Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Mulohaza 
uchun
«Podshohning bir haftada ikki kun zulm ko‘rganlarni 
qabul qilmasdan iloji yo‘q. U zulmkorni jazolamog‘i, insofga 
chaqirmog‘i, raiyat so‘zlarini o‘z qulog‘i bilan vositachisiz 
eshitmog‘i kerak. Arzchilar eng muhim so‘zlarini aytmoq-
lari, (hukmdor esa) ular bo‘yicha hukm chiqarmog‘i lozim. 
Shunda mamlakatda podshoh ezilgan va adl istovchilarni 
haftada ikki kun qabul qilib, ularning so‘zini tinglar ekan, 
ovozasi tarqaydi. Zolimlar bundan cho‘chiydilar, qullarini 
kaltaklamaydilar».
Saljuqiylar bosh vaziri Nizomulmulk,
«Siyosatnoma»
Davlat tepasida oliy 
hukmdor maqomida sal
-
juqiylar xonadoni namo
-
yandasi turgan. U Sulton 
(Sulton ul-a’zam) unvo-
niga ega bo‘lgan. Uning 
nomidan xutba o‘qilib, 
tanga zarb etilgan. Mulk, 
yer-suv taqsimlash, mu
-
him davlat va boshqaruv 
mansablariga tayinlash 
ishlarini hamda ariza va 
shikoyatlarni sultonning 
o‘zi nazorat qilib turgan va 
moliyaviy kirim-chiqimlar
-
ning ham boshida turgan. 
Sulton 
mamlakatning 
obodonchiligi, qurilishlar, 
karvon yo‘llarining xavf
-
sizligini ta’minlash masa
-
lalarini ham shaxsan o‘zi 
kuzatgan.


121
121
121
Saljuqiylarning 
sopol plitkasi
Sulton Sanjar 
maqbarasi
Ma’lumot uchun
Nizomulmulk
Xalq orasida va tarixda Nizomulmulk 
(mulk – davlatning tartibotchisi) nomi 
bilan mashhur bo‘lgan saljuqiylarning mashhur vaziri 
Abu Ali Xasan ibn at-Tusiydir. 
Nizomulmulk Saljuqiy shohlar davrida ishni oddiy 
amaldorlikdan boshlab, vazir darajasiga erishgan va 
ko‘p yillar davomida davlatga xizmat qilgan.
«Temur tuzuklari»da har qanday podshoh, xalq 
orzu qilgulik aql-zakovat, valine’mat sohiblari bo‘lmish 
vazirlar to‘g‘risida so‘z yuritilganda «Siyosatnoma» mu
-
allifi Nizomulmulkni alohida mehr-muhabbat bilan, har 
jihatdan namuna qilib ko‘rsatadi. Bunday «qilich va 
qalam sohibi» bo‘lmish vazirlarni e’zozlash ga, 
qadrlashga da’vat etiladi.
Nizomulmulk tomonidan yozilgan «Siyo
-
satnoma» yoki «Siyar ulmuluk» (Podshohlar
-
ning turmush tarzi) nomli asar mazkur dav
-
lat boshqaruvining asosiy qoidalarini hamda 
huquqiy masalalarini o‘rganishda muhim 
manba hisoblanadi. Asar xuddi qissadan 
hissa, ya’ni hikoya va undan chiqarilishi lo
-
zim bo‘lgan xulosalar tarzida tuzilgan. 


Ma’lumot uchun
1. Bugun O‘zbekistonda dav-
lat rahbariga fuqarolar 
murojaat qilishining qan-
day ko‘rinishlari tashkil 
etilgan? 
2. Saljuqiylar davri bilan bir 
vaqtda mavjud bo‘lgan 
Yevropa davlatlarida qi-
rollar va fuqarolar qanday 
munosabatda edi? 
3. Guruhlarga bo‘linib, ushbu 
davrdagi Markaziy Osiyo 
va Yevropada mavjud bo‘l-
gan davlatlarni taqqos-
lang.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin