132
Anushteginiylar davrida ham somo
-
niylar,
qoraxoniylar, g‘aznaviylar, sal
-
juqiylarda bo‘lgani kabi devonlarning alohida o‘rni
ko‘zga tashlanadi. O‘z navbatida, devonlar ham kichik
devonlarga bo‘lingan.
Harbiy devon harbiy masalalarni ko‘rish (devon
jaysh) va harbiylarga maosh berish bilan shug‘ullanuv
-
chi (devon ravotib) kabilarga bo‘lingan. Harbiy devon
boshlig‘i, albatta, musulmon bo‘lishi shart edi.
«Oliy toj faxriy majlisi» deb atalgan hukumat
boshqaruvi vazirning (bosh vazirning) qo‘lida bo‘lgan.
Unga barcha devonlar bo‘ysungan.
Vazir, davlat boshlig‘ining
asosiy maslahatchisi
hisoblangan va o‘z harakatlari yuzasidan oliy hukm
-
dorgagina hisobot bergan. Rasmiy tantanalar, xalqaro
munosabatlar, tobe mamlakatlar bilan muzokaralarda
oliy hukmdor nomidan ish yuritgan.
Vazir fuqarolar va davlat hukmdori o‘rtasida vosita
-
chi vazifasini bajargan hamda mamlakatdagi tartib-in
-
tizom uchun asosiy javobgar hisoblangan. U amaldor
-
larni ishga tayinlash va lavozimidan bo‘shatish, arzaq
(nafaqa), oylik maosh hamda boshqa shu kabi to‘lov
-
larni belgilash huquqlariga ham ega bo‘lgan.
Vazirlar
o‘z ona tili — turkiy tildan tashqari, arab va fors tillarini
mukammal bilishlari shart bo‘lgan.
Ma’lumot uchun
1. Xorazmshohlar davlati-
ning
boshqaruvini Sal-
juqiylar davlati boshqaru-
vi bilan solishtiring. Bosh
vazir
vakolatlarining bir
biridan farqi nimada?
2. Yevropa va Osiyoning
boshqa
davlatlarida bosh
vazir lavozimiga teng ke-
ladigan lavozim qaysi edi?
3. Jamoaga bo‘lining va bu
ikki hududdagi vazirlar-
ning vakolatlari va maj-
buriyatlarini
taqqoslang
va tahlil qiling.
4. Davlat boshqaruvida va-
zirning o‘rni
qay darajada
muhim deb hisoblaysiz?
Dostları ilə paylaş: