruq meva, nafis 
matolar, qimmatbaho toshlar, taqinchoqlargacha topish mumkin bo‘lgan.
Bu davrda eng yuqori darajadagi pul birligi o‘rnida sof oltindan zarb etilgan dinor 
(qizil dinor) qabul qilingan. Tarkibida oltindan tashqari qo‘shimcha metall aralash
-
masi bo‘lgan dinor ham bo‘lib, u rukniy deyilgan. Mis tangalar asosan ichki bozorda 
muomalada bo‘lgan. Saljuqiylar davrida ham chek, naqd pulsiz muomala qilish tizi
-
midan foydalanilgan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin